|
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH
|
bet | 6/11 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 62,72 Kb. | | #141410 |
Bog'liq O\'zbekiston tarixi sirtqi sillabusTALABALAR BILIMINI BAHOLASH
Talabalarning ta’lim natijalari 100 ballik tizimda baholanadi.
Nazorat turlari
Talabalarning ta’lim natijalarini nazorat qilish quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
joriy nazorat - modul (fan) bo‘yicha seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim bo‘yicha ta’lim natijalarini muntazam baholab borish maqsadida o‘tkaziladi. Joriy nazorat ballarining seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim uchun taqsimlanishi ishchi dastur (Sillabus)da aniq belgilab qo‘yilishi lozim;
oraliq nazorat (ON) - modul (fan) bo‘yicha muayyan bob, boʻlim mashgʻulotlari oʻtib tugatilganidan soʻng? oraliq nazorat 12-haftasida talabaning bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻquv mashgʻulotlari davomida 1 marta oʻtkaziladi. Talabani oraliq nazorat turi boʻyicha baholashda 2 ta nazariy savolga yozma ish javobi bahosi (baholash mezonida nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning dars mashgʻulotlari davomida joriy nazoratlardan olgan baholari oʻrtachasi hisoblanadi va yaxlitlanadi.
Modul (fan) bo‘yicha bir semestrdagi ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ajratilgan jami yuklama 1 kredit (30 soat) dan 1 marta oraliq nazorat o‘tkaziladi shuningdek, oraliq nazorat vaqtida talaba(lar)ning Oraliq nazorat tarkibiga mustaqil ta’lim bo‘yicha mavzu savollari ham kiritilib, yozma, og‘zaki, amaliy va test usullaridan birini tanlagan holda o‘tkazilishi mumkin.;
yakuniy nazorat - modul (fan) bo‘yicha semestr so‘nggida talabalarning ta’lim natijalarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turi semester yakunida ushbu fan boʻyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda oʻtkaziladi:
1- savol: nazariy
2 - savol: nazariy
3 - savol: nazariy
Yakuniy nazorat turini oʻtkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
|
| |