|
uzunlik birligi milliy boshlang’ich etaloni
|
bet | 53/59 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #255149 |
Bog'liq Variant 1 Akslanish nazariyasi4 uzunlik birligi milliy boshlang’ich etaloni
Uzunlik — asosiy fizik kattaliklardan biri.
Uzunlik —chiziqlarning sonli xarakteristikasi. Kesma uzunligi uning uchlari orasidagi masofaga teng. Siniq chiziq uzunligi uni tashkil qiluvchi kesmalar uzunliklari yigʻindisiga teng. Regulyar chiziq uzunligi unga ichki chizilgan siniq chiziqlar uzunliklari yuqori chegarasiga teng. Regulyar chiziq uzunligi chekli son boʻladi.
Uzunlik so'zi predmet o'lchamlarini (uzinligi, eni, baladligi,chuqurligi) anglatib, eng yaqin va eng uzoq nuqtalar orasidagi masofa (kuzatuvchiga nisbatan), ya'ni fazodagi ikki nuqta orasidagi masofadir (trayektoriya, yo'l, to'lqin uzunligi va boshq.).
Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Belgilanishi: uzunlikning holatlariga bog'liq xolda har xir bo'lishi munkin (s, l, d, h, a, b, c...)
Asosiy o'lchov birligi: metr, (m)
Boshqa birliklari: kilometr (km), detsimetr (dm), santimetr (sm), millimetr (mm), mikrometr (μm), angstrem
5 o’lchash vositalari,ularning elementlari va parametrlari
Ma’lumki, o‘lchashni biror-bir o‘lchash vositasi yordamisiz bajarib bo`lmaydi. O‘lchash vositalarining esa xilma-xil turlari mavjuddir. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq. O‘z DSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari” standartiga ko‘ra: O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig’ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita. O‘lchash vositasining mohiyati, birinchidan, kattalikning o‘lchov birligini saqlashi (yoki qayta tiklashi); ikkinchidan, saqlanadigan birlik o‘lchamining o‘zgarmasligidan iborat. Bu muhim omillar o‘lchashlarni bajarish imkoniYatini ta’minlaydi (o‘lchov birligi bilan taqqoslaydi), ya`ni texnik vositani o‘lchash vositasiga aylantiradi. O‘lchash vositalarining turlari quyidagi sxemada ifodalangan (1.3 – rasm). 1.3 – rasm. O‘lchash vositalarining turlari. 15 Agar o‘lchashlar jarayonida birlik o‘lchami normada belgilangandan ortiq o‘zgaradigan bo‘lsa, talab etilgan aniqlikdagi natijani bunday o‘lchash vositasi bilan olib bo`lmaydi. Demak, texnik vosita birlikning o‘lchamini vaqt oralig’ida Yetarli darajada o‘zgarishsiz saqlay olgandagina o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin.
|
| |