Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

10.4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari. 
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi XX-asrning oxirlarida AQSH 
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, so’ngra Yevropa davlatlarida 
qo’llanila boshlangan. O’zbekistonda mazkur usul biologiya ta’limi uchun 
J.O.Tolipova va A.T.G’ofurovlar (2002) tomonidan qo’llangan va uning 
ilmiy metodik asoslari ishlab chiqilgan. 
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining asosiy g’oyasi birgalikda 
yangi bilimlarni o’rganish va topshiriqlarni bajarish hisoblanadi. Mazkur 
usulni bir necha variantlari mavjud. Ulardan keng tarqalgani 
quyidagilardir: a)kichik guruhlarda ijodiy izlanishlarni tashkil qilish 
metodi; b) xamkorlikda o’qitishni ‚arra‛ usuli; v)kichik guruhlarda 
xamkorlikda o’qitish; ‚Birgalikda o’qiymiz‛ metodi; guruhda o’qitish 
(Tolipova, G’ofurov, 2002) 
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish usuli 1976 yil 
Sh.SHaron (Isroil) tomonidan ishlab chiqarilgan. Mazkur metod bilan 
o’qitish texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat: 
- 6 kishidan iborat o’quvchilar ijodiy guruhi tuziladi; 
- darsda o’rganiladigan mavzu yanada kichik modullarga (qismlarga) 
ajratiladi; 
- so’ngra modullar (qismlar) o’quvchilar o’rtasida taqsimlanadi; 
- har bir o’quvchi o’ziga taqsimlangan modulni bajaradi; 
- modulni topshiriqlari bajarib bo’lingandan so’ng munozara 
o’tkaziladi, so’ngra guruh tomonidan ma’ruza tayyorlanadi; 
- guruh a’zolari tayyorlagan ma’ruzani sinfda himoya qilishadi. 
Masalan, Afrika iqlimini o’rganish 6 kishilik guruhga topshirildi deb 
faraz qilsak, uni quyidagi 6 ta modulga (qismga) bo’lamiz: 
1 modulcha-Afrika iqlimini shakillanish omillarini o’rganish. 
2 modulcha- Afrikani qish faslidagi iqlimini asosiy xususiyatlarini 
ochib berish. 
3 modulcha-Afrikani yoz faslidagi iqlimini asosiy hususiyatlarini ochib 
berish 
4 modulcha-Afrika materigida yog’inlar taqsimotini asoslab berish 
5 modulcha-Afrika materigidagi shamollarni asosiy turlari va yo’na-
lishlarini aniqlash 
6 modulcha- Afrika iqlim mintaqalarini tavsifini tuzish 


Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari 
tomonidan Afrika iqlimi haqida ma’ruza tayyorlanadi va sinf o’quvchilari 
oldida ximoya qilinadi. 
Xamkorlikda o’qitishni aralash usuli 1978 yilda E.Aronson tomonidan 
ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan dars o’tish texnologiyasi quyidagi 
qismlardan iborat: 
- 6-8 ta o’quvchidan iborat kichik guruh tashkil qilinadi; 
- bunda ham darsda o’rganiladigan mavzu ma’lum bir mantiqiy 
modullarga bo’linadi; 
- har bir modul bo’yicha o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan 
topshiriqlar tizimi tuziladi; 
- ma’lum bir o’quvchilar guruhi bitta topshiriqni bajaradi va mazkur 
topshiriq bo’yicha mutaxasisga aylanadi; 
- guruhlar qayta tashkil etiladi va har bir guruhda ma’lum bir 
topshiriq bo’yicha mutaxassis albatta qatnashishi zarur; 
- har bir topshiriq bo’yicha shakllangan ‚mutaxassis‛ o’zi egallagan 
bilimlarini sinfdoshlariga gapirib beradi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish usuli 1986 yil R.Slavin 
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi 
quyidagi qismlardan iborat; a)o’qituvchi 4 ta o’quvchidan iborat kichik 
guruhlar tuzadi; b)o’qituvchi ma’lum mavzu bo’yicha o’quvchilarni 
mustaqil ishlarini tashkil etadi; v) topshiriq 4 qismga bo’linib, har bir 
topshiriqni bittadan o’quvchi bajaradi; g) har bir o’quvchi bajargan 
topshirig’ini guruhdoshiga tushuntiradi; d) har bir guruh topshiriq 
yuzasidan xulosa tayyorlaydi; ye) o’qituvchi xar bir guruh xulosasini 
tinglaydi va ular bilimini baholaydi. 
Masalan, O’zbekistonni ma’lum bir tabiiy geografik o’lkasini tabiatini 
o’rganishda, sinf o’quvchilarini 4 kishidan iborat kichik-kichik guruhlarga 
bo’lib quyidagi topshiriqni berish mumkin (Farg’ona vodiysi misolida): 
1-guruh. Farg’ona vodiysining geografik joylashishi va chegaralari 
hamda tekshirish tarixi. 
2-guruh. Farg’ona vodiysining geologik tuzilishi, relefi va foydali 
qazilmalari; 
3-guruh. Farg’ona vodiysining iqlimi; 
4-guruh. Farg’ona vodiysining ichki suvlari; 
5-guruh. Farg’ona vodiysining tuproqlari, o’simligi va hayvonot 
dunyosi. 


Guruhli usulda o’qitish texnologiyasida sinf ikkita guruhga bo’linadi 
va ikkala guruhga bir xil topshiriq beriladi. Masalan, yog’inlar va ularning 
turlari. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish