«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturini tuzilish tamoillari va omillari




Download 284,33 Kb.
bet16/45
Sana29.05.2024
Hajmi284,33 Kb.
#256838
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100--fayllar.org

«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturini tuzilish tamoillari va omillari.

Dasturining mazmuni quyidagi tamoyillar asosida tanlandi:

  1. Maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi


  2. Maktabgacha ta’limning bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi.


  3. Bolalarni qobilyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi.


  4. Maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatini etakchiligi.


  5. Maktabgacha ta’limning insonparvarligi.


  6. Maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi.


  7. Maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.


  8. Maktabgacha ta’limni demokratliligi.


«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tizimi quyidagi omillarga tayanadi:


  • davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‘lgan extiyojining kuchayganligi


  • milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanganiligi


  • milliy umuminsoniy tarixiy an’analarga va o‘zbek xalqining intelektual merosiga bo‘lgan ijobiy munosabatning shakllanganligi.


Dasturni bilish va uni gurppa xayotining konkret sharoitlarni hisobga olgan holda bajarish maktabgacha tarbiya sohasidagi xar bir mutaxasis uchun majburiyligidir.


Tarbiyachiga yordam tariqasida «Uchinchi ming yillikning bolasi» da ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar tafsiya etilmoqda tarbiyachining metodik ko‘rsatma va tafsiyalarini bilishi, turli qo‘llanmalardan foydalana olish xar bir yosh bosqichida bolaning muvaffaqiyatli tarbiyalanishi va kamol topishini ta’minlaydi.
Dasturning tuzilishi.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» yoki bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi maktabgacha tarbiya yoshdagi bola jismoniy va psixik rivojlanganining 6 yosh bosqichini: chaqaloqlik (1 yoshgacha), ilk yosh (1-3 yosh), kichik yosh (3-4 yosh), o‘rta yosh (4-5 yosh), katta yosh (5-6 yosh) va maktabga tayorlov davri (6-7 yosh) qamrab oladi. So‘ngi bosqichda maktabga tayyorgarlik davri alohida ajratiladi.
Bolalar bog‘chasida bolalar bilan olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishning butun mazmunini tarbiya vazifalari bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning maqsad va vazifalari: 1)bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish 2)ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish: 3) milliy va umuminsoniy qadiryatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta’minlash: 4)ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’limiga tayyorlashdan iborat.
«Dastur» bolalarga ta’lim va tarbiya berishning mazmuni, bola o‘z rivojlanishining turli bosqichlarida erishishi kerak bo‘lgan pog‘onaga nisbatan talablarni ochib beradi. U tarbiyalanish va kamol topishda o‘yin faoliyatining etakchi roli haqidagi qoidani hisobga olish asosiga qo‘yilgan. Masalan, syujetli rolli o‘yinlar-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashning yaxshi maktabidir. Ulardan bola kishilarni xulq-atvorining normalarini, mehnatga, ijtimoiy hayotga munosabatini aktiv va ijodiy o‘zlashtiradi. SHuni aytish kerakki, o‘yinning u yoki bu turi yuqorida aytib o‘tilgan tarbiyaviy vazifalarni bajarishdan tashqari bolalar shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni quyidagi uch yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
  1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.


  2. Bolalarni nutqi va tafakkurini rivojlantirish.


  3. Bolalarni manan rivojlantirish.




Birinchi yo‘nalishdagi bo‘lgan bo‘lim bolalarni jismonan rivojlantirish. Bolalarni maktabga tayyorgarligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bolalar o‘z yoshlariga mos bo‘lgan harakterlari, shu jumladan milliy o‘yinlar nomlarini, qoidalarini bilish va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos holda belgilangan normativlarni bajarish, saflanish, chaqqon harakat qilish, chiniqtirish mashqlarini bajarish kabilarga o‘rganish maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi.

Ikkinchi yo‘nalish bu- bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish. Bu yo‘nalishda boriladigan ta’lim-tarbiya mazmuni o‘zida quyidagi yo‘nalishlarni mujassamlashtiradi: nutq va tafakkurning rivojlanganligi, so‘z boyligi, ilk matematik tasavvurlar, tabiatga oid bilimlar, huquqqa va iqtisodga oid eng dastlabki bilimlar beriladi.
Nutq va tafakkurning rivojlanganligi so‘z boyligiga oid belgilangan talablarga erishish, bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirib borish, ularga ertak va hikoyalar aytib o‘qib berish, she’rlarni yod oldirish fikriy mushohada qilishga o‘rgatish, ta’limiy o‘yinlar vositasida tafakkurni ishlash kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Tevarak atrofdagi narsa va hayotda yuz beradigan hodisalar bola nutqi va tafakkuri mazmunining asosini tashkil qiladi. Bola atrofda sodir bo‘lgan hodisalar bilan tanishish jarayonida zarur bilimlarni egallash bilan bir vaqtda, ularning nomi, vazifasi, hususiyatlarini bildiruvchi so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalar, tarbiyachilar va tengdoshlari bilan muloqotda shu so‘zlardan foydalanib o‘z fikrini ifodalaydi.
Bolalarning tafakkuri rivojlanishini ta’minlashda ularning ilk matematik tasavvurlarini uzluksiz o‘stirib borish muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun matematikaga oid ta’lim-tarbiya mazmuning asosini tevarak-atrofdagi narsa yoki buyumlarni sanash, taqqoslash, o‘lchamlari jihatdan qiyoslash, ularni turgan o‘rnini ko‘rsatish (pastdan, balantdan, chapdan, o‘ngdan kabi), turli geometrik shakllarni farqlash, bir necha shakllardan boshqa bir shakllarni yasash kabilarni tashkil etadi. Bolalarning matematik tasavvurlariga asosan turli xil o‘yinlar orqali erishish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sari o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat xodisalarni bilgilari keladi. Bu borada ota-onalar yoki kattalar tabiat haqida tushunchalar berib borishlari bolalarni dunyoqarashini o‘stirishga hizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabga oid bilimlar mazmunining asosini ular o‘rab turgan tabiat, ya’ni o‘simlik va hayvonlar, buyumlar, turli xil hodisalar, fasllar tabiatni muhofaza qilish haqidagi ilk tushunchalarni birini tashkil etadi.
Uchinchi yo‘nalish bu- ma’naviy madaniy etuklik.
Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik xislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda o‘z hududi, o‘lkasi, halqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’limda ma’naviy-madaniy ishlarning asosini tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob-ahloqli bo‘lishi va mehnatga muhabbat qo‘yishga katta e’tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda, ko‘chada, bog‘chada, mehmonda o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, echinish, saramjon-sarishtali yurish odobi, mehnatsevar bo‘lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarga o‘rgatiladi. Ana shu odatlar bolani odob-ahloqli, mehnatga layoqatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi.
Bolalarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishida nafosat tarbiyasi asosiy o‘rin tutadi. Tasviriy san’at asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan shodlana olish, qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi.
Nafosat tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish, asosiy ranglarni bilish va farqlay olish, ayrim milliy cholg‘u asboblarni bilim, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tushishni va qo‘shiq ayta olish kabilarga o‘rganishni tashkil etadi.
«Uchinichi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini yaratish maqsadida e’lon qilingan tanlovda Guliston shahridan «+uvonch» 31 bog‘cha-maktab majmui direktori Sabohat Mirjalilova, Toshkent shahrida pedagogika fanlar doktori +umri Abdullaeva, dotsent Muhabbat Rasulova, +o‘qon shahridan M.Karimova boshchiligidagi mutaxasislar tomonidan yaratilgan dasturlar mujassamlashtirib dastur yaratiladi. Bu jihatdan maktabdagi yoshdagi barcha bolalarni rivojlantirish uchun asos bo‘ladigan dastur sifatida tavsiya etilgan. Ushbu dasturni hayotga tadbiq etish maqsadida mazkur xujjat mazmuni asosida o‘quv metodik adabiyotlar majmui yaratildi.


Amaliy mashg‘ulot.
  1. «Maktabdagi yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari» xujjatini o‘rganish.


  2. «Uchinchi ming yillik bolasi» dasturni tamoyillari.-Seminar o‘tkazish.


  3. Tayanch dasturini hayotga tadbiq etish bo‘yicha tuzilgan metodik qo‘llanmani o‘rganish va turli yosh guruhlar bo‘yicha berilgan bilimlarni solishtirish. Referat tayyorlash.


Nazorat savollari.



  1. Maktabgacha ta’lim dasturini yaratilishi tarixi haqida nima bildingiz?


  2. Uchinchi ming yillikni bolasi dasturini mazmunini asoslab bering.


  3. Maktabgacha ta’lim tayanch dasturini asosiy bo‘lim va mazmunini izoxlang.


  4. Dasturni takomillashtirishga sizni fikringiz.






Download 284,33 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Download 284,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturini tuzilish tamoillari va omillari

Download 284,33 Kb.