|
Diagnoz qo’yish jihozlari
|
bet | 15/17 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 5,28 Mb. | | #101504 |
Diagnoz qo’yish jihozlari avtomobilni to’liq yoki uning aloxida birikma va tizimlariga diagnoz qo’yish uchun mo’ljallangan. Avtomobillar texnik holati Harakat xavfsizligini ta’minlash, tashqi muhitga ta’sir, tortish-iqtisodiy tavsiflar bilan baxolanadi (9.6-rasm).
9.6.-Ixtisoslashtirilgan diagnostikalash mintao’asi.
Avtomobillarning tormoz tizimini texnik nazorat qiluvchi diagnostika posti 9.7-rasmda keltirilgan.
Avtomobillarni Harakatlanish davridagi tormoz tizimini tekshirishda deselerometr(sekinlanishni aniqlovchi asbob) yordamida yoki oddiy nazorat yo’li balan bajariladi. Bu usul juda noaniq bo’lib, hozirgi vaqtda tormoz tizimini jihozlar yordamida tekshirish keng tarqalmoqda.
Rolikli jihozlar butun dunyoga tarqalgan. Bu jihozlar rolikli bo’lib u jihozlar kuchlar orqali ishlovchi va inersiyali turlarga bo’linadi. Ular bir-biri bilan zanjirli uzatma yordamida biriktirilgan 2ta bir juftli barabanlardan iborat. o’chirilganda elektromagnit muftalari orqali mustaqil dinamik tizimni tashkil qiluvchi barabanlarga aylanma Harakat, 55-90 kvt. quvvatga ega bo’lgan elektrodvigateldan reduktor yordamida yetkazib beriladi. Rolikli tormoz jihozlarining afzalliklari, ularning ko’rsatkichlarining aniq va raddiatsiz (g’ildirak va roliklar orasidagi ilashish koeffitsiyentini o’zgarmasligi sababli) aniqlashidadir. Kamchiligi esa uning yuqori og’irlikka va metal sarfiga egaligidadir.
Chiqindi gazlar zaHarliligini aniqlashda karbyuratorli avtomobillar uchun gazoanalizatorlar va dizel dvigatellari uchun tutun o’lchagichlar ishlatiladi. Gazoanalizatorlar aloxida yoki motor-testorlar bilan birgalikda ishlab chiqariladi. Xozirgi vaqtda infraqizil va katalitik turdagi gazoanalizatorlar ishlatiladi. Dizel dvigatellarida chiqindi gazlarning tutash darajasi tutun o’lchagichlar yordamida baxolanadi va ular chiqindi gazlar tomonidan yorug’lik oqimini yutish asosida ishlaydi.
|
| |