Yangi O’zbekistonda mulkiy munosabatlardagi iqtisodiy isloxatlar




Download 62.48 Kb.
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi62.48 Kb.
#56857
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xususiy mulkchilik tarmog\'i kengaytirish 233
1. Komil va barkamol inson tushunchalari. I. Karimov asarlarida , pdf 20230202 104716 0000, BMI Muratov 2022, Qishloq xo\'jaligida axborot texnologiyalari, O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan, iqWhV06K15aXkJo, 14-Mavzu Ekologik kspertiza.Ekologik kspertizaning asosiy maqsad va vazifalari, Xitoy inqilobi manba rus tilida, 1681915243 ocr (3), Йилларда франция, Tarix kafedrasi, ruza matni, 13209 1 E69F993E9812025A9E25894D8CD0CB453EB749A7, Problems and solutions
2.2 Yangi O’zbekistonda mulkiy munosabatlardagi iqtisodiy isloxatlar
Xususan, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi – milliy iqtisodiyotni, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarni Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholash mumkin. O'z o'rnida shuni ham aytish joizki, samarali amalga oshirilgan islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat debochasiga garovdir. 2021-yil 6-noyabrda yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimda Prezident tomonidan kelgusi besh yil uchun eng asosiy ustuvor yo'nalishlarni o'z ichiga olgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi ilgari surildi. Prezident taqdim etgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo'nalishdan iborat bo'lib, u 5 yil avval qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli islohotlarning uzviy davomi ekanligi bilan ahamiyatlidir. Asosiy maqsad – aholi jon boshiga YAIM hajmini oshirish. 2022–2026-yillardagi ustuvor vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish orqali aholi jon boshiga YaIM hajmini oshirish ko'zda tutilganligida ham o'ziga xos ma'no bor. O'tgan 5 yil, ya'ni 2017–2021-yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida sanoatning yetakchi tarmoqlari (to'qimachilik, elektrotexnika, avtomobil sanoati, qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, energetika kabi tarmoqlar)ni rivojlantirish strategiyalari qabul qilindi. Shuningdek, qishloq xo'jaligida erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, xususan paxta va g'alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish orqali ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi oshirildi.
O'z navbatida, hududlarning iqtisodiy potentsialini oshirish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, mazkur zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun tegishli imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etildi. Yetakchi tarmoqlarga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilmalar barpo etildi. Yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan innovatsion texnoparklar tashkil etilib, ularda zamonaviy ilm-fan yutuqlari orqali yaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, O'zbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish orqali sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirildi, sayyohlik xizmatlari tarkibining (ziyorat turizmi, tibbiy turizm, kino turizmi va h.k.lar) yana ham kengaytirilishi natijasida mamlakatning sayyohlik potensiali yildan yilga oshib bormoqda. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022–2026-yillarda yuqorida ta'kidlab o'tilgan yo'nalishlarda amalga oshirilgan islohotlarni samarali davom ettirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish, 2030 yilga borib esa, O'zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan. Bunga esa, o'z navbatida, xususiy sektorni rag'batlantirish va uning ulushini oshirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va drayver sohalarda klaster tizimini rivojlantirish orqali erishish ko'zda tutilgan. O'z o'rnida aytish lozimki, iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning samarali va jadal rivojlanishi mamlakatdagi YaIM hajmining ortishi va shu orqali aholi jon boshiga YaIM hajmining oshishiga ham olib keladi. Inflyatsiya darajasini pasaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Qayd etish muhimki, 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan eng muhim iqtisodiy islohotlardan biri, bu milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog'liq amaliy qadamlar bo'ldi.
Shu bilan birga, pul-kredit (monetar) siyosati sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi, jumladan to'lov tizimlari rivojlantirildi, chet el valyutasini cheklovsiz sotib olish imkoni yaratildi, naqd pul muammosi hal etildi, uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Tashqi savdoning liberallashtirilishi natijasida tashqi savdo hajmi ham jadal oshib bormoqda. Valyuta va tashqi savdoning liberallashtirilishi, iqtisodiyotga bozor mexanizmlari tamoyillarining joriy etilishi, narxlarning erkinlashtirilishi va shu bilan bog'liq boshqa islohotlar ortidan mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta'minlash, inflyatsiyani past darajada va barqaror ushlab turish ustuvor vazifa sifatida oldinga chiqdi. Shu bois, Taraqqiyot strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish navbatdagi vazifa sifatida belgilandi. Zero, mamlakatda ichki narxlar barqarorligining ta'minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati hisoblanib, bu esa, o'z navbatida, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zarur mezon sanaladi. Alohida e'tirof etish joizki, inflyatsiyaning past va barqaror ko'rsatkichlari, iqtisodiy o'sishdagi muvozanatni ta'minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholi yashash darajasini oshirishda muhim omil sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o'sish sur'atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo'lishi lozim.
Fiskal barqarorlikni ta'minlash. O'tgan 5 yil ichida O'zbekistonning fiskal sohadagi siyosati tubdan o'zgardi, xususan byudjetning shaffofligi va ochiqligi ta'minlandi, soliqqa tortishni soddalashtirish va takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish tizimi takomillashtirildi, bunda Oliy Majlisning byudjet jarayonidagi roli va o'rni oshirildi, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining vakolatlari kengaytirildi, «Tashabbusli byudjet» loyihasi ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalari chiqarilib, undan tushgan mablag'lar mamlakat farovonligi yo'lida strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltirildi.
Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022–2026-yillarda O'zbekistonda byudjet va tashqi qarz barqarorligini ta'minlash vazifasiga ustuvorlik berilmoqda. Sababi, mamlakatda fiskal defitsitning ortib borishi va tashqi qarzlarning xalqaro darajada belgilangan me'yorlardan oshib ketishi, albatta milliy iqtisodiyotga xavf tug'dirishi mumkin. Shuningdek, mazkur strategiyada byudjet mablag'larining samarali sarflanishini ta'minlash maqsadida mahalliy byudjetlarning imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan. Fiskal sohada belgilanayotgan mazkur ustuvor vazifalar avvalgi islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanib, bu bir tomondan byudjet daromadlarini oqilona shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarining samarali sarflanishiga sabab bo'ladi, pirovard natijada esa, mamlakatda iqtisodiy faollik ortib makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanadi. Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi.
Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas. Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmagan. Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti. Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi. Iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konʼyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish; xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufiyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish uchun qulay sharoit yaratish, jumladan, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini qisqartirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, moliyaviy va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish qulayligini taʼminlash, shuningdek, kichik sanoat zonalari salohiyatidan samarali foydalanish orqali bunga erishish; milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish; innovatsiya ishlanmalari va texnologiyalarini joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlov berish tarmoqlarini jadal rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish asosida tovar bozorlari muvozanatini taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sanoat siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida uning importga qaramligini kamaytirish orqali milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, respublika hududlari va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish; urbanizatsiya sohasida davlat siyosatini kuchaytirish, ishlab chiqarishlarni oqilona joylashtirish, turarjoylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish; barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatdoshligini oshirishning asosiy resurslari va omillaridan biri sifatida inson kapitalining darajasi va sifatini, ustuvor ravishda qishloq joylarida, yaxshilash boʻyicha kompleks tahlil olib borish va chora-tadbirlarni ishlab chiqish; iqtisodiyot organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini taʼminlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, vazirlik apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining, ustuvor ravishda oʻziga biriktirilgan sohadagi aniq natijalarga erishish, oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda koʻmaklashish, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni, ularning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha idoralararo kompleks tizimini tashkil qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
3.Belgilab qoʻyilsinki: Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi asosida ishlab chiqiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan dastur va qarorlar asosida shakllantiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega qarorlarining ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, uning tizim va hududiy tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, kichik sanoat zonalari direksiyalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek, kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda maʼlumot taqdim etib boradilar;
investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega; kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7,0 million AQSH dollari ekvivalenti hisobidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy kengashlar qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilishi lozim;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan, xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek, texnik koʻmak va grant mablagʻlarini jalb qilishga ruxsat etilsin: investitsiya va sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq etish, shuningdek, vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish; vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish; xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi asosida, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalarini hisobga olgan holda 2019 yil 1 iyunga qadar Konsepsiyaning, shu jumladan, investitsiya siyosati strategiyasini oʻz ichiga olgan yakuniy variantini belgilangan tartibda kiritsin. 7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida institutning umumiy shtat birligi doirasida 10 nafar kishidan iborat Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilish;
b) kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni berish: oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish; investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish; rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablagʻlar ularni xususiylashtirishda hisobga olinadi.
XULOSA
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi. Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi O‘zbekistonda mulkchilik tizimi va munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda xususiy mulkni shakllantirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat:

- xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchasidan farqini aniqlashtirish;


- qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish;
- xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish;
- jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;
- tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija xususiy mulk va nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi.


Download 62.48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 62.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi O’zbekistonda mulkiy munosabatlardagi iqtisodiy isloxatlar

Download 62.48 Kb.