• MAVZU: OG’ZAKI MULOQATDA SHAXS MA’NAVIYATINI VA MADANIYATINI NAMOYON BO’LISHI.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT
  • Mavzu:Sohaga oid taqdimot yaratish




    Download 1,67 Mb.
    bet29/29
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,67 Mb.
    #112768
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    CHAROSXON 2

    Mavzu:Sohaga oid taqdimot yaratish


    Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o‘z nuqtai nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi.
    Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim:
    1. Taqdimot qilinishi kerak bo‘lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin.
    2. Matnni va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash.
    3. O‘zining ko‘rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
    4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
    Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
    1. O‘tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o‘zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo‘lsa, siz xona, o‘rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko‘rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
    2. Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko‘p bilishga harakat qiling.
    3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?

    MAVZU: OG’ZAKI MULOQATDA SHAXS MA’NAVIYATINI VA MADANIYATINI NAMOYON BO’LISHI.


    Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
    «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
    Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
    Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT


    Download 1,67 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 1,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu:Sohaga oid taqdimot yaratish

    Download 1,67 Mb.