• Tadqiqot metodologiyasi.
  • Tahlil va natijalar.
  • Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishda “diskussiya” interfaol metodini qo‘llash




    Download 53,17 Kb.
    bet2/9
    Sana02.02.2024
    Hajmi53,17 Kb.
    #150224
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ergasheva F T Elektron ta\'lim

    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini shakllantirishga bagishlangan tadqiqotlar D.A.Mezenseva, Ye.S.Djavlax, O.V.Yeliseyeva, A.SH.Bagautdinova, N.V.Noskova, L.A.Petrovalar tomonidan olib borilgan [7, 8]. Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining raqamli kompetentligi muammolari esa G.A.Baklanova, E.N.Yakovleva, N.N.Drujinina, G.V.Voiteleva, I.E.Krasilova [9, 10] kabi MDH davlatlari tadqiqotchilari, shuningdek, M.Lukas, P.Bem-Xaja, F.Siddiq, A.Moreyra, C.Redeker [11] kabi xorijiy olimlarning ishlarida qaralgan. O‘zbekistonda axborot ta’lim muhitini tashkil etish va boshqarish, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish, bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetentligi bilan bog‘liq masalalar A.Abduqodirov, U.Begimqulov, R.Boqiyev, F.Zokirova, M.Matnazarova, N.Tayloqov, M.Mamarajabov, P.E.Nuraliyeva va boshqalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
    Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda interfaol usullardan foydalanish metodikasi qaralgan.
    Interfaol ta’lim texnologiyalari innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlaridan biridir. Ular talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayonida ham o‘qituvchi bilan, ham bir-biri bilan o‘zaro munosabatlariga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridir. Interfaol ta’lim texnologiyalarining asosiy o‘ziga xos xususiyati - bu shaxsiy tashabbusni rivojlantirish, talabalarda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish istagini rivojlantirish, shuningdek, o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvdir. O‘qituvchi vujudga kelayotgan masala va muammolar bo‘yicha koordinator, ya’ni maslahatchi vazifasini bajaradi, muloqot orqali talabalarning bilish faoliyati jarayonida bilimlarni va ko‘nikmalarni egallashiga sharoit yaratadi.
    Tahlil va natijalar. Biz quyida “Diskussiya” metodi, uning umumiy tavsifi va uni o‘quv jarayonida qo‘llash muammolarini o‘rganamiz.

    Download 53,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 53,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishda “diskussiya” interfaol metodini qo‘llash

    Download 53,17 Kb.