400 MGS gachadir.
DDR2 keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha.
DDR3 zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal
ishlash chastotasi 1800 MGS gacha.
Har bir operativ xotira turi o‘zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir
turdagi operativ xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo‘ljallangan
plataga DDR2 ni o‘rnatib bo‘lmaydi. Chunki har bir operativ xotira turi o‘zgacha
ulanish tishlariga ega. O‘lchami bir xil bo‘lishi mumkin lekin tishlari o‘rtasida farq
bor. Ularni ajrata olmay kuch ishlatib operativ xotirani ham platani ham buzib
qo‘ymang. Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham operativ xotirani
ulashda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qo‘yish zarur. Bu ma’lumotni
siz kompyuter platasi xujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz 800
MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533 MGS shinada ishlaydigan
plataga ulasangiz, operativ xotirangiz ham 533 MGS da ishlaydi. Siz 800 MGS da
ishlash shunaqa sekin bo‘lar ekan deb yuraverasiz. Yana bir muhim ma’lumot.
Agar siz har xil chastotada ishlaydigan 2 ta operativ xotirani bir plataga ulasangiz,
umumiy ishlash chastotasi kichik bo‘lgan chastota bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol
uchun 1000 MGS va 600 MGS chastotada ishlaydigan operativ xotirani bitta
plataga uladingiz, shunda operativ xotira 600 MGS chastota bilan ishlaydi.