|
Diskussiya jarayonida ishlash formati
|
bet | 5/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #150224 |
Bog'liq Ergasheva F T Elektron ta\'limDiskussiya jarayonida ishlash formati:
og‘zaki bayon qilish;
taqdimot bilan bayon qilish;
tarqatma materiallar bilan va boshqa usullardan foydalanish.
6. Diskussiya uchun zarur materiallar va jihozlarni o‘qituvchi tomonidan aniqlashtirish:
zarur jihozlar bilan ta’minlangan auditoriya (proyektor, interfaol doska va boshqalar);
kompyuter sinfi;
mebellarni ko‘chirish imkoniyatiga ega keng sinf xonasi (guruhlarda ishlashda);
tarqatma materiallar (mulohazalar, mulohaza yuritish, eslatmalar va boshqalar uchun) va boshqalar.
7. Diskussiya mavzusi bo‘yicha turli fikrlar (qarorlar, pozitsiyalar) bildirish uchun guruhlarni shakllantirish (zarur bo‘lsa).
8. Mavzu bo‘yicha ma'lumotlarni tahlil qilish.
9. Talabalarni diskussiyada faol ishtirok etishga undash.
1.1.2. Asosiy bosqich (baholash). Diskussiyani boshlashdan oldin talabalarga jarayonda qatnashish qoidalarini eslatib o‘tish kerak. Bundan tashqari, butun guruh (yoki guruhlar) ishi davomida o‘qituvchi moderator (olib boruvchi) vazifasini bajaradi: diskussiyda ishtirok etish qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi, ishtirokchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, muhokama jarayonini to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltiradi, reglamentga rioya etilishini nazorat qiladi, talabalar bilan birgalikda taklif qilingan muqobil variantlarni tahlil qiladi va baholaydi.
Diskussiyaning o‘tkazilishi - bu o‘qituvchi-moderator va talabalarning auditoriyadagi hamkorlikdagi faoliyatini ifodalaydi. Ushbu bosqichning quyidagi qadamlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Mavzu bo‘yicha fikrlarni almashish va g‘oyalarni to‘plash ishtirokchilarning nutqi, ularning asosli fikrlarini, qarorlarini taqdim etishlariga asoslanadi (faktlar, misollar, qarashlar, pozitsiyasini tasdiqlovchi dalillar bilan).
2. Birgalikda muhokama qilish (har bir pozitsiyaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun ishtirokchilarning bir-birlari bilan o‘zaro muloqoti), bu esa o‘z navbatida mavzuga chuqurroq kirishga va uni chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi.
3. Topilgan yechim variantlarini umumlashtirish, tahlil qilish va baholash.
|
| |