|
Va innovatsiyalar vazirligiBog'liq Garmonik sol`fedjioFan dasturi
29
1. Asosiy uchtovushliklarini barcha tonalliklarda kuylash
2. Dominantseptakkord major tonalliklarda
3. Dominantseptakkord minor tonalliklarda
4. Major tonalliklarda yondosh uchtovushliklar
5. Minor tonalliklarda yondosh uchtovushliklar
6. Dominantseptakkord aylanmalari
7. Yetakchi septakkord
8. Subdominantseptakkord
9. Garmonik major laddagi akkordlar
10. Akkordlar ketma-ketligida sekvensiyalar
11. Qo‘sh dominanta akkordlari
12. Xalq musiqa ladlarida akkordlar ketma-ketliklari
13. Akkordlar ketma-ketligini tinglab aniqlash
14. Qo‘p ovozli asarlarni solfedjio qilib kuylash
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan nota
daftarida akkordlar ketma-ketliklarini tuzish, ularni tonga tushib kuylash,
tinglab aniqlash, solfedjio qilib kuylash va fortepianoda chalib ko‘rsatish,
ko‘p ovozli asar parchalarini ansambl bo‘lib kuylash tavsiya etiladi.
VI. Ushbu fandan kurs ishi o‘quv rejada ko‘rsatilmagan
VII. Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Talaba bilishi kerak:
• garmoniyaning asosiy qonun qoidalarini, akkordlarning laddagi garmonik
funksiyalarini, stilistik hususiyatlarini bilishlari, musiqa asarlarini garmonik
tahlil qilish usullari; garmonik solfedjioning amaliy ahamiyatini tushunish,
3-4 ovozli kuylarni sof intonatsiyada kuylash, musiqiy diktant yozish,
akkordlar ketma ketliklarini tinglab aniqlash, kuyga akkompaniment tuzish
qonun qoidalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim)
• akkordlarning tonalliklarda tuzilishi, yechilishi, bog‘lanishlarini, xalq musiqa
ladlarida va major, minor tonalliklarda akkordlar ketma-ketligini, diatonik
sekvensiyalarni, fortepianoda tuzish; o‘rganilayotgan akkordlarni to‘rt ovozli
tuzilmada har xil tonalliklarda tuzish, akkordlarni bog‘lashda ovoz yo‘nalishi
qonun qoidalariga amal qilish, berilgan kuyni garmoniyalash, berilgan
sifrovkaga qarab akkordlar ketma-ketligini tuzish va fortepianoda chalish;
oddiy shakldagi asarni yoki asar parchasini garmonik tahlil qilib, kichik
|
| |