• Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish.
  • Darslikdagi kartalar bilan ishlash.
  • Darslikning matni bilan ishlash




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Darslikning matni bilan ishlash.
    Darslikni matni bilan ishlash 
    quyidagi qismlardan iborat: izohli o’qish, matni asosida reja tuzish, matnni 
    ma’lum bir qismini o’qib so’ngra so’zlab berish. 
    Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi 
    mumkin. Bunda matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga 
    izoh beriladi. Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo’lim 14-§ dan 
    quyidagi jumlani keltirishimiz mumkin: ‚Tekisliklar O’rta Osiyoning 
    markaziy, g’arbiy va shimoliy qismlarida joylashgan. O’rta Osiyoning 
    anchagina qismini Turon tekisligi egallagan. Bu tekislikda O’rta Osiyoning 
    yirik cho’llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan‛ (41 bet). Mazkur 
    jumlani o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox beradi. Izoh berganda 
    tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so’zlab, O’rta Osiyodagi 
    eng yirik bo’lgan Turon tekisligini kartadan ko’rsatib, uning asosiy 
    xususiyatlarini gapirib beradi. 
    Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish.
    Bunda matn ma’lum bir 
    qismlarga bo’linib o’quvchilarga bo’lib beriladi va ulardan matnning 
    ushbu qismiga reja tuzish vazifasi beriladi. Masalan, O’rta Osiyo 
    xududining rivojlanish tarixi va foydali qazilmalari mavzusini matnini 
    quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: 
    -paleozoy erasida xududning rivojlanishi; 
    -mezozoy erasida xududining rivojlanishi; 
    -kaynazoy erasida xududning rivojlanishi; 
    -zilzilalar; 
    -foydali qazilmalar. 


    SHulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish 
    mumkin: yoqilg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, neft, gaz), qora metall 
    konlari, rangli metallar konlar, mineral o’g’itlar konlari, qurilish xom 
    ashyosi konlari (marmar, oxak, qum, granit). 
    Darslikdagi kartalar bilan ishlash.
    Har bir sinf geografiya darsli-
    gining matnidagi mavzuga oid turli xil kartalari mavjud. Kartalar 6,7,8 va 
    9-sinf darsliklarida ko’proq. Matndagi kartalar asosan mustaqil ishlarni 
    bajarishda ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-saxifasida 
    Yevrosiyoning tabiiy geografik o’lkalari kartasi berilgan. Ushbu karta 
    bo’yicha quyidagi topshiriqlarni o’quvchilarga berish mumkin: 
    -Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini 
    aniqlang va ularning geografik joylanishiga baho bering; 
    -Evropada joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang; 
    -O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi o’lkalar orasida joylashgan: 
    -SHimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va h.k. 
    SHunday taxlitda har bir mavzuli karta bo’yicha o’quvchilarga 
    mustaqil ish uchun vazifa berish mumkin. 
    Darsliklarda juda ko’p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va 
    iqtisodiy geografik ob’ektlarning tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun 
    darslikdagi rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar berish 
    mumkin. Geografiya darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish 
    mumkin: buyuk olim va sayyohlarning rasmlari; tabiiy landshaftlar man-
    zarasini tasvirlaydigan rasmlar (tog’lar, tekisliklar, vodiylar, chuqurlar va 
    h.k); tabiiy geografik jarayonlarning oqibatlari va ko’rinishlarini tasvir-
    laydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zilzila va h.k); iqtisodiy 
    geografik ob’ektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv ombolari, 
    qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k). 
    Chizmalar kartalarga o’xshab darslikda juda ko’p uchraydi. Ular 
    geografik aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga 
    tegishli qonuniyatlarni o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, 
    Yerga Quyoshdan keladigan issiqlikni miqdori uning tushish burchagiga 
    bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar. 
    Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo’lish 
    mumkin: 
    -boshlang’ich tabiiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar (litosfera, 
    gidrosfera, atmosfera, biosfera, Yer va olam mavzularida); 


    -materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiyo va 
    O’zbekiston tabiiy geografiya kurslari bo’yicha berilgan chizmalar; 
    -iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. 
    Mazkur chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik 
    tarmog’ini ma’lum bir qismlarini ko’rsatkichlarini tasvirlaydi. 
    Umumta’lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan keng 
    foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda 
    berilgan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matndagi jadvallar 
    ko’proq o’rin olgan. Jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar berilgan. 
    Ular orasida ma’lum bir iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib 
    berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darsliklardagi jadvallarni 
    quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: siyosiy geografik; demografik; 
    tabiiy resurslar; sanoat; qishloq xo’jaligi; transport va xalqaro iqtisodiy 
    aloqalar; regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan jadvallar. 
    Jadvallarni tahlil i bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar 
    berish mumkin. 
    Xar bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
    Beshinchi sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli 
    o’qish, matndagi savollarga javob berish, matnning rejasini tuzish, 
    matndagi asosiy fikrni aniqlash muhim o’rin tutadi.
    VI sinfda ‚Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi‛ni o’rganishda 
    quyidagi holatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash, matnning 
    mazmuni bo’yicha chizmalar, rasmlar va jadvallar tuzish, matndan 
    ma’lumotlarni ko’chirib olish, geografik ob’ektlar ro’yxatini tuzish, matnni 
    kengaytirilgan rejasini tuzish.
    7-sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz 
    murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish 
    mumkin: matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil 
    aloqalar va bog’liqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik 
    o’lkalar), iqlimiy jadvallar tuzish va h.k.
    VIII- sinfda ‚O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‛ kursi 
    o’tiladi. Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: 
    matnga reja tuzish, turli xil kartalar bilan ishlash (foydali qazilmalar, 
    ma’muriy, iqtisodiy, transport va h.k.), jadvallar bilan ishlash (aholi, mine-
    ral resruslar, tarmoqlar bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar), chizmalar 
    (diagrammalar bilan ishlash) va h.k. 


    IX-sinfda ‚Jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi‛ kursi o’tiladi. 
    Mazkur kursni o’rganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar 
    beriladi: matnni o’qib xulosalar tayyorlash, iqtisodiy geografik kartalarni 
    tahlil qilib ma’lum bir davlatni iqtisodiy geografik tavsifini tuzish yoki 
    bo’lmasa sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlangan hududlarni aniqlash, 
    jadvallarni tahlili asosida turli xil chizmalar va diagrammalar tuzish va h.k. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish