• Milliy, mintakdviy xalqaro statistikaga
  • Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat)




    Download 62.78 Kb.
    bet5/9
    Sana09.02.2023
    Hajmi62.78 Kb.
    #41657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    MY32-infor - копия
    cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
    Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi.
    Statistika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilma xil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. Statistikaning asosiy boʻlimlari:

    • statistikaning umumiy nazariyasi — miqdoriy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini oʻrganadi;

    • iqtisodiy statistika — xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni oʻrganadi (qarang iqtisodiy statistika);

    • iqtisodiyot tarmoqlari statistikasi —sanoat, qishloq xoʻjaligi., qurilish, transport, aloqa statistikasiga boʻlinadi;

    • demografik statistika, mehnat, aholi bandligi statistikasi;

    • ijtimoiy statistika — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k.

    Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat.
    Bu vazifalarni bajarish uchun statistika fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi.
    Statistikada oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. Statistika usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geologiya, sport va boshqa statistika tarmoqlari bor. Matematika va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik Statistika statistika fanining aloxida boʻlimini tashkil etadi.
    Matematik statistika statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi. Toshkent iqtisodiyot un-tida statistika boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi.
    Jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida yalpi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil va eʼlon qilish bilan bogʻliq amaliy faoliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro statistikaga boʻlinadi.

    Download 62.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 62.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat)

    Download 62.78 Kb.