• Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik
  • 17-asr oxirida ingliz iqtisodchi olimi U.Petti
  • Vaqt: 80 daqiqa




    Download 62.78 Kb.
    bet6/9
    Sana09.02.2023
    Hajmi62.78 Kb.
    #41657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    MY32-infor - копия
    cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
    Xalqaro statistika ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlashga asoslangan holda turli mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendensiyalarini oʻrganadi. Xalqaro STATISTIKAda BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari yetakchi rol oʻynaydi.
    Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda statistika amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi.
    Statistika amaliyotining boshlanishi davlatning paydo boʻlishi davriga toʻgʻri keladi.
    Qadimgi davrlardayoq xoʻjalik va gʻarbiy ehtiyojlar, aholi, yer, molmulk hisobi boʻyicha statistika ishlari amalga oshirilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Fan sifatida statistikaga 17-asr oxirida ingliz iqtisodchi olimi U.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va boshqa ijtimoiyiqtisodiy fanlardan ajralmagan "siyosiy arifmetika" deb nomlangan fan — statistika asoslari ifodalab berildi. statistika rivojida davlatshunoslik fanining paydo boʻlishi ham muhim rol oʻynaydi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida statistika jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat monopolistik kapitalizmi sharoitlarida statistikaning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi.
    Monopoliyalarning iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish ehtiyojlari, aholining tabiiy koʻpayishi va koʻchishi oʻrganildi, aholi, sanoat va qishloq xoʻjaligi. roʻyxatlari oʻtkazildi. Birinchi navbatda, roʻyxatni oʻtkazadigan davlat statistika tashkilotlari shakllandi va takomillashdi. Statistik maʼlumotlarni qayta ishlashda matematik usullarni qoʻllash statistika nazariyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
    Iqtisodiyotda maʼmuriy buyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti
    munosabatlariga oʻtish statistikada ham tub burilish yasadi. Hozirgi davrda Oʻzbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va Statistikaga oʻtkazish hamda mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xorijiy davlatlar koʻrsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati 1994 yil 13 sentabrda "Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va Statistika tizimiga oʻtkazishning davlat dasturi"ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda.

    Download 62.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 62.78 Kb.