• Kurs ishining vazifalari
  • Kurs ishining ob’ekti
  • I.BOB MAMLAKATIMIZDA XUSUSIY MULKCHILIKNING TARMOQ VA TIZIMLARINING KENGAYTIRISH YO’NALISHLARI. 1.1 O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari
  • Universiteti ro’yxatga olindi №




    Download 62.48 Kb.
    bet3/8
    Sana05.05.2023
    Hajmi62.48 Kb.
    #56857
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    xususiy mulkchilik tarmog\'i kengaytirish 233
    1. Komil va barkamol inson tushunchalari. I. Karimov asarlarida , pdf 20230202 104716 0000, BMI Muratov 2022, Qishloq xo\'jaligida axborot texnologiyalari, O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan, iqWhV06K15aXkJo, 14-Mavzu Ekologik kspertiza.Ekologik kspertizaning asosiy maqsad va vazifalari, Xitoy inqilobi manba rus tilida, 1681915243 ocr (3), Йилларда франция, Tarix kafedrasi, ruza matni, 13209 1 E69F993E9812025A9E25894D8CD0CB453EB749A7, Problems and solutions
    Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda xususiy mulkchilik tizimining shakllanishi va xususiyatlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
    Kurs ishining vazifalari: O‘zbekistonda xususiy mulkchilik tizimining rivojlanishini fundamental asoslarini o‘rganish;
    O‘zbekistonda xususiy mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;
    O‘zbekistonda xususiy mulkchilik tizimining shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish.
    Kurs ishining ob’ekti: O‘zbekistondagi xususiy mulkchilik tarmog’i tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.
    Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi xususiy mulkchilik tizimi hisoblanadi.
    Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, ikki bob 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

    I.BOB MAMLAKATIMIZDA XUSUSIY MULKCHILIKNING TARMOQ VA TIZIMLARINING KENGAYTIRISH YO’NALISHLARI.

