|
TXKSdagi qo’llanilayotgan diagnostikalash turlarining o’tkazish joyi, mavjud va kerakli jihozlar ro’yhati
|
bet | 12/17 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 5,28 Mb. | | #101504 |
TXKSdagi qo’llanilayotgan diagnostikalash turlarining o’tkazish joyi, mavjud va kerakli jihozlar ro’yhati
T.r
|
Diagnostikalash turi
|
O’tkazish joyi
|
Diagnostikalash
|
Mavjud
|
Bo’linish kerak
|
1.
|
Buyuritma diagnostikalash (D b)
|
|
|
|
2.
|
Avtomobillarni qabul qilishdagi diagnostikalash
(D q)
|
|
|
|
3.
|
TXK va ta’mirlashdagi diagnostikalash (D t)
|
|
|
|
4.
|
Nazorat diagnostikalash (D n)
|
|
|
|
Laboratoriya ishini hisoboti
Ishdan maqsad.
Laboratoriya ishini o’tkazish joyi ____________ va sanasi _________
Umumiy ma’lumot
Ko’rilayotgan TXKSning texnologik jarayonida qo’llanilayotgan diagnostikalash sxemasi.
Topshiriq bo’yicha 2-jadval to’lg’iziladi.
Xulosa.
8. Kuzovlarni ta’mirlash va bo’yash ishlari texnologiyasi
9. Avtomobil dvigatelini diagnostikalash texnologiyasi
9 - LABORATORIYA ISHI.
MAVZU: AVTOSERVIS KORXONALARINING TEXNOLOGIK jihozlari
1. Ishdan maqsad: Respublikamizning ilg’or ASKlaridan birining ishlab chiqarish uchastkalaridagi mavjud texnologik jihozlar tarkibi va holatini o’rganish va ularning bajarilayotgan ishlarga mosligi, yaroqliligi, samaradorligi to’g’risida xulosalar chiqarish, jihozlarni takomillashtirish va almashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.
2.Ishning mazmuni:
Avtoservis korxonalarida avtomobillarga TХK va JT jarayonlarida qo’llaniladigan:
a) maxsus: yuvish mashinalari, diagnostika asboblari, texnologik jihozlar, bo’yash apparatlari, ko’targichlar va h.k.,
b) nostandart: tokchalar, dastgoxlar, aravachalar va h.k.
v) hammabop: metall qirquvchi, yog’ochga ishlov beruvchi, presslar, kran-balkalar, payvandlash transformatorlari va h.k. jihozlar bilan tanishtirishdan iborat.
3.Ishni bajarish joyi.
Laboratoriya ishi Respublikamizning ilg’or ASKlaridan birida bajariladi.
4.Ishni bajarish tartibi:
1.Darsning birinchi yarim bo’limida o’qituvchi tomonidan talabalarga qisqacha nazariy bilimlar eslatib o’tiladi. Nazariy qismning asosiy mazmuni ASK ustaxona va mintaqalarida qo’llaniladigan asosiy texnologik jihozlar turlarini eslatishdan iborat.
2.Talabalarning keyingi faoliyatlari o’qituvchi topshirig’iga asosan, laboratoriya ishining ҳisobot qismida qayd etilgan ishlar asosida avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonasining ishlab chiqarish uchastkalaridagi mavjud texnologik jihozlar tarkibi va holatini o’rganish va ularning bajarilayotgan ishlarga mosligi, yaroqliligi, samaradorligi to’g’risida xulosalar chiqarish, jihozlarni takomillashtirish va almashtirish, yetishmaydiganlarini o’rnatish bo’yicha takliflar ishlab chiqadilar.
5. Umumiy malumotlar
AS korxonalarida avtomobillarga TХKva JT jarayonlarida maxsus (yuvish mashinalari, diagnostika asboblari, texnologik jihozlar, bo’yash apparatlari, ko’targichlar va h.k.), nostandart jihozlar (tokchalar, dastgoxlar, aravachalar va h.k.) va hammabop (metall qirquvchi, yog’ochga ishlov beruvchi, presslar, kran-balkalar, payvandlash transformatorlari va h.k.) jihozlar ishlatiladi.
Korxonalardagi ishchi postlari soni va ixtisoslashganligiga qarab maxsus ishlab chiqilgan texnologik jihozlar va maxsus asboblar tabeliga asosan jihozlanadi. Tabelda stansiyaning quvvatiga qarab har bir kerakli texnologik jihozning nomi va soni ko’rsatiladi.
Avtoservis korxonalarida ishlatiladigan texnologik jihozlar o’zining qo’llanilishi bo’yicha ko’tarish-ko’rish, ko’tarish-tashish avtomobillarga TХKvaJT uchun maxsuslashtirilgan turkumlarga bo’linadi.
Avtomobillarni yuvish qurilmalari umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. Umumiy turdagi yuvish jihozlari yuvishga qulay bo’lib, ular yordamida avtomobilning ostini ham yuvish mumkin. Bu ishlar maxsus maydonda va turli ko’rish ariqlarida, estakada va ko’targichlar yordamida bajariladi.
Avtomobillar turiga hamda yuvish usuliga qarab, maxsus yuvgichlar qo’lda yuvish uchun moslashgan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashgan va aralash turda bo’lishi mumkin. Shunga qarab yuvish joylari kerakli jihozlar bilan jamlanadi.
|
| |