|
-rasm. 2017-2022-yillarda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushiBog'liq KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING MAMLAKAT IJTIMO1-rasm. 2017-2022-yillarda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
9
Ushbu diagrammani tahlil qiladigan bo‘lsak, respublikamizda
kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlashda
yetakchi o‘rinni egallamoqda. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlashda o‘rtacha 76% ga to‘gʻri
kelmoqda.
Yillar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, kichik tadbirkorlikning
YAIMdagi ulushi 13,5%ga, sanoatda 15,2%ga, bandlikda 4,1%ga,
importda 4,2%ga kamayganligini, qurilishdagi ulushi 6,7%ga, eksportda
esa 7,6% ga ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Kichik biznesning
eksportdagi ulushi ortayotganligi uning borgan sari raqobatbardosh
hamda jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganligini bildiradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sohalardagi ulushini
ko‘tarish uchun albatta bu respublikada faoliyat yuritayotgan kichik
biznes subyektlari soni muhim ahamiyatga ega. 2023-yilda
respublikamizda faoliyat olib borayotgan kichik biznes subyektlari soni
523556 tani tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 462834 tani
tashkil etgan. Bu raqamlardan ko‘rishimiz mumkinki bir yilda
respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari
soni 60722 taga oshgan, bu esa juda yaxshi. Poytaxt va viloyatlar
kesimida ko‘radigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgan hudud
Toshkent shahri ekanligini, eng quyi ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatiga
tegishli ekanligini ko‘rishimiz mumkin (2- rasm).
2-rasm. 2023-yil holatiga Toshkent shahar va viloyatlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni
Endi 2023-yilda respublikamizda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni statistikasini ko‘raylik (3-rasm):
3-rasm. 2023-yil holatiga Toshkent shahar va viloyatlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni
9
Stat.uz – sayt ma’lumotlaridan foydalanib yaratildi.
Y A I M
S A N O A T
Q U R I L I S H
B A N D L I K
E K S P O R T
I M P O R T
|
| |