-bob. Umumta’lim maktablarining ayrim toifadagi o‘quvchilarini O‘zbekiston




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana28.12.2023
Hajmi1,44 Mb.
#128860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2577 28.04.2014- DARSLIK SHARTNOMA
ffff, FIZIKA 11-SINF 2023, Karimov Mirza, dars tahlili bayonnomasi rasmiylashtirish, ELEMENTARY TEST, Kurs jumisin jaziw qagiydalari, Lecture 11, Кулланма 1С ни кичик булими учун (2), китоб номерлари1, portal.guldu.uz-QISHLOQ XO`JALIK b i o t e x n o l o g i y a s i, KIRISH, 3x4, ochiq dars, 09, file
3-bob. Umumta’lim maktablarining ayrim toifadagi o‘quvchilarini O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan darsliklar bilan aniq manzilli 
ta’minlash 
28. Darsliklar va O‘MQlarni (chet tillari bo‘yicha darsliklar va ularga O‘MQlar bundan 
mustasno) xarid qilish va yetkazib berish bo‘yicha quyidagi xarajatlar Jamg‘arma tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi: 
umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilarini ta’minlash uchun;


“Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan 
o‘quvchilarni ta’minlash uchun;
ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni ta’minlash uchun, nodavlat 
umumta’lim maktablari bundan mustasno
umumta’lim maktablari ijara tizimini darsliklar bilan birlamchi ta’minlash uchun; 
umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini O‘MQlar bilan ta’minlash uchun. 
29. Nodavlat umumta’lim maktablarining 2—9-sinf o‘quvchilarini Jamg‘arma mablag‘lari 
hisobidan xarid qilingan darsliklar bilan ta’minlash ijara to‘lovi asosida amalga oshiriladi, chet tillari 
bo‘yicha darsliklar va ularga O‘MQlar bundan mustasno. 
30. Birinchi sinf o‘quvchilari, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-
internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 
oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami 
bilan bepul ta’minlanadi. Bunda darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga 
muhtoj oilalardagi o‘quvchilarning ro‘yxati 1-sentabrgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan umumta’lim maktabining 
pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
31. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lgan o‘quvchilarni darsliklar 
bilan ta’minlash foydalanishga yaroqli bo‘lgan mavjud darsliklarni hisobga olgan holda umumta’lim 
maktabi kutubxona jamg‘armasini yangilash va to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. 
32. O‘quvchini boshqa umumta’lim maktabiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan 
taqdirda, unga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar uch kun ichida umumta’lim maktabi 
kutubxona jamg‘armasiga qaytarilishi lozim. Bunda umumta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan 
o‘quvchi joriy o‘quv yilida darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanishi lozimligi to‘g‘risida 
ma’lumotnoma beriladi. O‘quvchi uni qabul qilgan umumta’lim maktabi tomonidan mazkur 
ma’lumotnoma asosida darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi. 
33. Umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasida boshqa umumta’lim maktabidan 
kelgan, shu jumladan, darsliklar to‘plami ijara asosida beriladigan o‘quvchilar uchun darsliklar 
to‘plami bo‘lmagan taqdirda, ularni zarur darsliklar to‘plami bilan ta’minlash mazkur Nizomning 
5-
bobida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
34. Umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur 
bo‘lgan darsliklar va O‘MQlar bilan umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasining zaxirasi 
hisobidan bepul ta’minlanadi. 
35. O‘quvchi va o‘qituvchilarga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar va O‘MQlar 
o‘quv yili yakunida to‘liq hajmda umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasiga qaytariladi, 
birinchi sinf o‘quvchilariga berilgan ish daftarlari bundan mustasno. 

Download 1,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Umumta’lim maktablarining ayrim toifadagi o‘quvchilarini O‘zbekiston

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish