|
Alisher Navoiy asarlarida yaxshi nutqning fazilati sifatida ko‘rsatilgan
|
bet | 25/29 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,67 Mb. | | #112768 |
Bog'liq CHAROSXON 2Alisher Navoiy asarlarida yaxshi nutqning fazilati sifatida ko‘rsatilgan fasohat so‘zining ma’nosi nutq madaniyati, til madaniyati tushunchasiga yaqin. “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da fasohat so‘zi quyidagicha izohlangan: “fasohat - so‘zning ochiq, ravshan, chiroyli va qoidalarga muvofiq bo‘lishi” [6, 335]. Navoiy asarlari uchun boshqa bir lug‘atda esa fasih guftorlig‘ “chiroyli, yoqimli va ravshan so‘zlashlik” deb izohlangan [7, 636]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da fasohat so‘zi quyidagicha talqin qilingan: “Chiroyli va yoqimli so‘zlash qobiliyati, nutqning aniq va ravonligi” . fasihrozi, fasih tili bila so‘zlovchi, fasihguftor kabi tushunchalar bilan ataydi. Masalan, “Majolis un-nafois”da shunday fikrlar bor: “Mavlono Qavsariy - Buxorodindur. Qabuliyatlik, xush suhbat, shiringo‘y va fasih zabon va donishmand kishi erdi” . Alisher Navoiyning fasohatli nutqni yuzaga keltiruvchi ijobiy omillar to‘g‘risida fikrlari ko‘p. Xususan, lisoniy omillarga keng o‘rin berilgan. Bular quyidagilar: 1. Nutq mazmunli, ma’noli bo‘lishi kerak. Navoiy daqiq so‘zini “sermazmun, teran ma’noli” ma’nosida qo‘llagan: “Bular ul hazratning daqiq so‘zin yo anglamay, yo anglasalar buyurulgan yo‘sun bila amal qilmay”. 2. So‘z qisqa bo‘lishi lozim, chunki so‘z qancha cho‘zilsa, kamchiligi ham shuncha ko‘p bo‘ladi, ko‘p so‘zdan ko‘p ayb topadilar: Bermas tatvil chun suxandon so‘zga, Qil muxtasar ulcha bo‘lgay imkon so‘zga, Ko‘p ayb topar kimsa farovon so‘zga, Chun chekti uzoqqa, yetti nuqson so‘zga. 3. Nutq rang-barang, ifodalarga boy bo‘lishi kerak. Navoiy ifodala nutq so‘zlamoq tushunchani balog‘atko‘sh so‘zi orqali izhor qiladi: Demonkim, so‘z ayturga balog‘atko‘sh o‘l, Nafsingga saloh istar esang xomo‘sh o‘l.
|
| |