• 5.Pijin tillari
  • 6.Sun’iy tillar
  • Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"




    Download 1.04 Mb.
    bet17/113
    Sana02.11.2022
    Hajmi1.04 Mb.
    #28803
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
    Bog'liq
    Тилшунослик NAZARIYASI majmua 222
    Dars jadval, Mavzu Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tend, 1665378806 2, mta4, Reyimberdiyev Sanjar 311 21 guruh Diskret tuzilmalar 1 amaliy ish, Документ Microsoft Office Word, Гр раҳбари иш режа, file, Kitob 7321 uzsmart.uz, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Назарий машғулот №86, Назарий машғулот №85, randomized, Simonova IF
    4.Kreol tillari mustamlakachilik davrida afrikaliklar, sharq mamlakatlari xalqlari va amerika hindulari tillarining aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan tillardir. Kreol tillari asosan mahalliy aholi tillariga evropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) aralashishidan kelib chiqqan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos til xususiyatlariga ega bo‘ladi. Aralash tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rinib turadi. Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
    5.Pijin tillari ham Evropaliklar tillari bilan mahalliy tillarning chatishividan yuzaga keladi. Pijin tillari kreol tillardan farq qiladi. Pijin tillaridan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Lekin kreol, pijin tillari jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qilsa-da, bu tillar mustaqil til tarzida keng qo‘llanilmaydi. Pijin tillari uchun jamiyat yo‘q. Pijin tillari rivojlanib keyinchalik kreol tiliga aylanishi mumkin. Eng keng tarqalgan pijin tiliga “pijin-inglish” tilini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
    6.Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L.Zamengof yaratgan esperanto tili sun’iy tilning yorqin misolidir. Bu tilning grammatikasi ishlab chiqilgan, lug‘aviy asosi Evropa tillariga asoslanilgan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida shakllantirilgan. Bu tilga juda ko‘plab mashhur asarlar tarjima qilingan. Hammaga tushunarli bo‘lishi uchun dunyo miqyosidagi majlislarning olib borilishini hisobga olib bu til yaratilgan. Gazeta, jurnallar, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar ham olib boriladi. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq.
    Savollar:
    1.Fanda tilning ijtimoiy hodasaligi va uning boshqa ijtimoiy hodisalardan farqi haqida qanday ma’lumot mavjud?
    2.Til va uning ijtimoiyligini, paydo bo‘lishi va taraqqiy etish jaroyonlarini dunyo tilshunosligida qanday nazariyalar mavjud?
    3.Tilning ijtimoiyligi va taraqqiyoti masalasida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtlarning qanday fikrlari mavjud?
    4.Fanda inson tilining paydo bolishi haqida qanday farazlar (nazariyalar) aytilgan?
    5.Til va yozuv, ularning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar va ularning (piktografik, piktogramma, ideografik-logografik, ieroglifik, fonografik, sillabik yozuv, stenografiya, transkripsiya) shakllari haqida so‘zlab bering.
    6.O‘rta Osiyo xalklari qo‘llagan yozuvlar va ularning (oromiy UrxunEnasoy, uyg‘ur, arab, lotin va h.). shakllari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?


    Download 1.04 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




    Download 1.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"

    Download 1.04 Mb.