6 BOB. JISMONIY TARBIYA.
1 § Jismoniy tarbiyaning mazmuni.
Asosiy tushunchalar. O‘sib kelayotgan yosh avlodniuyg‘un rivojlantirish har tomonlama jismoniy tarbiyalashni ko‘zda tutiladi. U tarbiya – ta’lim muassasalari. oila jamoat tashkilotlarining birgalikdagi kuch g‘ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog‘liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, yoshlarni mehnatga va Vatani himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir.
Jismoniy tarbiya to‘g‘isidagi ta’limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta’rif berilganda, «Badantarbiya», «jismoniy barkamollik», «jismoniy tarbiya», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi.
«Badantarbiya» tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. U xalk umumiy madaniyatining bir kismi sifatida qaraladi. Badantarbiya jamiyatning odamlari jismoniy jihatdan mukammallashtirish uchun to‘plangan, vujudga keltirilgan va foydalaniladigan moddiy hamda madaniy qadriyatlari yig‘indisidir.
Badantarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat: 1) mexnat va turmushdagi ko‘nikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigienik rejimga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning okilona tartibi, uqu, ovqatlanish gigienasi va hokazolar)ni; 2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (xavo, quyosh va suv)ni; 3) jismoniy mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy barkamollik – odamning taixan shart qilib olingan uyg‘un jismoniy rivojlanishi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi darajasi bo‘lib, u jamiyat talablariga eng maqbul tarzda mos kelishi kerak.
Jismoniy rivojlanish – odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o‘zgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir. Tor ma’noda bu antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlar: bo‘yi, tana og‘irligi, kukrak qafasi aylanasi, o‘pka sig‘imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlanish biologik hayot qonunlari- muhit va organizmning birligi, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga muntazam ravishda o‘tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshirish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish mumkin.
Jismoniy tarbiya bilan tarbiyaning boshqa jihatlari o‘rtasidagi bog‘lanish. Jismoniy tarbiyaning boshqa jihatlari bilan o‘zaro aloqasi, bir tomondan, tarbiya maqsadi va vazifalari birligi bilan, boshqa tomondan, shaxs tuzilishi va uning rivojlanishida biologik va ijtimoiy narsalarning birligi bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida ongni rivojlantirishga, ahloqqa mvofiq odamlar hulq atvoriga faol ta’sir etish mumkin.
Mustahkam salomatlik va to‘laqonli jismoniy rivojlanish umumiy yuksak ishchanlikni, turli hildagi vazifalarni bajarishga tezda moslashishni belgilaydi. Jismoniy mashqlar organizmning o‘sishi va rivojlanishiga, uning funksional imkoniyatlari kengayishiga chuqur ta’xsir ko‘rsatadi. Harakat faoyaliti miyaning peshona qismidagi bo‘limlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, u aqliy faoliyatni amalga oshirishda etakchi o‘rin tutadi. Qo‘llar va barmoqlarning harakati nutq xarakati markazi rivojlanishini ragbatlantiradi. SHu munosabat bilan bolaning nutqi, shu bilan birga fikrlashi ertaroq va to‘laqonliroq rivojlanadi. Harakat barcha analizator sistemalarning ishini faollashtiradi. SHu tariqa hissiy organlar tezroq va muvaffaqiyatliroq rifojlanadi. Jismoniy va akliy tarbiyaning mustahkam aloqasi fazodagi mo‘ljal olishlarini rivojlantirishda ham namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyat xilma – xil turlarining zarur jixati bo‘lib, fakat ko‘rish organi orqaligina emas, shu bilan birga harakat organlari va boshqa analizatorlar ishtirokidagi jismoniy mashqlar yordamida ayniqsa faol o‘zlashtiriladi.
