• Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
  • V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tasviyalar




    Download 17.1 Kb.
    Sana06.06.2023
    Hajmi17.1 Kb.
    #70317
    TuriReferat
    Bog'liq
    Мустакил таълим
    1A Qala qurilisi Kaipov Salauatdin 1-tema, Computer hardware and software, 1407840825 58601, Mavzu korxonada mеhnatga haq to`lashni tashkil etish va takomil-fayllar.org, 569857-2023, 5353, PYTHON TILIDA DASTURLASH ASOSLARI (I-QISM), Kompyuter tarmoqlari-fayllar.org, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, jamoada-konfliktlar-va-ularni-bartaraf-etish-yollari (1), Microsoft Word - Baltaeva ziyo net maruza matni, topografik xarita (10), Pul-kredit siyosati va ulardan foydalanish amaliyoti tahlili, 5-ma`ruza

    V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


    Mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tasviyalar:
    Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:
    1. Mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot)tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarli ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
    2. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;
    3. Fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi;

    1. INTERNET tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularinio‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballaribilanrag‘batlantiriladi;

    2. mavzuga oid masalalar, keys-stadilarvao‘quvloyihalariniishlab chiqish va ishtirok etish;

    3. amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash;

    4. ilmiy seminar vaanjumanlargatezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;

    5. mavjud laboratoriya ishlarinitakomillashtirish, masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.

    Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
    Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.

    Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
    Izoh:Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari ta’lim yo’nalishlariga mos tuzilgan o’quv rejalariga asosan Yakuniy nazorat savollari tarkibiga kiritilib, talabalar har bir keltirilgan mavzularning 60 foiziga javob bergan holda, mustaqil ta’limni topshirgan hisoblanadi.
    1-semestr
    1. Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari
    2. O‘zgaruvchan massali jismning harakati.
    3. Nisbiylik nazariyasi elementlari.
    4. Relyativistik dinamika elementlari.
    5. Kepler qonunlari
    6. Ko‘chish hodisalari. Diffuziya, issiqlik o‘tkazuvchanlik va qovushqoqlik.
    7. Fazaviy o‘tishlar.
    8. Ochiq tizimlarda entropiyaning lokal kamayishi. Dissipativ strukturalar.
    9. Plazma,xossalari va qo‘llanilishi.
    10. Termoelektrik hodisalar.
    11. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi rezonans hodisalar.
    12. Klassik va kvant Xoll effekti..
    13. O‘ta o‘tkazuvchanlik va uning kvantomexanik talqini.
    14. Yarim o‘tkazgich - yarim o‘tkazgich kontakti.
    15. Fundamental o‘zaro ta’sirlar turlari. YAgona maydon nazariyasi.
    2-semestr
    16. Koinot nurlari.Koinot nurlarining manbaalari, energiyasi va kimyoviy tarkibi.
    17. Koinot nurlarining Yer atmosferasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi. Keng atmosfera jalalari.
    18. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Katta portlash va infillyasiya nazariyalari.
    19. Yulduzlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Oq karliklar, neytron yulduzlar va qora tuynuklar.
    20. Betta emirilish. Betta yemirilish spektri. Neytrino.
    21. Termoyadro sintez reaksiyalarini boshqarish muammosi.
    22. Nanoelektronika materiallari. Kvant “nuqtalar”, “iplar” va “o‘ralar”.
    23.Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari.
    24.To‘lqin o‘tkazgichlar (volnovodlar).
    25.Nanoo‘lchamli yupqa qatlamlarning tuzilishi va xossalari.
    26.Nanoo‘lchamli klasterlar va kristallar. Nanotexnologiya.
    27.Spinli elektronika va uning elementlari.
    28.Suyuq kristallar va ularning xususiyatlari.
    29.Katta adron kollayderi va uning ishlash prinsipi.
    30.Quyosh fotoelektrik elementlari va modullari. Optik tolali tizimlar.
    Download 17.1 Kb.




    Download 17.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tasviyalar

    Download 17.1 Kb.