• Kurs ishining obyekti
  • Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
  • Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 66,82 Kb.
    bet2/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi66,82 Kb.
    #138687
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Matematik ta’lim jarayonida masala-mantiqiy tafakkurni o‘stirish omili sifatida

    Kurs ishining maqsadi: 1 sinfda matematikadan oquvchilarning bilish aktivligini oshirish metodikasini organish.
    Kurs ishining vazifalari:
    - Mantiqiy fiklashni kuchaytiruvchi va mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi metodlar bilan tanishish.
    -Boshlang‘ich sinflarda Matematika darslarini o‘tilishining ahamiyati.
    -Mantiqiy fikrlashni kuchaytirish borasida pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o`rgatish.
    Kurs ishining obyekti: o‘quv bilish jarayonini haqida ilmiy va amaliy tushunchalar.
    Kurs ishining predmeti: o‘quv bilish jarayonini o‘rganishning metodlari va dasturlari.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
    Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


    I BOB 1 sinf o‘quvchilarida o‘quv bilish jarayonini rivojlantiruvchi metodik darslar
    1.1 1 sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlar va fikrlash faoliyatini
    shakllantirishning metodik tizimi
    Аrifmеtik mаteriаl kursning аsоsiy mаzmunini tаshkil etаdi. Boshlang‘ich kursning аsоsiy o‘zаgi nаturаl sоnlаr vа аsоsiy miqdоrlаr аrifmеtikаsidаn ibоrаt. Bundаn tаshqаri, bu kursgа gеоmеtriya vа аlgеbrаning аsоsiy tushunchаlаri birlаshаdi.
    Boshlang‘ich sinfmatematikа kursi mаktаb matematikа kursining оrgаnik qismi bo‘lib hisоblаnаdi. V-XI sinflаrdа o‘qitilаdigаn matematikаning eng аsоsiy vа o‘quvchilаr yoshigа mоs bo‘lgаn elеmеntаr tushunchаlаri berilаdi. Yuqоri sinflаrdа shu tushunchаlаr kеngаytirilgаn, chuqurlаshtirilgаn vа bоyitilgаn hоldа o‘qitilаdi. Dеmаk, bоshlаngich sinf matematikаsining mаzmuni yuqоri sinf matematikаsining mаzmunini hаm bеlgilаb berаdi. Boshlang‘ich matematikаning tuzilishi o‘zigа хоs хususiyatlаrgа ega:
    1. Аrifmеtik mаteriаl kursning аsоsiy mаzmunini tаshkil qilаdi. U nаturаl sоnlаr аrifmеtikаsi, аsоsiy miqdоrlаr, аlgеbrа vа gеоmеtriya elеmеntlаrining prоpеdivtik kurslаri аsоsiy bo‘lim shаklidа o‘qitilmаsdаn аrifmеtik mаteriаl bilаn qo‘shib o‘kitilаdi.
    2. Boshlang‘ich sinf mаteriаli kоnsеntrik tuzilgаn. Маsаlаn, оldin I-o‘nlikni nоmerlаsh o‘qitilsа, keyin 100 ichidа nоmerlаsh vа аrifmеtik аmаllаr bаjаrish o‘qitilаdi. Undаn keyin 1000 ichidа аrifmеtik аmаllаr bаjаrish, keyin ko‘p хоnаli sоnlаr ichidа nоmerlаsh, miqdоrlаr, kаsrlаr аlgеbrаik vа gеоmеtrik mаteriаllаr qo‘shib o‘qitilаdi.
    3. nаzаriya vа аmаliyot mаsаlаlаri o‘zаrо оrgаnik bоg‘lаngаn hаrаktergа ega.
    4. Маtеmаtik tushunchа, хоssа, qоnuniy bоg‘lаnishlаrni оchish kursdа o‘zаrо bоg‘lаngаn.
