STEAM – ta’limining afzalliklari: 1.Fanlar bo‘yicha emas, balki mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan ta’lim.
2.Haqiqiy hayotda ilmiy va texnik bilimlarni qo‘llash.
3.Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilish.
4.O‘z kuchlariga ishonchni orttirish.
5.Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkillashtirish.
6.Texnik fanlarga qiziqishni rivojlantirish.
7.Loyihalarga ijodiy va innovatsion yondoshuvlarni amalga oshirish.
8.Ta’lim va martaba o‘rtasidagi ko‘prik.
9.O‘quvchilarni hayotning texnologik yangiliklariga tayyorlash.
10. STEAM - maktab o‘quv dasturiga qo‘shimcha sifatida.
Hozirda «STEAM» xalqaro ta’limda asosiy ko‘rsatkichlarlardan birini
egallagan.
STEM ni STEAMga aylantirish nimani anglatadi?
STEM+ART=STEAM Faqat bitta “a” harfi, lekin bir vaqtning o‘zida qancha o‘zgarish bor! Aynan
“ART” ya’ni san’at – muammoni hal qilish qobiliyati, jasurlik, tanqidiy fikrlash va
qabul qilish qobiliyati kabi mahorat va fazilatlarni shakllantiradi. Ushbu
qo‘nikmalarning rivojlanishini bolalar bog‘chasidan amalga oshirish lozim. San’at
bilan shug‘ullanuvchi bolalarda maktabda ta’lim olish motivatsiyasi 3 karra yuqori
natijani tashkil etadi. 4 yildan ortiq san’at va musiqa bilan shug‘ullangan yuqori
sinf o‘quvchilarida matematikadan o‘zlashtirish darajasi 4 marta yuqori natijani
ko‘rsatgan. Musiqa bilan shug‘ullanganlar test va og‘zaki imtihonlarda yuqori
natijalarga erishganlar. Bugungi kunda ijodkorlik har qanday kasbda
muvafaqqiyatga erishish uchun zarur shartlardan biridir. Bugungi kunda
kompyuterlar va gadjetlar chap miyaning ba’zi funksiyalarini o‘zida aks ettiradi,
lekin ular hech qachon o‘ng miyaning funksiyalarini o‘rnini bosa olmaydi. ART
– bu barcha sohalarning eshigini ocha oladigan kalitdir!
STEM chap yarim sharning funksiyalarini rivojlantiradi: ✓
Analitik fikrlash: mantiq va faktlarni tahlil qilish;
✓
Til qobiliyati;
✓
Yozish va o‘qish qobiliyati;
✓
Raqamlar va matematik formulalar manipulyatsiyasi;
✓
Axborotni matn shaklida qayta ishlash qobiliyati;
✓
Deduktiv fikrlash;
✓
Induktiv fikrlash
✓
Tanqidiy fikrlash.