Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi




Download 1,67 Mb.
bet18/29
Sana06.12.2023
Hajmi1,67 Mb.
#112768
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
CHAROSXON 2

Mavzu: Terminlarning yasalishi.


Professor U.Tursunov asarlarida o‘zbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma’lumot beradi. Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:
1. Terminlarning semantik yo‘l hisobiga boyishi.
2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3. Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishi. Qator terminologik sistemalarda semantik yo‘l bilan termin yasashdan unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik so‘z yasash terminologiyada amal qilinadigan doimiy va an`anaviy yo‘ldir.
Terminlarni tekshirish jarayonida qator leksik qatlamlar semantik o‘zgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ular biror ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘zbek tilining odatdagi so‘zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar:
1. Ro‘zg‘or buyumlari nomlari: qozon, cho‘mich, quti, kurak, panjara, pichoq kabilar.
2. Odam yoki hayvon a’zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo‘g‘iz, qanot kabilar.
3. Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‘zgu, qalpoq kabilar.
4. Texnikaga oid bo‘lmagan so‘zlar: kalit, burqi, pona, payvandlash kabi texnik termin sifatida qo‘llaniladi.
Morfologik usul bilan termin yasashda o‘zak-negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday termin yasash o‘zbek tilida eng mahsuldor usuldir.
Terminlarni yasashda -gich (-qich, -qich, -kich), -soz, -ma, - lik, -sh(-ish), - lash, -cha, -chi affikslari faol ishtirok etadi: chang ajratgich, em buqlatgich; mashinasoz, asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burq’ilash, payvandlash; bakcha, vagoncha; aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabilar.
O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi. Ma’lumki, har bir til o‘ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‘radi. Terminlar tuzilish materiali, ya’ni qandayso‘zlardan tashkil topganiga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin: Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bug‘mashina, shamol tegirmon, moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‘i, samolyotning parragi kabilar. Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot, magnitli diska, tirkama plug, halqasimon zichlagichkabilar. Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‘ta sezgir apparat, sezgir asbob, o‘zi yurar mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar.

Download 1,67 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Download 1,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi

Download 1,67 Mb.