|
Shinalarning muvozanatlash jihozlari
|
bet | 16/17 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 5,28 Mb. | | #101504 |
Shinalarning muvozanatlash jihozlari. 90% ga yaqin xollarda avtomobil g’ildiragi ikki turdagi (statik va dinamik) nomuvoza-natlilikda bo’ladi. Buning sababi, shina tayyorlashda uning tuzilish elementlarining sifatsiz yig’ilishi, noto’g’ri yig’ish hamda ekspluatatsiya davrida bir tekis yedirilmaslik bo’lishi mumkin. Har qanday nomuvozanat protektorni dog’-dog’ bo’lib yedirilishiga olib keladi.
Avtomobil g’ildiragining diski yonlama qattiq turtki natijasida qiyshayadi. Bunda o’qga nisbatan tebranish paydo bo’ladi. Ekspluatatsiya jarayonida 15% yengil avtomobillarning disklari 3-6 mm tebranishda bo’ladi.
9.8-rasmda shinalarning statik va dinamik muvozanatlash jihozining umumiy ko’rinishi keltirilgan.
-
1 3 5 4 2
6
7
8
9
10 11 12 13 14 15 16
9.8-rasm. Shinalarning muvozanatlash SPECTRA BL-955 jihozi va uning boshqarish panelining ko’rinishi.
1-axborot displeyi; 2-axborot displeyi; 3- tekshirilayotgan diskning ichki tomonidagi indikatorlar chizg’ichi; 4-tekshirilayotgan diskning tashqi tomonidagi indikatorlar chizg’ichi; 5-nazorat miqdorlarining ikkiyoqlama indikatorlari; 6- rejim tanlash indikator paneli (STATIC); 7-diskning Har ikkala tomonida ham balanslash yuk-larini o’rnatish rejimini tanlash bo’yicha indikator paneli (yuk yopish-tirib montaj qilinadi, ALU1); 8-diskning ikkita ichki tomoniga balanslash yuklarini o’rnatish rejimini tanlash bo’yicha indikator paneli (yuk yopishtirib montaj qilinadi) (ALU 2); 9-diskning tashqi va ichki tomoniga balanslash yuklarini o’rnatish rejimini tanlash bo’yicha indikator paneli (ALU 3); 10-dastgoxdan tekshirilayotgan diskkacha bo’lgan masofa kattaligini o’rnatish paneli; 11-tekshirilayotgan disk enining kattaligini o’rnatish paneli; 12-tekshirilayotgan diskning radiusi () kattaligini o’rnatish paneli; 13-statik o’rnatish vazifasini tanlash tugmasi (FUN) ; 14-dastgoxni kalibrlash tugmasi (CAL) ; 15- «YoQ» (START) tugmasi, 16- «o’ChIR» (STOP) tugmasi.
|
| |