    1.1 O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari
    Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, anikrog‘i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk bo‘lib harakatga keladi. Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar, boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilikning xar xil turlari mavjud. Shuning uchun xam hozirda bozor iqtisodiyotini ko‘p ukladli iqtisodiyot deb atashadi. Bugungi kunda mulkchilik davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, mehnatkashlarning uy xo‘jaligi hamda shaxslarning yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mulkni, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan) iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir. Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haki shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi. Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. Eglalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o‘zlashtiriladi. Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi. Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini belgilaydi. Mulkchilik tizimining namunaviy funksional tuzilmasini 1- rasmda ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan
    M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi),
    V - mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar (qiymatini baholash, riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy xizmatlar) bozorlari,
    S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib turuvchi,
    R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshiradi. Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha M, V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi. Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari, mas‘uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri belgilaydi. Umuman olganda, bu shart-sharoitlar mulkdoming huquqiy havfsizligi va mulkchilik tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bo‘lib, FHOlarga va ular bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifni obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi. Mulkchilik tizimiga oid yuqorida aytilgan fikr-mulohazalaming ma‘noga egaligi Ernando De Sotoch tomonidan ham tasdiqlangan. Mulkdoring ijtimoiy va iqtisodiy manfaati uning mulk egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, uni risklar sharoitida qondirish bilan bog‘liq xatti-harakati va fe‘l-atvorining ijtimoiy-iqtisodiy motivatsiyasini yuzaga chiqaradi. Bunda risk — mulkiy munosabatlar jarayonida real mavjud bo‘lgan noaniq va tasodifiy hollarning vujudga kelishi ehtimolini sifatiy-miqdoriy usullar yordamida ifodalab baholash shaklidir1.
    Yuqorida aytilganlar asosida quyidagi ta‘rif o‘rinli: mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental (FHO ma‘nosida), institutsional va funksional tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida MHSlari tomonidan harakatga keltiriladi Bunda davlatning siyosati mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi. Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi. Dunyoning har bir mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham, mulkchilik tizimining faoliyati qonunlar bilan belgilanib tartibga solinadi. Bunda ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan. Ko‘rilgan mavzu doirasida umumiy xulosa tariqasida aytish mumkinki, zamonaviy mulk ko‘p atributli (ko‘p turli, ko‘p qirrali, ko‘p xossali, ko‘p bozorli, ko‘p tabiatli) va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining obyektlari sifatida qabul qilish mumkin. Shu munosabat bilan, bunday mulkni va uning tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab fenomen deb qarash mumkin.2 Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati-uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi. Ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, FHOning ta‘minot turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi. Umuman olganda, hozirda keng ma‘nodagi mulk (ne‘mat sifatidagi) nazariyasi jamiyat, iqtisodiyot, huquq va axborot nazariyalari birligi silatida shakllangan bo‘lib, bunda mulk bo‘yicha ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va informatsion munosabatlar zamonaviy mulkning majburiy atributlari hisoblanadi. Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda axborotiy shaffoflik va huquqiy himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligi silatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va manfaatlrni to‘liq himoyalanishini anglatadi.
    Mulkchilik tizimi muhitida bo‘luvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligini tizimli o‘rganuvchi ne‘mat to‘g‘risidagi multifan qoidalari nuqtayi nazaridan qarash lozim. Bunda ―ne‘mat- fantom-mulkdor‖ uchligi o‘zining atributlari va mulkdoriga, huquqiy va iqtisodiy fantom(analog, ya‘ni, ekvivalent)lariga, mulkiy shakllari va mulkchilik tizimiga ega. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan nafli mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘lib, ular o‘z bazisidan (konkret shakl va mazmundagi ne‘matdan, boylikdan) alohida mavjud emas3.
    Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya). Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi. Sotsial nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi sifatida qarash mumkin. Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning jamiyat subektlari uchun qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan daromad (foyda) miqdori bilan ifodalanadi. Ijtimoiy manfaat mulkning jamiyat subektlari uchun naflilik va qimmatlilik kategoriyalariga asoslangan subektiv sifatiy xulosa bilan ifodalanadi. Bunda shaxslarni mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-yuridik mavqeyi, maqomi (statusi) vujudga keladi. Mulkiy munosabatlar - turli mulkchilik shakllariga asoslangan mulkchilik tizimida mulkiy huquq subektlari tomonidan amalga oshiriluvchi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi. Mulkiy tizim munosabatlar mulkdorlar va mulkdor bo‘lmagan shaxslarning o‘zaro manfaatli aloqalari mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishning turini va shaklini, mulkchilik tizimidagi faoliyat xarakterini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modelini hamda bu shaxslaming ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi. Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, mulkiy munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar bo‘lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas‘uliyat va javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega.
    Ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizimni (IIHT) tizimli tadqiq etish va uning tizimli masalalari kompleks yechimi maqsadiga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siste‘mologiya (IIS) qoidalari mazkur IIHT tarkibiga kiruvchi, keltirilgan zamonaviy mulkchilik tizimini (uning atributlari - zamonaviy mulk, ne‘mat, boylik va ular bilan bog‘liq huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining obyektlari, uning qiymati, qimmati, narxi, nafligi, foydaligi, mulkiy huquq subyektlari, mulk bozorlari, mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori, mulkiy munosabatlar va bularning barchasi bilan bog‘liq boshqa unsur va jihatlar - bilan birga) tizimli o‘rganishning ilmiy-metodologik bazisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin degan xulosa o‘rinli. Zero, bunday xulosa tizimli yondashuvni qo‘llovchi IlSning keng imkoniyatlari uni obyekti bo‘lmish IIHT mulkchilik tizimini ham qamrab olishi bilan bog‘liq. Bunda IIS qoidalariga ko‘ra, zamonaviy mulkchilik tizimi o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-mohiyatiga mos ravishda turli fanlaming intellektual ishlanmalarini samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilish bilan bog‘liq IIS hosilasi sifatidagi g‘oya nazarda tutiladi. Mazkur kontekstga mos ravishda aytish mumkinki, ushbu g‘oya IIS mazmuniga mos ravishda zamonaviy mulk va u bilan bog‘liq mulkchilik tizimi (qisqacha aytilsa — mulk) to‘g‘risidagi multifan nazariyasini ma‘noga ega ekanligi fikrini keltirib chiqaradi Shu bilan birga aytish mumkinki, bunday g‘oyaning ma‘noga egaligi fikrini mulk, ne‘mat, boylik, uning qiymati, narxi va qimmatliligi, naf, foydalilik kategoriyalari to‘g‘risidagi qadimgi dunyo va o‘tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalari qarashlarining tahlili ham ko‘rsatadi. Zero, bu namoyondalaming atomistik (o‘sha davrlardagi sharoitlar bilan chegaralgan) qarashlari iqtosodiyot nazariyasi tarixiy rivojlanishining ilmiy bazisi va zamonaviy mulkni tizimli o‘rganish metodologiyasining boshlang‘ich manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin bunday qarashlaming alohida qo‘llanilishga aoslangan yo‘l zamonaviy mulkni tizimli tadqiq etish va tizimli masalalarini kompleks yechish uchun universal ilmiy-nazariy bazis bo‘la olmaydi. Shunday qilib aytish mumkinki, zamonaviy mulkchilik tizimi kompleks o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmun mohiyatiga mos ravishda turli fanlarning intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo‘llovchi IIS qoidalari doirasida samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilishga asoslangan zamonaviy (turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalariga hamda qo‘sh tabiatga ega ne‘mat, boylik sifatidagi) mulk to£g£risidagi multifan g‘oyasi ma‘noga ega. Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin.
    Birinchidan: tarixiy retrospektiv tahlil asosida aytish mumkinki, iqtisodiyot fani doirasida mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to‘g‘risidagi har qanday nazariyaning amal qilish davri iqtisodiy amaliyotning uzluksiz rivojlanishi ta‘sirida bo‘lganligi sabab chegarlangan bo‘ladi. Masalan, mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to‘g‘risidagi XIX asrdagi qarashlar hozirgi davrdagi mulkchilik tizimi va munosabatlari mazmun mohiyatiga to‘liq mos kelavermaydi. Huddi shunday, hozirdagi nazariy xulosalar uzoq kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa va jarayonlar uchun o‘ta cheklangan yoki tarixiy-retrospektiv ahamiyatga ega bo‘ladi Vaholanki, zamonaviy nazariyalar ham vaqt o‘tishi bilan turli rivojlanish omillari ta‘sirida takomillashib boradi. Demak, ertami yoki kechmi mavjud qarash va nazariyalar o‘rnini takomillashganroq g‘oya va nazariyalar egallashi ehtimoldan holi emas.
    Ikkinchidan: XXI asr boshlarida zamonaviy mulk va uning atributlarini kompleks ravishda tizimli tadqiq etish hamda qiymatni baholash va boshqarish bilan bog‘liq muammolar borasida iqtisodiyot fanining navbatdagi inqirozi muqarrarligi to‘g‘risidagi hozirgi zamon nufuzli iqtisodchi olimlarining fikri o‘z tasdig‘ini topdi. Zero, bu inqiroz 2008 yilda kuchaygan va asorati hozirgacha davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi (JMII) sabab va saboqlari sharoitlarida ayniqsa, alohida namoyon bo‘ldi. Aynan shu sharoitlarda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining liberalizm va uzluksiz ravishda mulk bozor qiymati (narxi) o‘sishini nima bo‘lsa ham ta‘minlash postulatlari zaif ekanligi yaqqol ko‘rindi. Chunki, aynan shu postulatlar asosida jahon moliya bozorining barcha segmentlarida ―domino effektiga o‘hshab vujudga kelgan turli real mulk(aktiv)lar bo‘yicha ―puffaklar‖ fenomeni JMIIning bosh sababchilaridan biriga aylandi. Afsuski, hozirda ham bu fenomen muammosini bartaraf etish o‘z yechimini topmagani ertami yoki kechmi navbatdagi global inqirozning davriy sodir bo‘lishi havfi mavjudligini bildiradi.
    Uchinchidan: jamiyat, huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalari amaliyotlarining o‘zaro uyg£unlikda tez sur‘atlar bilan takomillashib borishi mulk (mulk huquqlari), ne‘mat (boylik) nazariyasini hamda u bilan bog‘liq qiymat, narx, qimmat, naf nazariyalarini ham mos ravishda o‘zaro bog‘liqlikda takomillashib borishini, umuman olgan, zamonaviy mulkiy munosabatlarda bu kategoriyalar mazmun-mohiyatini bir birga bog‘liqlikda kompleks ravishda ochib berish imkonini beruvchi yangicha qarashni, taqozo etadi. Bunda inson sivilizatsiyasining ushbu sohalar uyg‘unlashuvi doirasidagi mulkiy munosabatlar tajribasini yillar davomida boyishi, bunda mulkdorlaming qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib, manfaatlari tobora o‘sib, ularning xaq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta‘minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi.
    To‘rtinchidan: zamonaviy mulkchilik tizimi turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo‘sh tabiatga ega zamonaviy mulkning mazmun mohiyatiga mos ravishda shakllangan. Zamonaviy mulk hozirda o‘z mulkdori (NM) uchun iqtisodiy ta‘minlangan, yuridik konstruksiyaga ega nafli ne‘mat (N) sifatida namoyon bo‘lgan va o‘zida turli axborotni mujassamlashtiruvchi murakkab substansiya mazmunida qabul qilingan. Bunda mulkdor (NM) instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o‘zi uchun manfaatli, foydali) faoliyat hisobiga hayot ko‘radi va mulkiy munosabatlar subyekti hisoblanadi. Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘ dunyoda maqsadli orzu-havassiz, nafli ne‘mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o‘zi bo‘lmagan! Chunki, bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandgina) mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi.


    Download 62.48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 62.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Universiteti ro’yxatga olindi №

    Download 62.48 Kb.