|
Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toshloq tumani
|
bet | 26/110 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #137293 |
Bog'liq Tarbiya fanidan o\'qitish materiallari 603-ilova
IJODIY FAOLIYAT
«Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.»
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida belgilangan ushbu qoidani daxldorlik tushunchasi bilan bog‘lab tushintiring. Fikringizni misollar bilan asoslang.
2. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik jamiyat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. «Iqtisodiy bilim asoslari» fanidan olgan bilimlaringizga tayangan holda quyidagi savollarga javob bering:
Soliqlar nima uchun yig‘iladi?
Soliqlardan tushgan daromad qanday maqsadlarga sarfl anadi?
Davlat va jamiyatning rivojiga, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, ijtimoiy muhofazani amalga oshirishga soliqlarning qanday daxli bor? Bu jarayonlarning ta’minlanishi Sizning hayotingizga ta’sir ko‘rsatadimi?
4-ilova
MULOHAZA UCHUN
Yo‘l chetida yoshi chamasi 60 lar atrofi dagi bir kishi daraxtga suyanib turibdi. Yonidan o‘tayotgan odamlar beparvo o‘tib borar, hech kimning bu kishi bilan ishi yo‘q edi.
1) Siz ana shunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
a) Daraxtga suyanib turgan odamning oldiga borib, undan yordam kerakmi, deb so‘ragan bo‘lardim;
b) E’tibor bermasdim;
d) Vaqtimga qarardim. Vaqtim bemalol bo‘lsa, yordam berardim.
(davomi) Akbarjon maktabdan qaytayotgan edi. U: «Balki o‘sha kishining mazasi bo‘lmayotgandir? Balki yordam kerakdir?» deb o‘yladi-da, boyagi odamning oldiga borib, uning ahvolini so‘radi. Daraxtga suyanib turgan odam, yuragi bezovta qilayotganini aytdi. Akbarjon bekatda turgan odamlar
oldiga borib, vaziyatni bayon qildi. Kimdir qo‘l telefonidan «tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, yana kimdir boyagi odamning oldiga kelib, uni qulayroq joyga o‘tqizishga intildi. Yoshi 40 lardan oshgan bir opa uning kaft ini uqalab, cho‘ntagidan olgan dorisini ichirmoqchi bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay «Tez yordam» mashinasi ham yetib keldi.
2) Akbarjonning harakatiga munosabat bildiring. Siz bunday holatda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
Odamzod qayerda tug‘ilgan bo‘lsa, shu joyga nisbatan sadoqat, sulolasiga munosiblik tuyg‘usi, aka-uka, opasingillariga mehroqibat ramzi ruhida yashashi kerak.
|
| |