Rejim jarayonlarini, jismoniy mashqlarni o‘tkazish, chiniqish paytida bolalarning dunyoqarashi o‘zgaradi, ular ayrim eng oddiy maxsus bilimlarni egallayodilar. Mustahkam sog‘liq faol aqliy faoliyatning asosi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya ahloqiy tarbiya bilan bog‘likdir.Bolalar gigiena, chiniqtirish tadbirlarini, xarakatli o‘yinlarni bajarish chog‘ida faqat axloqiy hulq - atvor (mardlik, halolllik, tartiblilik va hokazolar) to‘g‘risidagina tasavvurlarga ega bo‘lib qolmay, shu bilan birga anna shu hulq - atvor hususida mashq qiladilar, ularda irodaviy sifatlar (qat’iyat, mustakillik va hokazolar) rivojlanadi. Aksariyat jismoniy mashqlarning his – tuyg‘uga boyligi ularning bola shaxsini shakllantirishga ta’sirini kuchaytiradi.
Jismoniy tarbiya asosan ishning jamoa shakllarida amalga oshiriladi. Jismoniy mashg‘ulotlarda, harakatli o‘yinlarda bolalarda jamoatchilik tuyg‘usi shakllanadi, uyushqoqlik, intizom tarbiyalanadi.
Jismoniy tarbiya bilan estetik tarbiyaning aloqasi dastavval shunda o‘z ifodasini topadiki, to‘lakonli jsmoniy rivojlanish – bola estetik tashqi ko‘rinishining garovidir. Bolalarda chiroyli qaddi - qomat, umumiy estetik qiyofa (chiroyli kiyingan, tartibli va hokazo) to‘g‘risida tasavvurlar shakllanadi. Bolalar mashqlarni bajarar ekanlar, erkin. chiroyli ifodali xarakat qilishga o‘rganadilar, bu esa estetik to‘yg‘ularni tarbiyalashga ko‘maklashadi.
Jismoniy tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bogliqdir. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish – ishchanlikni tarbiyalash asosidir. Jismoniy mashqlar jarayonida xarakat tajribasini to‘plash, xarakatlar uyg‘unligini, kuchni, chamalashni va boshqa qobiliyatlarni rivojlantirish mehnat xarakatlarini egallashda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Irodaviy kuch - g‘ayrat sarflash odatini tarbiyalash ham muhimdir. Sog‘lom, chakqon bola mehnat topshiriklarini oson bajaradi.
Jismoniy tarbiyaning tabiiy – ilmiy asoslari. Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmui o‘rganadi, ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, va ular izdoshlarining organizm va muxit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
Oliy asab faoliyati, shartli reflektorla vositalari organizmning muhit bilan o‘zaro aloqasini va unga eng ko‘p darajada moslashuvini ta’minlovchi asosiy qonunlarning kashf etilishi bolani to‘laqonli jismoniy va ijtimoiy rivojlantirishda tarbiyaning rolini to‘g‘ri tushunishga, bolalar organizmining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berdi.
Organizmdagi barcha jarayonlarning birligi to‘g‘risidagi qoida ko‘p qirrali masala sifatida ko‘rib chiqiladi.
Birinchidan, organizm yagona bir butunlikdan iborat bo‘lib, undagi alohida organlar va sistemalarning ishini o‘zaro bog‘liq qilib quyadi. Bu qoida jismoniy tarbiya, bolaga alohida yondashish vazifalarini hal etishning asosini tashkil etadi: «jumladan chiniqtirish fakat shamollash kasalliklarni oldini olish uchun emas, shu bilan birga organizmning atrof muhitning turli noqulay ta’sirlariga chidamliligini oshirish uchun o‘tkaziladi; har tomonlama jismoniy rivojlanish shuning uchun kerakki, organlar va sistemalar rivojlanishidagi nomutanosibliklar ulardan har birining ishlashiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, bu esa sog‘liqning axvolida ham, harakat sifatlarida ham namoyon bo‘ladi.»
Ikkinchidan, organizm – yagona bir butun bo‘lib, unda jismoniy va ruhiy jarayonlar bir – birini shart qilib quyadi. Bu qoida maktabgacha tarbiya muassasasida butun ishni tashkil etish uchun ayniqsa muhimdir. Jismoniy tarbiya vositalari normal jismoniy rivojlanishni, yaxshi kayfiyatni, bolalarning bosiq va ayni paytda shodon holatini ularning ishchanligini ta’minlashga da’vat etilgandir. Busiz bolada ruhiy jarayonlarning to‘laqonli kechishi, uning har tomonlama rivojlanishi mumkin emas.
