• Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Keywords
  • Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishda “diskussiya” interfaol metodini qo‘llash




    Download 53,17 Kb.
    bet1/9
    Sana02.02.2024
    Hajmi53,17 Kb.
    #150224
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ergasheva F T Elektron ta\'lim


    BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA “DISKUSSIYA” INTERFAOL METODINI QO‘LLASH
    Ergasheva F.T.
    Navoiy DPI katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston


    Annotatsiya. Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish muammosi tadqiq etilgan. Bunda “Diskussiya” interfaol metodi tanlab olinib, uni dars jarayonida qo‘llash metodikasi batafsil ochib berilgan. Taklif etilayotgan yondashuv pedagogika oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilayotgan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarini nazarda tutadi.
    Kalit so‘zlar: boslang‘ich ta’lim, raqamli kompetentlik, interfaol metod, diskussiya metodi.
    Аннотация. В статье исследуется проблема использования интерактивных методов в формировании и развитии цифровой компетентности будущих учителей начальной школы. В данном случае был выбран интерактивный метод «Дискуссия» и подробно раскрыта методика его применения в ходе урока. Предлагаемый подход предусматривает проведение занятий по предмету «Информационные технологии в начальных классах», преподаваемых в направлении начального образования педагогических ВУЗов.
    Ключевые слова: начальное образование, цифровая компетентность, интерактивный метод, метод дискуссии.
    Annotation. The article examines the problem of using interactive methods in the formation and development of digital competence of future primary school teachers. In this case, the interactive method “Discussion” was chosen and the methodology for its use during the lesson was disclosed in detail. The proposed approach involves conducting classes on the subject “Information technologies in primary grades”, taught in the direction of primary education at pedagogical universities.
    Keywords: primary education, digital competence, interactive method, discussion method.
    Kirish. So‘nggi yillarda davlatimizda olib borilayotgan raqamlashtirish siyosati nafaqat ta’lim tizimida, balki barcha sohalarda jadal amalga oshirilmoqda. Buning huquqiy ta’minoti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prazidentining qator Farmonlari va Qarorlari qabul qilingan bo‘lib, uning ijrosi esa Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va yo‘l xaritalari asosida mos vazirliklar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda, masalan [1-2] shular jumlasidandir.
    “Raqamli kompetensiya” va “Raqamli kompetentlik” tushunchalari unga ekvivalent tushunchalarga nisbatan keyingi davrlarda ko‘proq ishlatila boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri - bu raqamli texnologiyalarining insonlar hayot tarziga ommaviy tarzda kirib kelishi bilan tushuntiriladi.
    Raqamli kompetentsiya - bu umumiy holda ma’lum bir mutaxassis, o‘quvchi, talaba va hatto ixtiyoriy fuqaroning ma’lum bir darajada raqamli texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatini tavsiflash yoki tushuntirish uchun ishlatiladigan atama hisoblanadi. Odatda, bu raqamli texnologiyani ishlatish qobiliyatini aniqlash, tavsiflash yoki tushuntirish borasida adabiyotlarda raqamli kompetensiyalar, raqamli ko‘nikmalar, elektron kompetensiyalar yoki elektron ko‘nikmalar yoki XXI-asr ko‘nikmalari yoki malakalari kabi turli atamalar paydo bo‘ldi. Raqamli kompetentsiya - bu nafaqat raqamli texnologiyalar va tizimlarni tushunish, balki ulardan ijodiy, tanqidiy va mustaqil foydalana olish qobiliyatidir [3-6].
    Respublikamizdagi ta’limning turli bosqichlarida ham “Raqamli kompetenlik” ni shakllantirish va rivojlantirish muammolari ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Jumladan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammolari bo‘yicha turli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan, raqamli kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlarida interfaol metodlarni qo‘llash muammolari yetarli darajada tadqiq etilmagan. Ushbu maqola aynan shu sohadagi muammolar yechimiga qaratilgan bo‘lib, unda bevosita o‘quv mashg‘ulotlarida talabalarning raqamli kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda ba’zi interfaol metodlarni qo‘llash muammosi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari misolida qarab chiqilgan.

    Download 53,17 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 53,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishda “diskussiya” interfaol metodini qo‘llash

    Download 53,17 Kb.