• Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalari.
  • Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalarini o’rganishdan iborat




    Download 5,28 Mb.
    bet9/17
    Sana19.11.2023
    Hajmi5,28 Mb.
    #101504
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    2.Ishning mazmuni:

    Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalarini o’rganishdan iborat.




    3.Ishni bajarish joyi.
    Laboratoriya ishi Respublikamizning ilg’or ASRlaridan birida bajariladi.


    4.Ishni bajarish tartibi:
    1.Darsning birinchi yarim bo’limida o’qituvchi tomonidan talabalarga qisqacha nazariy bilimlar eslatib o’tiladi. Nazariy qismning asosiy mazmuni ASKda avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalarini eslatishdan iborat.
    2.Talabalarning keyingi faoliyatlari o’qituvchi topshirig’iga asosan, laboratoriya ishining ҳisobot qismida qayd etilgan ishlar asosida avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonasinida avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalari bilan tanishadilar, bunda ishlar nomi va hajmini belgilashni o’rganish, to’ldiriladigan hujjatlar bilan tanishishadilar va takliflar ishlab chiqadilar.
    5. Umumiy malumotlar

    Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalari.


    Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish avtomobil uning agregatlari, uzellari va tizimlarining texnik holatini aniqlash bajariladigan ishlar hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi faoliyatdir. Shuningdek, qabul qilish jarayonida sarf bo’ladigan extiyot qismlar, materiallar miqdori va taxminiy haqi ham kelishilib olinadi. Albatta avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish ham korxona yoki soxa rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi.
    Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilishdan oldin avtomobillar albatta yuvilishi va undan keyin avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirilish joyiga kelishi lozim (5.1-rasm)
    Avtomobil egasi - mijoz bilan kelishilgan holda va uning ishtirokida avtomobil to’la ko’zdan kechirilib chiqiladi, uning umumiy texnik holati, ayniqsa Harakat xavfsizligini ta’minlovchi tizimlariga katta e’tibor bergan holda aniqlanadi. (7.1-rasm).
    Qabul qilish paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan xollarda u diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik holati aniqlanadi.



    7.1-rasm. Avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirilish joyi

    Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish va servis xizmatiga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi. Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi, agregatlari va barcha qismlari zavod maxsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruksiyalarga o’zgartirishlar kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi.


    Ko’pchilik avtomarkazlarda va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarida avtomobilni xizmatga qabul qilish uni tashqi va ostki tomondan yuvish, motor bo’linmasini shlang yordamida yuvish, salonni tozalash va quritib artishdan boshlanadi. Bu ishlar ko’pchilik xollarda avtomatik rejimda ishlovchi yuvish-quritish komplekslari yordamida bajariladi. Avtomobillar qabul qilish uchun ishlab chiqarish binosining kiraverishida maxsus joy ajratiladi va jihozlanadi. Avtomobilning ostki qismlarini ko’rib, nazorat qilib chiqish uchun uchastkaga to’rt tirgakli ko’targichlar yoki estakadalar o’rnatiladi, ayrim xollarda qarov chuqurlaridan ham foydalanish mumkin. Qabul qiluvchi mutaxasis to’la komplekt chilangarlik asboblari va ayrim yengil diagnostik priborlar, masalan, gazoanalizator, lyuft o’lchagich, akkumlyatorlar zaryadini tekshiruvchi uchi ayri asbob va h.k lar, bilan ta’minlanadi.
    Hajmi va qiymati o’zgarmas bo’lgan ishlar, masalan., yuvish, tozalash, avtomatik diagnostika, moy almashtirish, va h.k. bajarish uchun avtomobillarni qabul qilish osonlashadi.
    Buning uchun avtomobil egasi buyurtmalar stolidan chipta oladi va xizmatga o’taveradi. Avtomobilni nazorat qilgandan va uning holati aniqlangandan so’ng avtomobil egasi bilan kelishilgan holda bajariladigan ishlarga buyurtma to’ldiriladi va xizmat narxi belgilanadi. Bunda qaysi ishlar bajarilishini tanlash huquqi mijoz tomonida bo’ladi. Хizmat narxi maxsus narx nomalar (preyskurantlar) asosida qo’yiladi. Shuningdek, sarf bo’ladigan ehtiyot qismlar va materiallar haqida mijoz bilan kelishilib buyurtma yoziladi, bular uchun aloxida haq to’lanadi.
    Shuningdek, xizmat ko’rsatishda avtomobil egasi, mijoz keltirgan ehtiyot qismlar va materiallar ham ishlatilishi mumkin, faqat ular texnik talablarga javob berishi shart.
    Avtomobil qabul qilingandan so’ng ishchi postlariga qo’yiladi yoki maxsus kutish joylariga o’tkaziladi. Qabul qilish vaqti o’rtacha 20-30 daqiqani tashkil etadi. Barcha zarur ishlar bajarib bo’lingandan so’ng avtomobil egasiga topshirish uchun yana qabul qilingan uchastkasiga keltiriladi va maxsus texnik nazoratdan o’tkaziladi. Buyurtmada ko’rsatilgan barcha ishlarning bajarilganligi, ularning sifati, avtomobilning umumiy holati va butligi yana bir karra texnik nazoratdan o’tkazilib, egasiga taqdim etiladi yoki tayyor avtomobillar qatoriga qo’yiladi. Avtomobil qabul qilib olinganlik to’g’risida uning egasi buyurtmaga imzo chekadi va xizmat xaqi to’langach avtomobilini olib ketadi. Avtomobilni topshirish vaqtida agar uning egasi buyurtmadagi ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilmasa, uning haqli e’tirozlari qondiriladi.
    Odatda ASKlarda qabul qilish va egasiga topshirish postlari birlashtirilib bir joyda tashkil etiladi va qabul qilib olgan mutaxassis xodimning aynan o’zi avtomobilni yana egasiga topshiradi.
    6. Nazorat savollari.
    1. Avtoservis korxonalaridagi texnologik jarayoni.
    2. Avtomobillarni xizmatga qabul qilish.
    3. Avtomobillarni xizmatga qabul qilishda to’ldiriladigan hujjatlar.
    4. Avtomobillarni xizmatga qabul qilishda bajariladigan ishlar hajmini
    aniqlash.
    5. Avtomobillarni ularga xizmat ko’rsatish uchastkalariga yo’naltirish.
    6. Хizmat ko’rsatilgan yoki ta’mirlangan avtomobillarni texnik nazoratdan
    o’tkazish.
    7. Avtomobillarni egasiga qaytarish tartiblari.



    7 sonli laboratoriya ishi bo’yicha hisobot
    Mavzu: AVTOMOBILLARNI SERVISGA QABUL QILISh VA QAYTARISH
    Talaba: ________________________________________________
    Guruh: ________________________________________________
    Rahbar: _____________________________________________________
    1.Ishdan maqsad_______________________________________________________ 2.Ishning mazmuni_____________________________________________________
    3.Ishni bajarish joyi____________________________________________________
    4.Umumiy malumotlar__________________________________________________

    Download 5,28 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 5,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalarini o’rganishdan iborat

    Download 5,28 Mb.