    5. hаr bir tushunchа rivоjlаntirilgаn hоldа tushuntirilаdi. Маsаlаn, аrifmеtik аmаllаrni o‘qitishdаn оldin uning аniq mоhiyati оchilаdi, keyin аmаlning хоssаlаri, keyin kоmpоnеntlаr оrаsidаgi bоg‘lаnish, keyin аmаl nаtijаsi, охiridа аmаllаr оrаsidаgi bоg‘lаnish berilаdi.
    6. Аsоsiy tushunchаlаr vа nаtijаviy tushunchаlаr o‘zаrо bоg‘lаnishdа berilgаn. (Rаsm) Маsаlаn, qo‘shish аsоsidа ko‘pаytirish kеltirib chiqаrilgаn. Boshlang‘ich matematikа kursi o‘z tuzilishi bo‘yichа uch fаnni o‘z ichigа оlgаn butun kursdir, undа аrifmеtik, аlgеbrаik vа gеоmеtrik mаteriаldаn ibоrаt qismlаrni fаrqlаsh kerak.
    Boshlang‘ich matematikа kursidа аrifmеtik mаteriаlning kоnsеntrik jоylаshuvi sаqlаnаdi. Аmmо, аmаldаgi dаsturdа kоnsеntrlаr sоni kаmаytirilgаn: o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p хоnаli sоnlаr. shuni hаm аytish kerаk, mаteriаl shundаy kаttа gruppаlаshgаnki, undа o‘zаrо bоg‘lаngаn tushunchаlаr, аmаllаr, mаsаlаlаrni qаrаsh vаqt jihаtdаn yaqinlаshtirilgаn.
    Аrifmеtik аmаllаrning хоssаlаri vа mоs hisоblаsh usullаrini o‘rgаnish bilаn bir vаqtdа аrifmеtik аmаl lаr nаtijаlаri bilаn kоmpоnеntаlаri оrаsidаgi bоg‘lа nishlаr оchib berilаdi. (Маsаlаn, аgаr yig‘indidаn qo‘shiluvchilаrdаn biri аyrilsа, ikkinchi qo‘shiluvchi hоsil bo‘lаdi.) Коmpо-nеntlаridаn birining o‘zgаrishi bilаn аrifmеtik аmаllаr nаtijаlаrining o‘zgаrishi kuzаtilаdi.
    Аlgеbrа elеmеntlаrini kiritish, chuqur, tushunilgаn vа umumlаshgаn o‘zlаshtirish mаqsаdlаrigа jаvоb berаdi: tеnglik, tеngsizlik, tеnglаmа, o‘zgаruvchi tushunchаlаri kоnkrеt аsоsdа оchib berilаdi.
    1-sinfdаn bоshlаb sоnli tеngliklаr vа tеngsizliklаr (4=4, 6=1+5, 2*3, 6+1*5, 8-3*8-2 vа hоkаzо) qаrаlаdi. Ulаrni o‘rgаnish аrifmеtik mаteriаlni o‘rgаnish bilаn bоg‘lаnаdi vа uni chuqurrоq оchib berishgа yordаm berаdi.
    2-sinfdаn bоshlаb (х+6)-3=2 vа h.k ko‘rinishdаgi tеnglаmаlаr qаrаlаdi.
    Теnglаmаlаrni yеchish, оldin tаnlаsh mеtоdi bilаn, so‘ngrа аmаllаrning nаtijаlаri bilаn kоmpоnеntlаri оrаsidаgi bоg‘lаnishlаrni bilgаnlik аsоsidа bаjаrilаdi. o‘zgаruvchi bilаn аmаliy tеkshirish o‘quvchilаrning funksiоnаl tаsаvvurlаrini egallаshlаrigа imkоn berаdi.
    Gеоmеtrik mаteriаl bоlаlаrning eng sоddа gеоmеtrik figurаlаr bilаn tаnishtirish, ulаrning fаzоviy tаsаvvurlаrini rivоjlаntirish, shuningdеk, аrifmеtik qоnuniyatlаrni, bоg‘lаnishlаrni ko‘rsаtmаli mаqsаdlаrigа хizmаt qilаdi. (Маsаlаn, to‘g‘ri to‘rtburchаkning tеng kvаdrаtlаrgа bo‘lingаn ko‘rsаtmаli оbrаzidаn ko‘pаytirishning o‘rin аlmаshtirish хоssаsini bоg‘lаnishi оchib fоydаlаnilаdi...).
