Kirish Kurs ishi mavzusi dolzarbligi




Download 62.48 Kb.
bet2/8
Sana05.05.2023
Hajmi62.48 Kb.
#56857
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xususiy mulkchilik tarmog\'i kengaytirish 233
1. Komil va barkamol inson tushunchalari. I. Karimov asarlarida , pdf 20230202 104716 0000, BMI Muratov 2022, Qishloq xo\'jaligida axborot texnologiyalari, O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan, iqWhV06K15aXkJo, 14-Mavzu Ekologik kspertiza.Ekologik kspertizaning asosiy maqsad va vazifalari, Xitoy inqilobi manba rus tilida, 1681915243 ocr (3), Йилларда франция, Tarix kafedrasi, ruza matni, 13209 1 E69F993E9812025A9E25894D8CD0CB453EB749A7, Problems and solutions
Kirish
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi. Xususiy mulkchilik tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ―O‘tgan 2022-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta. Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdigini topdi: Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim. Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi.
Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi.
Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun savdoga qo‘yildi va o‘tgan yili ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi. Mulkchilik tizimi munosablarni tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy shaxsiy o‘zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatni ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulk to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustivor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelamiz.

Download 62.48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 62.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish Kurs ishi mavzusi dolzarbligi

Download 62.48 Kb.