-bob. Darsliklar va O‘MQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va bajarish




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana28.12.2023
Hajmi1,44 Mb.
#128860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2577 28.04.2014- DARSLIK SHARTNOMA
ffff, FIZIKA 11-SINF 2023, Karimov Mirza, dars tahlili bayonnomasi rasmiylashtirish, ELEMENTARY TEST, Kurs jumisin jaziw qagiydalari, Lecture 11, Кулланма 1С ни кичик булими учун (2), китоб номерлари1, portal.guldu.uz-QISHLOQ XO`JALIK b i o t e x n o l o g i y a s i, KIRISH, 3x4, ochiq dars, 09, file
2-bob. Darsliklar va O‘MQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va bajarish 
4. Darsliklar va O‘MQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va ularni umumta’lim 
maktablariga yetkazib berish mazkur Nizomning 
1-ilovasidagi
 sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 
5. Xalq ta’limi vazirligi zarur darsliklar va O‘MQlar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha 
umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armalarini har yili inventarizatsiya qilish hamda 
umumta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilarining darsliklar bilan ta’minlanganligini 
o‘rganish asosida keyingi kalendar yili uchun darsliklar va O‘MQlarga bo‘lgan ehtiyojning prognoz 
ko‘rsatkichlarini chakana savdo tarmog‘i orqali, umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi 
hisobidan bepul ta’minlanish va ijara asosida ta’minlanish kesimida har yili 1-iyungacha Jamg‘arma 
ijroiya direksiyasiga taqdim etadi. Bunda keyingi kalendar yili uchun o‘quvchilarning istiqbol 
kontingenti O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
6. Respublika bo‘yicha darsliklar va O‘MQlarga bo‘lgan yakuniy ehtiyoj Xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan aniqlanadi. 
7. Kelgusi o‘quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va O‘MQlar ro‘yxati 1-
avgustga qadar mazkur Nizomning 
2-ilovasiga
muvofiq shaklda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
tasdiqlanib, barcha umumta’lim maktablariga yetkaziladi va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon 
qilinadi. 
8. Ijara tizimiga kiradigan darsliklar ro‘yxati Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi va 10-avgustgacha kelgusi o‘quv yiliga darsliklarni xarid qilishga istiqbol kvotalarni 
shakllantirish uchun umumta’lim maktablariga yetkaziladi va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon 
qilinadi.
9. Kelgusi o‘quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va O‘MQlar ro‘yxati hamda 
Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan ijara tizimiga kiradigan darsliklar ro‘yxati 
umumta’lim maktablarining kutubxona jamg‘armalari uchun budjet mablag‘lari hisobidan 
darsliklarni xarid qilishga har yilgi buyurtmalarni shakllantirish hamda Jamg‘arma mablag‘lari 
hisobidan darsliklar bilan ta’minlashning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun asos bo‘ladi. 
10. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili 1-sentabrgacha kelgusi o‘quv yiliga darsliklar 
va O‘MQlarni xarid qilishga buyurtmalarni shakllantirish uchun talabnoma (bundan buyon matnda 
buyurtma deb yuritiladi) shakli tasdiqlanadi hamda barcha umumta’lim maktablariga yetkaziladi. 
11. Buyurtma quyidagi ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi: 
birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilishning istiqbol ko‘rsatkichlari; 
darsliklar bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi 
o‘quvchilarning soni;
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari; 
umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasida o‘tkazilgan xatlov natijalari. 
12. Umumta’lim maktabining birinchi sinfiga o‘quvchilarni qabul qilishning istiqbol 
ko‘rsatkichlari umumta’lim maktabi joylashgan hududda har yili o‘tkaziladigan kuzatuvlar natijalari 
asosida aniqlanadi. 
13. Kelgusi o‘quv yili uchun darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy 
yordamga muhtoj oilalardagi o‘quvchilarning ro‘yxati har yili 1-sentabrgacha fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan 
shakllantiriladi. 
14. Umumta’lim maktablari tomonidan har yili 15-sentabrdan kechiktirmasdan ota-onalar 
qo‘mitasi bilan birgalikda kelgusi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash usulini 
tanlash yuzasidan ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida mazkur Nizomning 
3-
ilovasiga 
muvofiq shakldagi anketa asosida so‘rov o‘tkaziladi. 
Bunday so‘rov umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasidan darsliklar to‘plami bilan 
bepul ta’minlanadigan o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida 
o‘tkazilmaydi. 


15. Birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilishning istiqbol ko‘rsatkichlari, darsliklar bilan 
bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarning soni hamda 
ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida 
umumta’lim maktabi bo‘yicha buyurtma loyihasi tayyorlanadi. Bunda buyurtma loyihasidagi 
darsliklar va O‘MQlar soni umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasida o‘tkazilgan xatlov 
natijalariga asosan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar 
ro‘yxatiga muvofiq bo‘lgan va kelgusida foydalanish uchun yaroqli deb topilgan darsliklar soniga 
kamaytiriladi. 
16. Umumta’lim maktabi bo‘yicha buyurtma hamda ota-onalar yoki ularning o‘rnini 
bosuvchi shaxslar tomonidan darsliklar va O‘MQlarni erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol 
ko‘rsatkichlar (bundan buyon matnda erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlar deb yuritiladi) 
umumta’lim maktabi pedagogik kengashi tomonidan muhokama qilinadi va tegishli bayonnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. 
17. Umumta’lim maktabi bo‘yicha buyurtma hamda erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol 
ko‘rsatkichlar umumta’lim maktabi tomonidan har yili 1-oktabrgacha qog‘oz (imzolangan va 
tasdiqlangan holda) hamda elektron shaklda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash 
va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etiladi. 
18. Umumta’lim maktablari bo‘yicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol 
ko‘rsatkichlar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) 
bo‘limi tomonidan fanlar, ta’lim tillari, darsliklar va O‘MQlar nomlari hamda sinflar kesimida har bir 
umumta’lim maktabi bo‘yicha tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. 
Tuman (shahar) bo‘yicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol 
ko‘rsatkichlar har yili 10-oktabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga (bundan 
buyon matnda hududiy xalq ta’limi organlari deb yuritiladi) taqdim etiladi. 
19. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda 
nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlari bilan birgalikda har yili oktyabr-noyabr oylarida 
barcha viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida umumta’lim maktablari uchun kelgusi 
o‘quv yiliga mo‘ljallangan darsliklar va O‘MQlarning ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalari 
tashkil etiladi. 
20. Tuman (shahar) bo‘yicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol 
ko‘rsatkichlar hududiy xalq ta’limi organlari tomonidan tahlil qilinadi hamda Jamg‘arma ijroiya 
direksiyasining hududiy vakillari bilan birgalikda darsliklar va O‘MQlarning ixtisoslashtirilgan 
ko‘rgazma-yarmarkalari natijalarini ham inobatga olgan holda umumlashtiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha buyurtmalar hamda 
erkin sotib olish bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlar fanlar, ta’lim tillari, darsliklar va O‘MQlar nomlari 
va sinflar kesimida tasdiqlanadi hamda 20-noyabrgacha Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etiladi. 
21. Hududiy xalq ta’limi organlari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar hamda erkin sotib 
olish bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi va har yili 1-
dekabrgacha mazkur Nizomning
4-ilovasiga 
muvofiq shaklda kelgusi o‘quv yilida respublika 
bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun darsliklar va O‘MQlarni xarid qilishning 
istiqbol kvotalari shakllantiriladi hamda bir oy ichida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Jamg‘arma 
Vasiylik kengashiga taqdim etiladi. 
Respublika bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun darsliklar va O‘MQlarni 
xarid qilishning istiqbol kvotalarini tasdiqlash, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish Jamg‘arma Vasiylik kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi. 

Download 1,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Darsliklar va O‘MQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va bajarish

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish