|
Refleksiv-baholash bosqichi (mustahkamlash)
|
bet | 6/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #150224 |
Bog'liq Ergasheva F T Elektron ta\'lim1.1.3. Refleksiv-baholash bosqichi (mustahkamlash). Ushbu bosqich muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha ishni yakunlaydi va uning natijalarini umumlashtirish hamda ishlab chiqilgan yechimlarni birlashtirishdan iborat bo‘ladi. U quyidagi qism bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Olingan natijalarni tartibga solish, tizimlashtirish, birgalikda baholash va tahlil qilish.
2. Diskussiya maqsadlarini olingan natijalar bilan solishtirish.
3. Bajarilgan ishlarning samaradorligi haqida xulosalar shakllantirish, diskussiya mavzusi bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish (masalan, testlar, nazorat ishi, esse va boshqalar yordamida).
4. Talabalarning diskussiyada ishtirok etishidagi harakatlari, olingan kasbiy bilim va ko‘nikmalari, shaxsiy fazilatlari asosida o‘z-o‘zini baholashi.
5. Diskussiyani tashkil etish va o‘tkazish, qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘qituvchining o‘z-o‘zini baholashi.
1.2. “Diskussiya” interfaol metodining vazifalari, o‘ziga xos jihatlari va qo‘llash natijalari.
1.2.1. Metodning vazifalari.
ma’lum bir muammoga turlicha ilmiy qarashlarni aniqlash;
bir qiymatli bo‘lmagan masalalarni yechish yo‘llarini topish va ularni tahlil qilish;
talabalarning o‘quv va kognitiv faolligini rag‘batlantirish;
talabalarlarning kommunikativ ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
talabalarning tanqidiy va analitik tafakkurini rivojlantirish;
talabalarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini yangilash;
talabalarning bilim darajasini, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlash.
1.2.2. Metodni o‘quv jarayoniga tadbiq etishning o‘ziga xos jihatlari.
Diskussiya metodi tarkibi 30 kishigacha bo‘lgan guruhlardagi o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi. Metodni qo‘llash jarayonida talabalarni qism guruhlarga bo‘lish (guruh tarkibi 4-6 kishi), shuningdek, guruhlarga bo‘lmasdan ham tashkil etilishi mumkin.
Diskussiya (metod) ni tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha bosqichlarni hisobga olgan holda taxminiy vaqt 1 soat 20 daqiqa (1 para) ni tashkil etishi mumkin. Tayyorgarlik va motivatsiyaga yo‘naltirilgan vaqt - 60 daqiqa, asosiy va refleksiv-baholashga - 60 daqiqa vaqt ajratiladi.
Metodni qo‘llashni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni bosqichlari quyidagi 1-jadvalda o‘z aksini topgan.
1-jadval. Diskussiya metodini tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari.
|
| |