• (sh, ch, ng)
  • Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi




    Download 1,67 Mb.
    bet17/29
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,67 Mb.
    #112768
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
    Bog'liq
    CHAROSXON 2

    Ko‘chirish qoidalari


    75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi. va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
    76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:
    1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
    2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
    77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
    1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi dia-gramma, mono-grafiya kabi;
    2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.
    78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
    79. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi. AQSh, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
    80. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-“A” sinfi, V “V” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
    81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z—92” (festival), “O‘qituvchi—91” (ko‘rik tanlov), “Andijon—9”, “Termiz—16” (g‘o‘za navlari), “Boing—767” (samolyot), “Foton—774” (televizor) kabi.
    82. A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

    Download 1,67 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




    Download 1,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi

    Download 1,67 Mb.