• Samarqand-2024 2- MUSTAQIL ISH Mavzu
  • Tayanch atamalar
  • Eng songgi kompyuter modellarida ishlatiladigan RAM qurilmalari (ularning tuzilishi, korsatkichlari va xususiyatlari)
  • Zamonaviy kompyuterlarning asosiy texnik ko`rsatkichlari va




    Download 345,5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/11
    Sana15.05.2024
    Hajmi345,5 Kb.
    #236334
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-maruza

     Zamonaviy kompyuterlarning asosiy texnik ko`rsatkichlari va 
    ularning imkoniyatlari.
     

     
     
     
     
     
     
     
     
     

    Bajardi: Ochilov B. 
    Topshirdi: Sobirov R. 
     
     
     
    Samarqand-2024 
     
    2- MUSTAQIL ISH


    Mavzu:
    Zamonaviy kompyuterlarning asosiy texnik ko`rsatkichlari va 
    ularning imkoniyatlari.
     Reja:
    1. 
    Eng 
    so'nggi kompyuter modellarida 
    ishlatiladigan RAM qurilmalari
    (ularning 
    tuzilishi, 
    ko'rsatkichlari va 
    xususiyatlari)
    2. 
    Eng so'nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan shinalar (ularning
    arxitekturasi, ko'rsatkichlari va 
    xususiyatlari)
    3. 
    Kompyuterlarning 
    so'nggi 
    modellarida 
    ishlatiladigan 
    tashqi 
    xotira
    qurilmalari (ularning 
    qurilishi, ko'rsatkichlari va 
    xususiyatlari)
    Tayanch atamalar:
    DDR2,DDR3 va DDR4-tezkor xotira tizimlar; CAD/CAM
    ilovalar, 
    Fibrin Channel, InfiniBand, tezyurar Ethernet, SDH -
    shinalarning turlari; 
    SATA, Serial ATA, USB, Universal Serial Bus -
    tashqi qurilmalar; Egiluvchan disklar(floppi disk); StackPC - kompyuter 
    tizimlarini qurish uchun spetsifikatsiyasi; VMEbus, VERSAmodule Eurocard-
    mikrosxemalar;
    Eng so'nggi kompyuter modellarida ishlatiladigan RAM qurilmalari
    (ularning tuzilishi, ko'rsatkichlari va xususiyatlari)
    Katta hajmdagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterdan bu ma’lumotlarni
    tezkorlik bilan o‘qishni talab qiladi. 
    Buning uchun esa RAM ( Random Access
    Memory), ya’ni bosh tezkor xotira qurilmasining imkoniyati ham keng bo‘lishi
    kerak. Kompyuterga biror dastur yuklanganida, internet sahifasi ochilganida
    dastlab tezkor xotiraga yozilib, u yerdan ishga tushadi. Misol uchun, siz biror
    internet sahifasini 1 marta ochsangiz va uni yopib, kompyuterni o‘chirmasdan
    ikkinchi marotaba yana ochsangiz, kompyuterda bir xil sahifa ikkinchi martada
    tezroq ochiladi. Boisi Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar
    kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki bu xotira ma’lumotga to‘lganida
    o‘chib ketadi.
    Ayniqsa bugungi rang-tasvir va harakatga boy o‘yinlar operativ


    xotiraning kattaroq bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira talab darajasida
    bo‘lmasa, ilovalarning ochilish jarayoni sekinlashadi. Hozir birgalashib sizning
    kompyuteringizga qanday turdagi tezkor xotira zarurligi, DDR3 va DDR4 kabi
    yangi tezkor xotira tizimlari bilan tanishamiz.
    2005 yildan 2009 yilgacha kompyuterlar DDR2 tizimidagi tezkor xotiraga ega
    bo‘lishgan. Bugun esa aksariyat qurilmalarda DDR3 tizimidagi RAM’dan
    foydalaniladi. 2007 yilda taqdim qilingan DDR3 zamonaviy, yangi operativ xotira
    turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha. Operativ xotira
    chastotasi kompyuterning ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu – vaqt 
    birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ
    xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS operativ xotira bu
    jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi. Sizga qancha axborot hajmiga ega operativ
    xotira zarurligini kompyuterdan nima maqsadda foydalanishingizga qarab aniqlash
    mumkin. So‘nggi yillarda ishlab chiqaruvchilar noutbuk qurilmalarida
    foydalanuvchi tomonidan yangilash mumkin bo‘lgan tezkor xotira tizimlarini
    yaratmoqdalar. Apple’ning MacBook Air noutbukining RAM tizimi 4 GB. Biroq
    Dell, HP kabi ishlab chiqaruvchilar kamida 8 GB tizimda ishlaydigan tezkor
    xotirali qurilmalarni taklif qilmoqdalar. Noutbuklarda 2 GB.dan 16 GB.gacha
    tezkor xotira bo‘ladi, ba’zida 32 gigabaytli noutbuklar ham uchraydi. Operativ
    xotirasi 8 gigabaytdan yuqori noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki
    o‘ta zamonaviy o‘yinlarni o‘ynaydiganlar uchungina kerak bo‘ladi. Xotirasi 4
    gigabaytdan past noutbuklarni esa hech kimga tavsiya 
    qilmaymiz. Eng yaxshi
    variant 4 GB operativ xotiraga ega noutbuk hisoblanadi, lekin zamonaviy
    o‘yinlarni o‘ynash niyatida bo‘lsangiz, kamida 8 GB xotirali noutbukni tanlang.
    1990-2000 yillarda Photoshop ilovasini o‘rnatish uchun zarur RAM tizimi
    2MBdan 64MBgacha, ya’ni 10 yilda 32 barobarga o‘sgan bo‘lsa, keyingi 10
    yillikda, ya’ni 2016 yilga kelib bu dasturni kamida 16 GB tezkor xotiraga ega
    qurilmalarga o‘rnatish mumkin. Bugungi deyarli barcha dastur-ilovalar uchun 4
    GB tezkor xotira hajmi kifoya qiladi. 16 GB tezkor xotira esa kelajak uchun juda
    qulay 
    texnologiya. 
    Bu 
    video 
    va audio 
    tahriri uchun 
    ayni muddao.


     DDR3 yoki DDR4
    ?
    Ayni vaqtda tezkor xotiraning DDR3 tizimlari ham sotilmoqda. Ammo uning
    keyingi avlodi – DDR4 tizimi ham allaqachon ommalashishga ulgurdi. Agar
    DDR3 tizimidan foydalanishni talab etadigan biror sababingiz bo‘lmasa, sizga
    birato‘la DDR4 xotira tizimiga ega qurilmani xarid qilishni tavsiya qilamiz. Undan
    keyingi o‘n yillikda bemalol foydalanishingiz mumkin. Kattaroq RAM tizimi
    video o‘yinlarni ham sifatli o‘ynash kafolatini bermaydi. RAM qurilma tarkibidagi
    boshqa tizimlardan kelib chiqib, ba’zida tizim faoliyatini oshiradi. Kompyuter
    sizga grafik tasvirlar, televideniye yoki film ko‘rish, o‘yin o‘ynash, CAD/CAM
    ilovalaridan foydalanish uchun kerak bo‘lsa, sizga katta hajmli RAM kerak. Xat,
    yozish, operatsion tizim ilovalaridan foydlanish, veb-saytlarga kirib turish uchun
    esa kichik hajm ham yetarli bo‘ladi. 64 bit xotira hajmiga ega Windows 7 talqinini
    xotirasi 2 GB dan kam bo‘lgan tizimga o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu 2 GB ma’lumot
    hajmi kamlik qiladi degani emas. Bu tizimda siz bir vaqtning o‘zida audio tinglab,
    internetdan foydalanib, Word hujjatlarni tahrir qila olmaysiz.
    Windows operatsion tizimi doimo yarim bo‘sh tezkor xotirani yoqtiradi. Shunda
    kerakli ilovalar zudlik bilan ochiladi. Aslida bu kabi operatsion tizimlarning
    muhim tarkibiy qismlari tezkor xotiraning ancha-muncha hududini egallab oladi.
    Agar siz zamonaviy qidiruv tizimlari orqali bir vaqtning o‘zida ko‘plab axborot
    manbaalarini izlab, aksariyat vaqtingizni internetda sahifalarning yuklanishi kutib
    o‘tkazishni istamasingz, unda kamida 4 GB tezkor xotiraga muhtojsiz. Video,
    audio va foto tahrir, grafikaga boy o‘yinlar o‘ynash istagida bo‘lsangiz, 4 GB
    tizimidagi operativ xotira eng ma’quli. Ammo yuqori pikselli tasvir, 3D
    modelidagi tasvirlar tahriri uchun bu hajm kichkinalik qilish ham mumkin.
    Windows Vista / Windows 7 32-bit uchun 2-4 GB, Windows Vista / Windows 7
    64-bit uchun 6-16 GB, Windows 8 32-bit uchun 2-4 GB, Windows 8 64-bit uchun
    6-16 GB, Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux 32-bit uchun 1-4 GB,
    Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux 64-bit 4-16 GB hajmga ega tezkor
    xotira kerak. Tekor xotirani tanlashda uning chastota tezligini ham inobatga olish
    kerak. 1600 chastotali DDR3 yoki 2133 chastotali DDR4 tezkor xotira tizimlari


    bugungi ishlab chiqaruvchilarning “asosiy plata”lariga muvofiq keladi. Agar siz
    800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533 chastotali plataga
    ulasangiz ham operativ xotira tezligi oshmaydi va 533 chastotada ishlaydi.

    Download 345,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345,5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy kompyuterlarning asosiy texnik ko`rsatkichlari va

    Download 345,5 Kb.
    Pdf ko'rish