    1-sinfdаn bоshlаb to‘g‘ri vа egri chiziqlаr, kеsmаlаr, ko‘pburchаklаr vа ulаrning elеmеntlаri, to‘g‘ri burchаk vа hоkаzо kiritilgаn.
    O‘quvchilаr gеоmеtrik figurаlаrni tаsаvvur qilа оlishni, ulаrni nоmlаri, kаtаkli qоg‘оzgа sоddа yasаshlаrni o‘rgаnib оlishlаri kerаk. Bundаn tаshqаri, ulаr kеsmа vа siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchаk perimеtrini, to‘g‘ri to‘rtburchаk, kvаdrаt vа umumаn hаr qаndаy figurаning yuzini (pаlеtkа yordаmidа) tоpish mаlаkаsini egallаb оlishlаri kerаk.
    Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida,hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi.
    Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o‘quvchi darsga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati yaxshilanadi.
    Interfaol usullar orqali o‘tilgan darslar o‘quvchini ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali o‘tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni o‘zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi bo‘lgani kabi interfaol usullarni qo‘llashdan maqsad bo‘ladi.
    Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham mazmunli o‘tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilar juda o‘yinqaro bo‘lishadi. Shuning uchun ham darslarni rangbarang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Ko‘paytirish jadvali”ni tushunishida o‘quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o‘quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo‘ladi.
    Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o‘qituvchilar interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz.Oddiygina o‘qitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko‘pchiligida o‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo‘lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar,malaka va ko‘nikmalarga erishiladi, o‘quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi.
    Darsda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan.
    Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi:
    -Dars va mavzuning maqsadlari to‘g‘ri aniq tanlanganda;
    -Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
    -Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa;
    -Tanlagan metod o‘quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa,o‘quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi.Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi.Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
    Ma'lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi.Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Metodik sistemaning jarayonli tarkibiy qismi
    Jarayonli tarkibiy qism bizning metodik sistemada umumta‘lim maktabining 4 sinflarni matematika o‘qitishga yo‘naltirilgan ta‘lim jarayonini tashkil qilish jarayonini tartibga soladi. U matematik yo‘nalishning maxsus xususiyatlariga, 4 sinflarda matematika o‘qitishning o‘ziga xosligiga, 1 sinfo‘quvchilarining yoshiga doir va individual-ruhiy xususiyatlariga asoslanadi. Ularning amalga oshirilishi o‘qitishning o‘quvchilarning motivli-emotsiyali sohasiga ta‘sir o‘tkazuvchi va ularning faol o‘rganish faoliyatini rag‘batlantiruvchi shakllari, uslublari va vositalari majmuasi bilan bajariladi. Mazkur tarkibiy qism o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchining adabiyot bilan ishlashida, hamkorligida amalga oshiriladi.
    Jarayonli tarkibiy qismni tashkil qiluvchilarini batafsilroq ko‘rib chiqishga to‘xtalamiz.
    Matematika o‘qitish shakllari
    1 sinflarda matematika o‘qitishning asosiy shakllariga quyidagilarni kiritish mumkin: sinfdan tashqari va sinf-dars.
    Umumta‘lim maktablarining 1 sinflarda matematik ta‘lim berish jarayoni o‘qitishning sinfdan tashqari va sinf-dars shakllari orasida bog‘lanish bo‘lganida sistemalilik xususiyatlarini egallaydi. Har bir shakl o‘zining yetakchi faoliyati bilan xarakterlanadi, o‘zining maqsadi, tarkibi, shakli, uslubi va vositalariga ega. Sinf-dars shaklida – bu o‘qituvchi va o‘quvchining o‘quv dasturini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq faoliyati; sinfdan tashqarida – yuqori sinf o‘quvchisining mustaqil va o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta‘lim olish bo‘yicha faoliyati, uning to‘garaklar va elektivlar ishidagi ishtiroki.
    Dars o‘qitish shakli sifatida ―O‘qituvchi-O‘quvchi‖ va ―O‘quvchi-O‘quvchi‖ munosabatlarining o‘zgaruvchanligini nazarda tutadi. Bu o‘z navbatida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rganish faoliyatini boshqarishning mos keladigan usullarini qo‘llashni talab qiladi. Darsda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini boshqarishning asosiy usullariga quyidagilar kiradi: frontal va individual. Frontalga o‘qitishning guruh shaklini ham kiritadilar.
    Frontal o‘qitish matematika o‘qituvchisiga butun sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatini boshqarish uchun jiddiy imkoniyatlar beradi. U o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan ruhiy tayyorgarlik yaratadi, o‘quv faoliyatidagi faollikni rag‘batlantiradi. Ta‘kidlash zarurki, frontal o‘qitish ―O‘qituvchi-O‘quvchi‖ sistemasida individual munosabatlarni zaiflashtiradi, chunki har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishga imkon bermaydi, alohida o‘quvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni hisobga olmaydi.
    Individual ishlash o‘qitishni individuallashtirishni va ajratishni nazarda tutadi, frontal ishlash esa bularni ta‘minlashga umuman qodir emas. Ishning bu turi mashqlar bajarganda, masalalar yechganda, yuqori sinf o‘quvchilarining matematika sohasidagi qobiliyatlari va ko‘nikmalarini shakllantirishda maqsadga muvofiq. Bu ish ajratilgan (ayrim) topshiriqlarni to‘g‘ri tanlash bilan har bir o‘quvchining o‘qishdagi o‘sish suratini sozlab turish, o‘qituvchi tomonidan o‘z vaqtida yordam berish, ularning bajarilishini sistemali ravishda nazorat qilib turish imkonini beradi. Ishning individual va frontal shakllarini uyg‘unlashgan tarzda qo‘shib olib borilgan o‘qitishning istiqboli yuksak.
    Matematika darsida ishning guruh shakllari. O‘qitishning frontal shakllaridan o‘quvchilarning guruhda ishlashlari har bir o‘quvchining individual o‘ziga xosliklarini ko‘proq inobatga oladi.
    Matematika o‘qitish uslublari
    Uslublarning rang-barangligidan pedagogik amaliyotda boshqalariga qaraganda ko‘pincha matematika o‘qitishning quyidagi uslublarini ajratadilar:
    - og‘zaki: hikoya, leksiya, suhbat;
    - ko‘rgazmali: rasmlarda, tasvirlarda tushuntirish, chizmada tushuntirish, ramzlarda tushuntirish, namoyish qilish;
    - kitob bilan ishlash;
    - amaliy: kuzatish, stoxastik o‘yinlar, statistik izlanishlar, eksperiment, laboratoriya ishi, amaliyot ishi, mashqlar, modellashtirish ;
    - interfaol: diskussiya, ishbilarmonlik o‘yini,
    ―akvarium‖, loyihalar uslubi, keys-uslub,
    ―miya hujumi‖;
    - nazorat.
    Matematika o‘qitish vositalari
    O‘qitish vositalarining umumqabul qilingan zamonaviy tipologiyasida o‘qitishning o‘quv-material bazasi, quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: nashriy vositalar (dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, masalalar to‘plamlari, o‘quvso‘rov va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, xrestomatiyalar, tarqatma materiallar va sh.o‘.), ko‘rgazmali yuzali vositalar (plakatlar, jadvallar va x.), namoyish qilish vositalari (stendlar, namoyish qilish modellari va h.), elektron ta‘lim uskunalari (multimediya darsliklari, tarmog‘iy ta‘lim uskunalari va h.), eshittirish-ko‘rsatish (audiovizual) vositalari (slaydlar, ta‘lim videofilmlari, o‘quv kinofilmlari, raqamli tashuvchilardagi o‘quv filmlari), o‘quv asboblari (o‘yin kubiklari, ruletkalar, sharli kutilar va h.).
