5. HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
5.1 Elektromagnit nurlanishlar va ulardan himoyalanish
Mobil aloqa tizimida turli chastotalardagi elektromagnit nurlanishlardan
keng foydalaniladi. Aloqa qurilmalarida generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori
chastotali transformatorlar, fider yo’nalishlar, materiallarni termik ishlov berish
uchun qurilmalarda – elektromagnitlar, kondensatorlar elektromagnit nurlanish
manbai sanaladi. Ko’rsatilgan qurilmalarning atrofida elektromagnit maydonlar
hosil bo’ladi. Elektromagnit maydonlarning foydali harakati bilan bir qatorda inson
tanasiga kirib, unga salbiy ta’sir qo’rsatishi va kasbiy kasalliklarga sabab bo’lishi
mumkin bo’lgan zararli elektromagnit to’lqinlar ham mavjud. Agar bunday
to’lqinlar ta’siriga doimiy tarzda duch kelinadigan bo’lsa, bu to’lqinlar miyya
faoliyatiga ta’sir qiladi, shuningdek, asab tizimi, quloq kasalliklari, endokrinologik
kasalliklar va yurak-qon tomirlari tizimi kasallanishini ham keltirib chaqirishi
mumkin. Hamda inson tanasining qon bosimi pasayadi, pulsi sekinlashadi,
reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi o’zgaradi.
Elektromagnit maydonlar (EMM) ta’sirida zararlanish darajasi nurlanish
intensivligi, chastotasi, ta’sir vaqti va nurlanish darajasiga bog’liq. Elektromagnit
maydonlar intensivligi, chastotasi, ta’sir vaqti qanchalik ko’p bo’lsa, inson
organizmiga ta’siri shunchalik kuchli bo’ladi.
Elektromagnit maydonlarning insonga zararli ta’sirlarini ogoxlantirish
maqsadida ish joylarida 0,06-300 MGs diapazonlarda standartga muvofiq quyidagi
normalar o’rnatilgan:
№
Chastotalar diapazoni,
MGs
Elektr tashkil etuvchi,
V/m
Elektr tashkil etuvchi,
A/m
1
0,06-1,5
50
5
2
1,5-3,0
20-50
5
3
3,0-30
20
5
4
30-50
10
0,3
5
50-300
5
0,3
O’ta yuqori chastotalarda (300 MGs dan yuqori) inson organizmiga ruxsat
etiladigan energetik yuklanish W va xodimning nurlanish zonasida bo’lish
vaqtidan kelib chiqqan holda EMM chegeraviy ruxsat etiladigan energiya oqimi
zichligi (EOZ) normalashtiriladi:
EOZ = W / T
Ish joylarida EOZ≤10 Vt/m
2
, rentgen nurlanishi yoki havo harorati T >28
0
C
bo’lgan binolarda –1 Vt/m
2
bo’lishi kerak.
Nurlanish intensivligi ustidan nazorati yiliga kamida 1 marta o’tkazilishi
kerak, shuningdek, yangi yoki eski generator qurilmalar ishga tushirilganida yoki
ta’mirlanganida va mehnat sharoitlari o’zgarganida o’tkaziladi. O’lchov poldan 0,5
– 1 – 1,7 m masofada 3 nuqtadagi maksimal quvvatda o’tkaziladi.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va
vositalari quyidagilardan iborat:
1. Himoyalashning tashkiliy choralari.
2.
Manbadagi nurlanish intensivligini kamaytirish.
3. Nurlanish manbaini ekranlashtirish.
4.
Nurlanish manbaidan ishchi o’rinlarini ekranlashtirish.
5. Masofadan
boshqarish.
6. Signalizatsiya vositalarini qo’llash.
7.
Individual himoya vositalarini qo’llash.
Ishning muayyan sharoitlariga bog’liq tarzda shu vositalardan biri yoki
ularning ixtiyoriy kombinatsiyasi qullanilishi mumkin.
1. Tashkiliy choralar – uskunalarni ratsional joylashtirish, qurilmalar va
xizmat ko’rsatilayotgan personal ishining muayyan rejimini belgilashdir.
Yuqori va o’ta yuqori chastotali qurilmalari bilan ishlashda tibbiy ko’rikdan
o’tgan, 18 yoshdan kichik bo’lmagan, texnika xavfsizligi bo’yicha o’qib,
imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko’rsatayotgan
personal tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi shart. Agar ish yuqori xavfli
sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo’lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan
ish kuni va qo’shimcha ta’til belgilanishi kerak.
2. Manbadagi nurlanish intensivligini kamaytirishda moslashtirilgan
yuklamalar, quvvat yutuvchilar qo’llanilishi orqali nurlanish intensivligini
kamaytirishga erishiladi.
3. Nurlanish manbaini ekranlashtirishda nurlatuvchi qurilmalar maxsus
ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli
materiallar bilan elektromagnit nurlanishlarning qaytishi va yutilishiga asoslanadi.
Ekranlar metall yoki dielektrik bo’lishi mumkin. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka
ega bo’lgan metallar eng yaxshi qaytarish xususiyatlariga ega, katta yo’qotishlarga
ega bo’lgan dielektriklar esa eng yaxshi yutish xususiyatlariga ega.
4. Agar texnologik sabablarga ko’ra, nurlanish manbaini ekranlashtirishning
imkoni bo’lmasa, u holda nurlanish manbaidan ishchi o’rinlari ekranlashtiriladi.
5 . Nurlanish manbai va ish o’rinlarini ekranlashning iloji bo’lmasa
masofadan boshqarish qo’llaniladi.
