|
Universiteti xabarnomasiBog'liq KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING MAMLAKAT IJTIMO
Jurnal soni:
9
Maqola raqami:
30
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v9i9.852
Ushbu maqolada kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish uchun mamalakatimiz
rahbari tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar, taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar va belgilanagan vazifalar, bugungi kunda faoliyat
yuritayotgan, yangi tashkil etilgan hamda faoliyati tugatilgan tadbirkorlik subyektlari soni statistik
tahlili, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga ta’siri haqida yozilgan. Muallif tomonidan
mamlakat yalpi ichki mahsuloti, bandlik, sanoat, eksport va importga kichik biznesning ta’siri statistik
tahlil qilingan, kichik biznesning ta’sir sohalarini nazariy jihatdan guruhlarga ajratilgan, tegishli
xulosalar berilgan.
KALIT SO‘ZLAR/
Ключевые слова/
keywords
biznes, tadbirkorlik, kichik biznes,
taraqqiyot startegiyasi, tizim, ijtimoiy-
iqtisodiy tizim.
Kirish.
Bugungi kunda barcha rivojlangan hamda rivojlanayotgan
mamlakatlarda
kichik
biznesga bo‘lgan e’tibor hamda uni
rivojlantirishga qaratilgan sa’y- harakatlar kuchayib bormoqda. Shu
qatorda, O‘zbekistonda ham kichik biznes subyektlari faoliyatini
rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakat Prezidenti
tomonidan qator farmon va qarorlar chiqarilmoqda. “Hozirga qadar
milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya
siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy
mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur
qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni
ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi”.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da
“Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini
shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki
mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga
yetkazish” asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan hamda bu
maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalar belgilab qo‘yildi.
✓
“Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘tkazish.
✓
Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va
biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan
tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-
sharoitlar yaratish.
✓
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini
rivojlantirish.
✓
2026-yilga
borib
tadbirkorlik
subyektlariga
soliq
yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga
kamaytirish.
✓
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va
kambagʻallikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini
takomillashtirish.
✓
Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun
zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida
qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.
✓
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy
sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor
tamoyillarini joriy etishni kengaytirish”
1
.
Kichik biznes cheklangan kapital, yirik kompaniyalar bilan
raqobat va hukumat aralashuvi kabi muammolarga duch keladi. Biroq,
ular, shuningdek, o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga tezda moslashish
qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun moslashuvchanlikka ega va yirik
korporatsiyalar uchun muammo bo‘lgan holatlar (mijozlar bilan ishlash,
hodimlar bilan munosabatlar va hokazo)da yengillik bilan masalani hal
1
Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-60-son
2
Райзберг, Б.А. Современный экономический словарь/ Б.А. Райзберг, Л.Ш. Лозовский,
Е.Б. Стародубцева. – 6-е изд., перераб. и доп. – Москва: ИНФРА-М, 2011. –512 с
3
Агеев, А.И. Предпринимательство: проблемы собственности и культуры [Текст]
/Москва: Наука,1991.-112с.
qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, kichik biznes
sogʻlom iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, innovatsiyalar, ish
o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ular
tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi va bozorning xilma-
xilligi hamda raqobatbardoshligini shakllantirishda juda muhimdir.
|
| |