    Matematika o‘qitishning nashriy vositalari maktab matematika kursi matematika yo‘nalishining o‘quv-metodik majmuasini tarkib toptirishi mumkin. Tarkibi bo‘yicha turlicha, bajaradigan vazifasi bo‘yicha esa bir bo‘lgan nashriy vositalar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda amal qilishi mumkin, biroq bajaradigan vazifalari bo‘yicha o‘zaro bog‘liq joylari ham bor. Ularning barchasi bir butun kabi, sistemani namoyon qilib maydonga chiqadilar. O‘qitishning nashriy vositalariga quyidagilar kiritiladi: dastur, darslik va o‘quv qo‘llanma, masalalar to‘plami, o‘quv-so‘rov va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, xrestomatiya, tarqatma materiallar.
    Matematika o‘qitish amaliyotida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish o‘qituvchining so‘zi bilan birgalikda olib boriladi. So‘z vositasida o‘qituvchi o‘quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi, o‘quvchilar esa obyektning tashqi qiyofasi, yuz berayotgan haqiqiy jarayonlar to‘g‘risidagi bilimlarni kuzatilayotgan obyektdan olishadi. Yohud, aksincha, narsaning tashqi qiyofasi, yuz berayotgan haqiqiy jarayonlar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘quvchilar o‘qituvchining og‘zaki hikoyasidan olishadi, ko‘rgazmali vositalar esa og‘zaki ma‘lumotlarni tasdiqlash yoki oydinlashtirish imkonini beradi.
    Ko‘rgazmali o‘qitish qo‘llanmalari matematikaga o‘qitishning turli bosqichlarida foydalaniladi: o‘qituvchi tomonidan yangi materialni tushuntirishda, uning o‘quvchilar tomonidan mustahkamlanishida, o‘rganilgan materialni takrorlash va o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirilganida, xuddi shuningdek, sinfdan tashqari o‘qishda. Ular dasturning tarkibiga va darslikka, o‘qitish uslubiga, o‘quvchilarning yoshiga doir xususiyatlariga mos kelishi, xuddi shuningdek, muayyan ilmiy, sanitar-gigiyenik, texnik va iqtisodiy talablarga javob berishi lozim.
    Metodik sistemaning nazorat-diagnostika tarkibiy qismi
    Nazorat-diagnostika tarkibiy qismi 1 sinfo‘quvchilarini matematik tayyorlash sifatida DTS va me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan talablarini aks ettiradi.
    Mazkur tarkibiy qism pedagoglar va o‘quvchilarning hamkorligini, o‘qituvchi tomonidan nazoratni va o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan o‘z-o‘zini nazoratni: og‘zaki nazorat (individual va frontal so‘rov), yozma nazorat (test o‘tkazish, nazorat va mustaqil ishlarni bajarish) va o‘z-o‘zini nazorat qilish (o‘z ishi natijalarini tahlil qilish va yo‘l quyilgan xatolarni topish, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi yuzasidan o‘z-o‘zini nazorat qilish).
    Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, loyihalashtirilgan 1 sinfda matematika o‘qitishning metodik sistemasi jamiyatning rivojlanishi va ijtimoiy buyurtmasiga asosan tuzatish kiritish uchun ―ochiq‖ bo‘lgan sistemadan iborat. Uni tuzilishidan 1 sinfda matematika o‘qitishning metodik sistemasini kasbiy-amaliy yo‘naltirilganlikni inobatga olgan holda yaratish asosiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan bir qator metodik tamoyillar kelib chiqadi.
    Sistema tarkibiy qismlarining o‘zaro kasbiy-amaliy bog‘liqligi tamoyili metodik sistemaning tarkibiy qismlariga umumiy maqsadlar bilan birlashgan va umumiy qoidalar asosida qurilgan bir butun sifatida qaraydi. Ushbu tamoyil metodik sistema tarkibiy qismlarining ierarxiyasini belgilaydi, unga asosan albatta maqsadli, undovchi (motivatsion), mazmuniy (tarkibiy), jarayoniy tarkibiy qismlar bo‘lishi lozim.



    Download 66,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 66,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 66,82 Kb.