|
yotgan stol bilan royal orasidan olti kishi be-Bog'liq martin iden 2-amaliy mashg'ulot, СУРГ 1 РЭ, ultraPAYVANT, Presentation 4, Smolevskiy V.M 1987 GIMNASTIKA, asosiy UMUMIY-PSIXODIAGNOISTIKAyotgan stol bilan royal orasidan olti kishi be-
malol o'tishi mumkin edi, lekin u bu oraliqdan
yuragini hovuchlab o'tdi. Uning beso‘naqay
qollari shalvirab turar, ulam i qayerga qoyish-
ni bilolmasdi. Birdan o'zini stol ustida yotgan
kitoblarga tegib ketayotganday his qilib, xuddi
hurkkan otdek orqaga tisarildi-da, sal bolm a-
sa royal oldidagi kursini ag'darib yuborayozdi.
Shunda u shaxdam odim otib borayotgan ham-
rohiga qaradi-yu, umrida birinchi marta o'zining
qadam taslilashi beso'naqay va boshqalamikiga
o'xshamasligini fahmladi, xijolatdan bir zum-
ga cho‘g‘ bolib yondi. Manglayida ter tomchilari
paydo boldi va to“xtab, dastro'moli bilan oftobda
qoraygan yuzini artdi.
- Artur, azizim, birpas sabr qilsangiz, - dedi u
o'zining xijolat bolganini yashirish uchun hazi-
lomuz ohangda. - Dabdurustdan bunchalik dab-
daba men uchun judayam ortiqcha bolib ketdi.
Nafasimni rostlab olay. O'zingiz bilardingiz, bu
yerga kelishni istamovdim, undan keyin, oila
a ’zolaringizniyam meni ko'rishga ko‘zlari uchib
turgan bolm asa kerak.
- Parvo qilmang! - dedi hamrohi unga taskin
berib. - Siz hech tortinmang. Biz sodda odam-
larmiz... E-he! Menga xat kelganga obcshaydi.
Artur stolga yaqin bordi, konvertni ochib,
xatni o‘qiy boshladi, bu bilan mehmonning o‘zi-
ga kelib olishiga imkon tug‘dirgan edi. Mehmon
ham buni tushunib, undan minnatdor boldi. U
tabiatan sezgir va odamshavanda edi, shuning
uchun, parishonxotir ko'rinsa ham, aslida sez-
Martin lden
5
girligini, odamshavandaligini yo'qotmagan
|
| |