6. Signalizatsiya vositalarini qo’llashda yashil va qizil ranglardagi
chiroqlardan foydalaniladi. YAshil chiroq qurilmaning ishga tayyorligini, qizil
chiroq esa nurlanish ketayotganligini bildiradi.
7. Elektromagnit maydonlar intensivlik darajasi ruxsat etiladigan
normalardan oshganda individual himoya vositalaridan foydalaniladi. Bunda
himoya ko’zoynaklari, metallashtirilgan xalatlar yoki kombinizonlar ishlatiladi.
Ionlashgan va radiatsion nurlanishlar va ulardan himoya
Ionlashgan (radiatsion) nurlanishlar rentgen nurlanishlari, α, β, γ –
nurlanishlar hisoblanadi
α, β, γ – nurlanishlar manbalari radioaktiv moddalar hisoblanadi va ular
aloqa sohasida nazorat-o’lchov apparaturalarida, yong’in signalizatsiyasi
sistemalarida ishlatiladi.
Rentgen nurlanishlari (o’nlab kilovolt) yuqori kuchlanishli elektrovakuum
asboblarida vujudga keladi. Bu yugurma to’lqin lampalari, elektron nurli
trubkalardir.
Nurlanish ta’sirida organizmda moddalar almashishi buziladi, ichki
sekretsiya bezlari, qon-tomir organlarga zarar etadi. Natijada umumiy va mahalliy
shikastlanishlar shaklida o’tkir va surunkali nurlanish kasalligi rivojlanadi.
Umumiy – leykemiya (oq qon).
Mahalliy – xatarli shishlar, teri kasalliklardir. Ionlashgan nurlanish
to’qimalarning genetik kodiga ta’sir etadi, oldini olib bo’lmaydigan o’zgarishlarni
keltirib chiqaradi, keyingi avlodlarga o’tishiga olib keladi.
Insonning shikastlanish darajasi yutilgan doza, nurlanish turi, ta’sir vaqti,
individual ta’sirlilikka bog’liq.
Radiatsion xavfsizlik normalari bo’yicha belgilangan dozalar o’rnatilgan:
· (A toifa) ionlashgan nurlanish manbaida bevosita ishlaydigan shaxslar uchun
(doza 3 berdan oshmasligi kerak);
· (B toifa) nurlanish manbailar yaqinida ishlaydiganlar uchun (doza 0,5 berdan
oshmasligi kerak);
· (V toifa) umuman butun aholi uchun (doza 0,05 berdan oshmasligi kerak).
Ber-rentgenning biologik ekvivalenti.
Qator texnik va tashkiliy tadbirlar yordamida ionlashgan va radiatsion
nurlanishlar tasiridan himoyalanish mumkin. Texnik choralar sifatida
ekranlashtirish, germetizatsiyalash va masofadan boshqarish. Nurlanish manbalari
oldida ekranlar o’rnatilishi nurlantirish dozalarini anchagina kamaytiradi.
Ekranlarning xajmi, qalinligi va materiallari nurlanish turidan bog’liq tarzda
tanlanadi. Alfa zarralaridan himoya – havo qatlami bir necha sm, kiyim-kechak,
qo’lqoplar. Beta nurlanishdan – havo qatlami bir necha metr yoki alyuminiy
qatlami bir necha millimetr, chunki nurlanishning bu turlari kichik kirib boruvchi
xususiyatga ega. Gamma va rentgen nurlanishlar katta singish kuchiga ega,
shuning uchun ekranlar uchun katta atom og’irliklardagi materiallar qo’llaniladi
(qo’rg’oshin, volfram), bu materiallarda nurlanish o’ta jadal yutiladi.
Ishchi joylarida o’rnatiladigan ekranlar statsionar va ko’chma bo’lishi
mumkin. Radioaktiv moddalar maxsus onteynerlarga joylashtiriladi, ularda albatta
radioaktiv xavfli degan belgi bo’lishi shart.
Individual himoya vositalari – xalatlar, kombinezonlar, bosh kiyimlari,
shlemlar, rezina qo’lqoplar, ko’zoynaklar, respiratorlar, maxsus havo uzatadigan
pnevmo-kostyumlar. Individual himoya vositalari alfa-nurlanish ta’sirida samarali
va gamma-nurlanish ta’sirida kam samara beradi. Muntazam himoya vositalari
dezaktivatsiya qilinadi. Radioaktiv moddalar va ionlashgan nurlanish manbalari
bilan ishlovchi shaxslar qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadi (qisqartirilgan ish
haftasi, qo’shimcha ta’til).
HULOSA
Bitiruv malakaviy ishda GSM standartining o’sish sur’ati va arxitekturasi,
shuningdek boshqa raqamli standartlar bilan farqi korib chiqildi. Mobil aloqa
tizimlaridagi sotalar soni va sotalardagi klasterlar sonini aniqlash usullari ham
o’rganildi. O’zbekiston Respublikasining turli hududlaridagi ob-havo sharoitlari
o’rganib chiqildi va shu ma’lumotlarga asoslangan holda mobil aloqa tizimlariga
yog’ingarchilikning ta’siri va bu halaqitlarni oldini olishning usullari ham o’rganib
chiqildi.
Bu esa bunday tizimlar ishlab chiqaruvchilar aloqa teхnikasida
foydalaniladigan fizik hodisalar va prinsiplarni ijobiy imkoniyatlarini amalda
qo’llashni ta’minlashlari zarur bo’ladi.
|