• 1.1. “Diskussiya” interfaol metodining umumiy tavsifi.
  • Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishda “diskussiya” interfaol metodini qo‘llash




    Download 53,17 Kb.
    bet3/9
    Sana02.02.2024
    Hajmi53,17 Kb.
    #150224
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ergasheva F T Elektron ta\'lim

    1. “Diskussiya” interfaol metodi. Diskussiya – interfaol ta’lim texnologiyalarining turlaridan biri hisoblanadi. Bu ta’lim jarayonidagi muayyan mavzu, masala va hodisalarni barcha ishtirokchilar bilan birgalikda muhokama qilish va tadqiq qilishdir. Diskussiya usuliga asoslangan mashg‘ulotlarni o‘tkazish talabalarning bilim olish faolligini rag‘batlantiradi, muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha asoslar (argumentlar) tayyorlash va o‘z pozitsiyasini himoya qilish orqali yangi bilimlarni yanada mazmunli o‘zlashtirishga yordam beradi.
    1.1. “Diskussiya” interfaol metodining umumiy tavsifi. Diskussiya metodi – bu muayyan mavzuni (muammoni) maqsadli, jamoaviy muhokama qilish usuli hisoblanadi. Bu hamkorlikdagi izlanish, fikr, g‘oya va mulohazalar almashishni o‘z ichiga oladi. Talabalar qarashlarining xilma-xilligini ochib beradi va muammoga nisbatan ularning qarashlarini shakllantiradi.
    Diskussiya usuli guruhda o‘zaro ta'sir qilishning samarali texnologiyalaridan biri hisoblanadi. U jamoaviy fikr almashish, yechimlar, ma'lumotlar, takliflar, g‘oyalarni taqqoslashga qaratilgan. Diskussiya asosan bir qiymatli javobi mavjud bo‘lmagan savollar, mavzular, muammolarni muhokama qilishda ishlatiladi va tabiiyki, bunday hollarda qo‘yilgan muammoni hal qilishning turli usullari mavjudligi yuzaga chiqadi. Ijtimoiy va gumanitar fanlarda bu bitta hodisaga nisbatan turli nazariy pozitsiyalarni ko‘rib chiqish, bir hodisaning turli talqinlari bo‘lishi mumkin. Tabiiy, matematika va texnika fanlarida esa, diskussiyadan masalalar yechimining turli variantlari va usullarini izlash hamda tahlil qilishda foydalanish mumkin.
    Talabalarning diskussiyada ishtirok etishi, ularni faol, qiziqtiruvchi, hissiy (emotsional) muhokama tufayli uzoq muddatli ta'sir ko‘rsatadigan ilmiy bilimlarni chuqur, ongli va mazmunli egallashlarini ta'minlaydi. Diskussiya natijasida ularning ijodkorligi hamda muammoga innovatsion yechimlar topish kompetensiyasini rivojlantiradi.
    Ta’limiy maqsadlardan tashqari, diskussiya talabalarning shaxsiy fazilatlarini, muloqot qobiliyatlarini, axborotni tahlil qilish, o‘z g‘oyalari va qarashlarining asosli dalillarini shakllantirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
    Diskussiya o‘tkazish jarayonida o‘qituvchi ishtirokchilarga o‘z fikrini, pozitsiyasini, muhokama qilinayotgan mavzuga munosabatini ochiq ifoda etishi uchun sharoit yaratadi, guruhdagi o‘zaro munosabatlar jarayonida ularning munosabatini o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi.
    Diskussiyada ko‘p yechimli muammo yuzasidan taklif etilgan fikrlarning (to‘ldiruvchi yoki qarama-qarshi) xususiyatlaridan qat’iy nazar, munozaraning asosi fikrlar, g‘oyalar va yechim variantlari xilma-xilligini aniqlash hamda taqqoslashdan iborat. Diskussiya har bir bayonotni turlicha talqin qilish mumkinligini, bitta muammoga turli tomonlardan qarash mumkinligini va uni hal qilishning ko‘plab variantlarini topish imkonini beradi.
    Diskussiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, ko‘p jihatdan, uni tashkil etish va o‘tkazish xususiyatlariga bevosita bog‘liq.
    An'anaga ko‘ra, quyidagi bosqichlarni ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: tayyorgarlik va motivatsion-yo‘naltiruvchi (yo‘nalish olish), asosiy (baholash) va refleksiv-baholash (mustahkamlash).

    Download 53,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 53,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishda “diskussiya” interfaol metodini qo‘llash

    Download 53,17 Kb.