muhandislik, san’at va matematika) va STREAM (fan, texnologiya,
robototexnika,
muhandislik, san’at va matematika). Bugungi kunda STEAM jahon ta’limidagi
asosiy tendensiyalardan biridir. Texnologiyaning jadal
rivojlanishi tufayli yangi
kasblar paydo bo‘ladi. STEM mutaxassislariga bo‘lgan talab hamma joyda o‘sib
bormoqda. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, yuqori o‘sish darajasiga ega bo‘lgan har
10 ta mutaxassisliklardan 9 tasida STEAM bilimlari talab etiladi. Xususan, 2018
yilgacha kimyo muhandislari, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar, neft
muhandislari, kompyuter
tizimlari tahlilchilari, mexanik muhandislar, qurilish
muhandislari, robototexnika, yadroviy tibbiyot muhandislari, suv osti inshooti
me’morlari, aerokosmik muhandislar kabi mutaxassisliklarga bo‘lgan
ehtiyojning
oshishi kutilmoqda. STEAM ta’limi esa o‘quvchilarni texnologik jihatdan
rivojlangan dunyoga tayyorlaydi. O‘tgan 60 yil mobaynida texnologiya jadal
sur’atlar bilan o‘sdi. Jumladan: Internet (1960-yil)
va GPS texnologiyalardan
(1978-yil) to DNKni skanerlash (1984-yil) hamda albatta iPod (2001-yil) hamda
boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda deyarli har bir kishi
smartfonlardan foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur
etishning iloji yo‘q. Bundan keyin ham texnologik
rivojlanish davom etadi va
STEM ko‘nikmalari bu rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi.