2-Mavzu: “Oddiy mexanizmlar” mavzusini o‘qitishda loyiha ishlarini
tashkil qilish
Reja:
1. STEAM ta’limining kelib chiqish tarixi hamda fanlar aro
integtasiyasi.
2. STEAM
ta’lim texnologiyasidan foydalanib o‘quvchilarning
ijodkorlik va tadqi.
3. “Oddiy mexanizmlar” mavzusini o‘qitishda loyiha ishlarini tashkil
qilish.
STEM ta’limi va uning kelib chiqish tarixi
Bugungi kunda dunyoda to‘rtinchi texnologik inqilob mavjud: tezkor
axborot
oqimlari,
yuqori
texnologiyali
innovatsiyalar
va
rivojlanishlar
hayotimizning barcha sohalarini o‘zgartirib bormoqda.
Shu bilan birgalikda
jamiyatning talablari, shaxsning manfaatlari ham shunga ko‘ra o‘zgarib bormoqda.
Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3-D dizayn,
modellashtirish,
dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga
chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash
emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. Bunda STEM (Science,
technology, engineering and mathematics) – bir vaqtning o‘zida fan,
texnologiya,
matematika va muhandislik sohalarini bir so‘z bilan birlashtirish mumkin bo‘lgan
integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi muhim ahamiyat kasb etadi. STEM
integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi jahon ta’limidagi asosiy tendensiyalardan
biridir. U o‘z
ichiga matematika, texnologiya,
ijodkorlik, muhandislik san’ati va
tabiiy fanlarni o‘rganishni qamrab oladi. Integratsiyalashgan ta’lim jarayoni
muhandislik, dizayn va modellashtirish sohasida talab
qilinadigan mutaxassislarni
tayyorlash imkonini beradi. STEM – real hayot talablaridan kelib chiqqan holda
ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o‘qitishdir.
Integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad - bu ta’lim,
jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida
barqaror
aloqa o‘rnatishdir.