• Til va nutq.
  • Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi




    Download 1,67 Mb.
    bet11/29
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,67 Mb.
    #112768
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
    Bog'liq
    CHAROSXON 2

    MAVZU: Til va yozuv masalalari

    • MAVZU: Til va yozuv masalalari

    Til va tafakkur.
    Tafakkur arabcha so’z bo’lib, fikr yuritish,o’ylash, fikrlash kabi ma‟nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:
    Ki har ishni qildi odamizod,
    Tafakkur birla qildi oni bunyod.
    Tafakkur fikrning ko’pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo’lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro’yobga chiqishida til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog’liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo’lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo’lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo’lolmaganidek).
    XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko’p o’ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so’zi ham shunchalik go’zal bo’ladi, boshqalarga ibrat bo’ladi.
    Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o’sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko’rinishi bo’lgan nutq ham tafakkur bilan bog’liq holda takomillashib boradi.
    Til va nutq.
    “O’zbek tilining izohli lug’ati”da “til”ga shunday ta’rif beriladi: “Kishilar o’rtasida, jamiyatda o’zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o’rganilish obyekti”. Biz o’z fikrimizni tilsiz turli vositalar bilan (qo’l, bosh, yuz, ko’z harakati bilan) ham bir qism ifodalashimiz mumkin. Biroq til va uni ro’yobga chiqaruvchi nutqimizsiz ko’zlangan maqsadga to’liq erisholmaymiz.
    Inson ongi biror bir voqelik aks ettirar ekan, u so’zlar orqali (nuqt vositalari bilan) yuzaga chiqaradi. Odamzodning bolaligidan to umrining oxirigacha oladigan ilmiy va hayotiy ta’limi so’z va til vositasida amalga oshadi. Tafakkur, til va uning yuzaga chiqaruvchi (og’zaki,yozma shaklda) vosita so’z bo’lar ekan (nutq), bu borada A.Navoiyning quyidagi misralarini eslatib o’tish maqsadga muvofiq:
    Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
    Bilki, guhari sharif yo’qdur ondin.

    Download 1,67 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




    Download 1,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi

    Download 1,67 Mb.