Uchinchidan, organizm yaxlit bir narsa sifatida atrofdagi muxit bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. O‘zgarib borayotgan muxit sharoitlariga yuksak darajada moslashish murakkab dinamik andazalarni va shartli reflektorli aloqalarni vujudga keltirish bilan ta’minlanadi. I.P.Pavlovning beixtiyor harakatlarning shartli reflektor tabiatiga bog‘liqligi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o‘zaro aloqasi hakidagi ta’limotinegizida jismoniy mashqlar didaktikasi ishlab chiqiladi, bolalarning madaniy – gigienik ko‘nikmalarni va odatlarni o‘zlashtirishi ro‘y beradi.
Oliy asab faoliyati tiplari to‘g‘risidagi ta’limot katta ahamiyatga ega, chunki bolalarning o‘ziga hos hususiyatlarini o‘rganish, alohida ish olib borish metodikasi shunga asoslangandir.
Jismoniy tarbiyaning maksad va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning maksad va vazifalari jamiyatning ehtiyojlari bilan belgilanadi. Bu ehtiyoj tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqadi, bu maqsad o‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda ularning yosh hususiyatlari hisobga olinadi.Jadal o‘sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola organizmining o‘ziga hos xususiyatidir.
Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi xali tugallanmagan bo‘ladi. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo‘ladi. SHu munosabat bilan quyidagi sog‘lomlashtirish vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yiladi:
hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, orgnizmning tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish;
organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘ri qaddi - qomat va tovonni shakllantirish uyg‘un jismoniy rivojlantirish.
Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga qudratli rivojlanishni ta’minlovchi hususiyatlar ham hosdir. Bu barcha to‘qimalarning juda egiluvchanligi, tezkorligi, moda almashinuvi jarayonlarining jaalligidir. Uning juda katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir.Bola sharoitlarning o‘zgarishiga, jismoniy zo‘riqishga kattalarga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o‘ziga tushunarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga idroki baland bo‘ladi, bu esa bir qancha ta’limiy vazifalarni hal etish imkonini beradi:
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va madaniy – gigienik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq dastlabki bilimlarni shakllantirish;
shaxsiy va ijtimoiy gigiena ko‘nikmalarini singdirish;
kelgusida sport bilan shug‘ullanish uchu nasos bo‘lib hizmat qiladigan hayotiy zarur xarakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli akliy, ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma’naviy – irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat’iyat va boshqalarni) rivojlantiradi.
Jismoniy tarbiya maqsadlari va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirsh uchun bizning mamlakatimizda yagona davlat sistemasi birpo etilgan.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi mafkuraviy, ilmiy – metodik, dasturiy – me’yoriy, asoslar birligidan iborat. O‘zbekistondagi jismoniy tarbiya tizimi o‘zini g‘oyaviyligi, xalqchilligi va ilmiyligi bilan ajralib turadi. U barkamol avlodni tarbiyalash, rivojlantirish, sog‘lomlashtirish bilan bog‘liqdir. shuningdek jismoniy tarbiyaning mehnat bilan aloqasiga bog‘liqdir.
Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshdagibolalar bilan ish olib borishda bu qoidalar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi. SHaxsni har tomonlama rivojlantirish qoidasi harakat madaniyati asoslarini shakllantirishni va ayni vaktda akliy qobiliyatlarni (topqirlik, kuzatuvchanlik, qiziqish va boshqalar), ahloqiy fazilatlarni (intizomlilik, jamoatchilik, va boshqalar), estetik didni rivojlantirishni ta’minlaydi. U yoki bu alohida jismoniy mashq turlariga erta ixtisoslashuviga yul qo‘yib bo‘lmaydi. U bola salomatligiga va uning uyg‘un jismoniy rivojlanishiga zarar etkazishi, yangi ko‘nikmalar, keyinchalik sport mahorati tarkib topishida, shakllanishida qiyinchilik tug‘dirish mumkin.
