• Xulosa va takliflar.
  • Universiteti xabarnomasi




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/16
    Sana25.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #253299
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING MAMLAKAT IJTIMO

    10
     
    Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishdan ham ko‘ra uning 
    kelajakda rivojlanib ketishi, ish faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi juda 
    muhim. Mamlakatimiz rahbari tomonidan chiqarilayotgan farmon va 
    qarorlar ham aynan mana shunday muammolarni oldini olish, 
    raqobatbardoshlikni oshirish, eksport va bandlik ko‘rsatkichlarini 
    yanada ko‘tarishga qaratilgandir. 
    X. Velu biznesni rivojlantirish jarayonlarini o‘rganar ekan, 
    firmalar hajmini tavsiflovchi sifat mezonlarini, mahsulotni yaratish 
    maqsadi va uni ilgari surish yo‘llari, boshqaruv turi, moliyaviy faoliyati, 
    xodimlarni boshqarish usuli hamda usullarini aniqlagan. 
    Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga bir 
    necha omillar ta’sir qiladi. Bular hududning joylashuv o‘rni, resurslar 
    darajasi, ijtimoiy rivojlanganlik hamda aholi soni va hokazo.
    Hududlar bo‘ylab yangi firma shakllanishini tarmoqlarning 
    hududiy tarkibidagi farqlar va tarmoqlarning farqlari bilan izohlash 
    mumkin. Masalan, mintaqaning sanoat tuzilmasi mintaqadagi umumiy 
    yangi firma shakllanishi sur’atlariga ta’sir qiladi, chunki tarmoqlar 
    raqobatbardoshlik darajasi (kirish to‘siqlari) va tadbirkorlik 
    imkoniyatlarining paydo bo‘lish darajasi bilan bir-biridan farqlanadi
    11

    Xulosa va takliflar. 
    Butun dunyoda kichik biznes iqtisodiy o‘sish 
    va barqarorlik omili hisoblanadi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 
    xorijiy mamlakatlarida ishlab chiqarish sanoatining yarmidan ko‘pi 
    kichik va o‘rta biznes tomonidan ishlab chiqariladi. Kichik biznesning 
    moslashuvchanligi uni osongina qayta ishlatishga imkon beradi. 
    Аsosiysi shundaki, inqiroz davrida kichik biznesda bandlik 
    barqarorligicha qoldi. 
    Shunday qilib, kichik biznesni rivojlantirish davlat siyosatining 
    umuman iqtisodiyotda ham, xususan, qishloq xo‘jaligida ham ustuvor 
    yo‘nalishlaridan biridir. Kichik biznes tarmog‘i mamlakatimiz ijtimoiy-
    iqtisodiy tizimining barqaror rivojlanishini taʼminlaydi, ko‘plab ish 
    o‘rinlarini yaratadi, shu orqali qishloq aholisining ijtimoiy taʼminotini 
    oshiradi, raqobat muhitini yaratadi, isteʼmolchilarni yangi tovar va 
    xizmatlar bilan taʼminlaydi hamda yirik biznesning rivojlanishiga 
    yordam beradi. 
    Kichik biznesni turli sohalarda, jumladan, chakana savdo, oziq-
    ovqat va ichimliklar, professional xizmatlar, ishlab chiqarish va 
    texnologiyada topish mumkin. Ular ko'pincha ma’lum bir maqsadli 
    bozorga ixtisoslashgan mahsulotlar yoki xizmatlarni taqdim etadigan 
    koʻproq shaxsiy va mahalliy e’tiborga ega. Kichik biznes cheklangan 
    kapital, yirik kompaniyalar bilan raqobat va hukumat aralashuvi kabi 
    muammolarga duch keladi. Biroq, ular, shuningdek, oʻzgaruvchan bozor 
    sharoitlariga tezda moslashish qobilyatiga ega bo‘lganligi uchun 
    moslashuvchanlikka ega va yirik korporatsiyalar uchun muammo 
    bo‘lgan holatlar (mijozlar bilan ishlash, xodimlar bilan munosabatlar va 
    hokazo)da yengillik bilan masalani hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
    Umuman olganda, kichik biznes sogʻlom iqtisodiyotning muhim 
    tarkibiy qismi boʻlib, innovatsiyalar, ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy 
    oʻsishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ular tadbirkorlikni rivojlantirishda 
    muhim rol oʻynaydi va bozorning xilma-xilligi va raqobatbardoshligini 
    shakllantirishda juda muhimdir. 

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish