uni ogohlantiradi. Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlarni o‘qimoqchi bo‘lsa,
MREQ (xotiraga murojaat qilish) va RD (xotiradan o‘qish) kabi boshqarish
signallari bilan unga murojaat qiladi. Ushbu signallardan so‘ng, xotiraning o‘qilishi
kerak bo‘lgan adresi, shina orqali unga uzatiladi. Adresni uzatish parallel tarzda
amalga oshiriladi – 16 bit (64 Kbaytli xotira uchun), 20 bit (1 Mbaytli xotira
uchun) va 32 bit (4 Gbaytli xotira uchun). Ma’lum bir vaqt oralig‘i o‘tgandan
so‘ng (T3 siklining yarim davri) asosiy xotiradan o‘qilgan ma’lumotlarni
protsessor tomonidan qabul qilib olish amalga oshiriladi. Parallel tarzda qabul
qilinayotgan ma’lumotlarning uzunliklari – 8, 16, 32, 64 yoki 128 bit bo‘lishi
mumkin. Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirilishi mumkin,
ya’ni kompyuter shinalarining sinxron va asinxron xillari mavjud