Mavzu:Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri




Download 81,03 Kb.
bet26/28
Sana03.06.2024
Hajmi81,03 Kb.
#259531
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)

23.Mavzu:Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.Har qanday mafkura kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi:Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy-axloqiy his-tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o’quvchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo’lgan hurmat-e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma’naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo’yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o’zgarishlar yuz berdi.
Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, SHuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o’zgalar va o’zining hayoti ma’nosini anglagan holda o’tkazish kerakligi haqida ko’plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.Bundan tashqari ta’lim muassasasida o’quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo’lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Zero, ta’lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo’lib, uning asosiy mohiyati o’quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo’lishni, ta’lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o’z navbatida o’quvchi shaxsida mas’uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko’nikmalarini tarbiyalaydi. SHuningdek, vtanparvarlik, xalqlar o’rtasida do’stlik va hamkorlik, ms’uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.Bugungi kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog’lom turmush tarzini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda.

Download 81,03 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 81,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri

Download 81,03 Kb.