|
Refleksiv baholash bosqichi (mustahkamlash)
|
bet | 8/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #150224 |
Bog'liq Ergasheva F T Elektron ta\'limRefleksiv baholash bosqichi (mustahkamlash)
diskussiyada taklif etilgan variantlar, fikrlar va yechimlarni talabalar bilan hamkorlikda umumlashtiradi;
diskussiya davomida erishilgan natijalarning oldindan qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga mosligini aniqlaydi;
olib borilgan diskussiya natijalarining samaradorligi haqida xulosalar qiladi.
|
o‘qituvchi bilan hamkorlikda diskussiyada taklif etilgan variantlar, fikrlar va yechimlarni umumlashtiradi;
diskussiya davomida olgan bilim, ko‘nikma va shaxsiy fazilatlari asosida o‘z-o‘zini baholaydi.
|
1.2.3. Metodni qo‘llash natijalari.
Diskussiya metodini qo‘llash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
bir qiymatli aniqlanmaydigan vazifalar, masalalar va hodisalar bo‘yicha yechim topishga erishiladi;
mavzuni tushunish, uni yetarli darajada chuqurroq o‘zlashtirish, qo‘yilgan muammoga yangicha qarash hosil qilinadi;
kommunikativ (muloqot) va analitik (tahliliy) ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishiladi;
o‘quv va kognitiv faoliyat uchun motivatsiyani rivojlantirish masalasi hal etiladi.
Xulosa va takliflar. Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyati kichik yoshdagi o‘quvchilarni raqamli ta'lim muhitida ishlash uchun propedevtik tayyorlashga, ularning raqamli savodxonligini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv va kundalik faoliyat muammolarini hal qilish uchun AKT va raqamli texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo‘lishlari lozim. Bunday mashg‘ulotlarni faqatgina raqamli kompetentsiyasi yetarli darajada shakllangan o‘qituvchi amalga oshirishi mumkin. Raqamli vositalar va onlayn xizmatlarning didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘qituvchi kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlariga to‘liq mos keladigan o‘quv materiallarini ishlab chiqishi, o‘quvchilarni faol o‘quv faoliyatiga jalb qila olishi, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshira bilishi, raqamli texnologiyalar resurslaridan foydalanishi lozim. Shuningdek, kommunikativ va kognitiv vazifalarga, fan texnologiyalariga muvofiq ta'lim muhitiga, faol mustaqil va birgalikdagi faoliyatga tayyor bo‘lishi, ijobiy pedagogik tajribaga ega bo‘lishi va tegishli uslubiy ishlanmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bunga erishishda taklif etilayotgan “Diskussiya” interfaol metodi yetarli darajada o‘quv jarayonini faollashtirish, talabalarning jamoada munozaraga asoslangan fikrlar, goyalar va qo‘yilgan muammoga yechim topish kompetensiyasini shakllantirishda muhim ro‘l oynaydi.
|
| |