Kompyuterlarning
so'nggi
modellarida
ishlatiladigan
tashqi
xotira
qurilmalari (ularning qurilishi, ko'rsatkichlari va xususiyatlari)
Ko‘pgina vinchesterlar ustma-ust joylashgan bir nechta plastinkalardan iborat
bo‘ladi. Plastinkalardagi markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan yo‘lkalar – silindr
deb ataladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuter modellarida 6 tadan 12 tagacha
plastinkalardan iborat vinchesterlar o‘rnatilgan. Disklarning aylanish tezliklari
minutiga 5400, 7200 yoki 10 800taga etishi mumkin. Hozirgi disklarda bir
yo‘lkada joylashgan ma’lumotlarni o‘qish tezligi 40 Mbayt/sek dan oshib ketdi.
Hozirgi disklarda, avvalgi disklardan farqli ravishda silindrlar zonalarga bo‘lingan.
Bu narsa disklarning hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Odatda
ularning soni 10 tadan 20 tagacha bo‘lishi mumkin. Quyidagi 2.18-rasmda zonalari
soni 5-taga teng bo‘lgan disk keltirilgan. Vinchesterni boshqarish – kontroller
yordamida amalga oshiriladi. Kontroller tarkibida ham alohida protsessor bo‘lib,
ular READ, WRITE va FORMAT kabi buyruqlarni bajaradi, yozish-o‘qish
qurilmasini boshqaradi, xatolarni topish va to‘g‘irlash, asosiy xotiradan
o‘qilayotgan baytlarni uzluksiz bitlarga aylantirish kabi vazifalarni bajaradi.
IDE-disklar. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida - ustroystvo so
vstroennыm kontrollerom) – o‘rnatilgan kontrollerga ega qurilma, ya’ni disk
yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi 504 Mbayt.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 4 Mbit/sek. EIDE (Extended IDE, rus tilida -
usovershenstvovannыe ustroystva so vstroennыm kontrollerom) - o‘rnatilgan
kontrollerga ega takomillashtirilgan IDEqurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning
maksimal xajmi -128 Gbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 16 Mbit/sek, unda
LBA (Logical Block Addressing, rus tilida - lineynaya adresatsiya blokov) –
bloklarni chiziqli adreslash sxemasi qo‘llanilgan. Ushbu sxema 28-razryadli
chiziqli adresga ega, bu esa 228 x 29 = 128 Gbayt hajmli xotira deganidir. ATA-3
(Advanced Technology Attachment, rus tilida - progressivnaya texnologiya
soedineniya) – ulanishning ilg‘or texnologiyasi. ATAPI-4 (ATA Packet Interface,
rus
tilida
-
paketnыy
interfeys
ATA)
– ATA paketli interfeysi.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da ma’lumotlarni uzatish
tezligi – 66 Mbit/sek. ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 100 Mbit/sek.
ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi – 150 Mbit/sek
(1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li kuchlanish
ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tashkil qilgan. SCSI-disklar
(Small Computer System Interface, rus tilida - interfeys malыx vыchislitelьnыx
sistem) – kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar. Ushbu disklarning
silindrlari, yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDEdisklaridan
farq
qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda ma’lumotlarni uzatish
tezligi ancha yuqori.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi
samarali himoya yechimlari | infoCOM.UZ
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
(hozir.org)
3.
Kompyuterarxetekturasi
haqida
tushuncha
(aim.uz)
|