|
Tayyorgarlik va motivatsiyaga yo‘naltirilgan bosqich (yo‘nalish olish)
|
bet | 4/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #150224 |
Bog'liq Ergasheva F T Elektron ta\'lim1.1.1. Tayyorgarlik va motivatsiyaga yo‘naltirilgan bosqich (yo‘nalish olish). Diskussiya doirasida bu bosqich asosan o‘qituvchi va talabalarning mustaqil (asosan darsdan tashqari) ishlarini o‘z ichiga oladi.
Ular quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Diskussiya darsining o‘quv jarayonidagi o‘rnini aniqlash.
O‘qituvchi mavzuni o‘rganishning quyidagi bosqichlaridan foydalanishi mumkin:
mavzuni o‘rganishning dastlabki bosqichida o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilim darajasini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt (hodisalar) haqidagi mavjud g‘oyalarni aniqlash va keyinchalik o‘quv rejasini tuzish;
mavzuni o‘rganish jarayonining ichida bilimni oraliq nazorat qilish, o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, talabalar tomonidan o‘quv materialini tushunish, qo‘shimcha tahlil va ishlab chiqishni talab qiladigan jihatlarni aniqlash;
mavzuni o‘rganish tugallangandan so‘ng talabalarning materialni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, bilimlarni nazorat qilish va baholash, mavzuni chuqur tushunganligini tahlil qilish.
2. Diskussiya mavzusini aniqlash, bo‘lajak dars rejasini tuzish.
3. Diskussiya mavzusi va maqsadini (asosiy diskussiya savolini) talabalarga yetkazish.
4. Muammo bo‘yicha ma'lumot manbalari ro‘yxatini taqdim etish (agar zarur bo‘lsa), kontseptual apparatni aniqlashtirish.
5. Talabalarga diskussiyani o‘tkazish texnologiyasi (diskussiyada ishtirok etish qoidalari, taqdimotlar formati) haqida ma'lumot berish.
Diskussiyada ishtirok etish qoidalari (tayyorlash va talabalarga tarqatish yoki ekranda ko‘rsatish mumkin):
xolis, mantiqiy, izchil fikr yuritish;
har bir bayonotni faktlar bilan mustahkamlash va dalillar keltirish;
har bir ishtirokchiga o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berish;
har bir fikr va pozitsiyani hisobga olish;
diskussiyani faqat muhokama qilinadigan mavzu bo‘yicha “shaxsiylashmasdan” o‘tkazish;
bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
har bir ishtirokchi uchun nutq vaqti 5-7 minut.
|
| |