Sog‘lomlashtirish yo‘nalishi qoidasi materiallar va vositalar mazmunini, hajmini tanlashni ko‘zda tutadi, u salomatlikni mustahkamlashni, shifokor – pedagog nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiyaning mexnat tajribasi bilan aloqasi qoidasi bolalarni ijtimoiy asoslangan xar hil harakatlar tajribasi bilan boyitishda namoyon bo‘ladi. Turli vositalardan foydalanib, bolalarda aniqlik, harakatlar tezligi, sharoitga bog‘liq tarzda o‘zini qayta qura olish, o‘quv, mexnat, maishiy kabi har kanday yangi faoliyatda tezda o‘z o‘rnini topish tarbiyalanadi.
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida jismoniy tarbiya sistemasi jismoniy tarbiya vazifalari ro‘yobga chiqariladigan ilmiy asoslangan mazmun, vositalar, metodlar va shartlarning kompleks mazmunidan iboratdir.
Jismoniy tarbiya shartlari. Asab sistemasinimuxofaza qilish bolani to‘laqonli jismoniy va ruhiy rivojlantirishning muxim shartlaridan biridir. Dastavval u faoliyatning turli xillarini almashtirishni belgilab beruvchi oqilona rejimni tashkil etish orqali ta’minlanadi, bunda turli shakllardagi xarakatlarga katta o‘rin beriladi. Bolaning kunduzgi va tungi to‘laqonli uyqusini ta’minlash xam juda muhim ahamiyatga egadir, bu yakka tartibdagi ehtiyojlar va oliy asab faoliyatining ishi hususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Asab sistemasining bosiqligi uchun qulay ruhiy iqlim yaratish katta ahamiyatga egadir. Ijobiy xis – to‘yg‘ular bosh miya qobig‘i ishini yaxshilaydi, undagi biotoklarning bir me’yorda bo‘lishiga ta’sir etadi. Bu barcha analizator sistemalarini rivojlantirishga, turli – tuman ruxiy jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi.
Hissiy holatning o‘zgarishi bilan barcha organlar faoliyati o‘zgaradi. Ijobiy xissiyot fiziologiya sistemalari vazifalarini faollashtiradi, salbiylari – charchatadi: yurak urishi tezligi kamayadi, tomir urishi susayadi,qonga kislorodning kelishi pasayadi.
Ijobiy xis – to‘yg‘u holatidagi bola yaxshi ovqat eydi, yaxshi uxlaydi, atrofdagi bolalarga va kattalarga hayrihohlik bilan munosabatda bo‘ladi, kam kasal bo‘ladi, to‘laqonli rivojlanadi, unda ishonch, dilkashlik, nekbinlik shakllanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi jismoniy tarbiyaning navbatdagi shakli oddiy muhitni barpo etish zarurligidir, ya’ni xona va uchastkani oqilona rivojlantirish, bolallarning yoshiga muvofiq tarzda mebel va badantarbiya uskunalari bilan ta’minlashdir.
Zal va uchastka bolalarning harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun eng ko‘p darajada mos bo‘lishi kerak. Buning uchun zalda kamida to‘rt qator gimnastika devori, to‘rtta skameykasi, bordon to‘shaklar, bir necha darvozachalar, taxtachalar, nishonlar va bolalarning soniga qarab kichik uskunalar bo‘lishi kerak.
Uchastkada fizkultura anjomlari bo‘lgan sport maydonchasi, sakrash chuqurchasi bo‘lgan yugurish yo‘lkasi, sport tarkibiy qismi bo‘lgan o‘yinlar uchun turli moslamalar bo‘lishi kerak. Qishda sport maydonchasi yaxmalak qilinadi, yugurish yo‘lkasi esa chang‘i uchish joyi bo‘ladi.
Mavjud normativlarga muvofiq tarzda sanitariya – gigiena vaziyatini barpo etish ham jismoniy tarbiyaning muxim shartidir. Bu shart xona va uchastkada ozodalik va tartibni saklashni, xonada okilona yoruglik, havo va harorat rejimiga rioya etishni shuningdek bolalar va kattalar kiyimi gigienasini kuzda tutadi.
|