Geografik rasmlar (kartinalar) dan foydalanish texnologiyasi




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Geografik rasmlar (kartinalar) dan foydalanish texnologiyasi.
Geog-
rafiya ta’limida rasmlar juda keng qo’llaniladi. Ular orqali geografik voqea 
va hodisalarni tasviri bilan birga ularni o’ziga xos xususiyatlari va 
qirralarini ham ochib beradi. 


Rasmlar (kartinalar) quyidagi xususiyatlarga ega: 
-rasmlar o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishga imkon beradi. 
Rasmlardan foydalangan holda o’qituvchi uning mazmuni haqida so’zlab 
berishi mumkin, o’quvchilar bilan suxbat o’tkazishi mumkin yoki 
o’quvchilarga rasmni mustaqil tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar berishi 
mumkin. Masalan, cho’l tabiati tasvirlangan rasm, Qizilqum tabiiy 
geografik o’lkasini o’rganayotgan bo’lsa o’qituvchi o’quvchilarga rasmni 
tahlil qilish asosida Qizilqumni asosiy relef shakillarini, o’simlik va 
hayvonot dunyosi haqida yozma ish bajarishni topshirishi mumkin. Rasm 
osib qo’yilganda sinfni hamma joyidan aniq ko’rinib turishi kerak; 
-juda yaxshi ishlangan rasm geografik ob’ekt, voqea va hodisalar 
haqida tasavvurlar xosil qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun 
ularni ayrimlari tabiatni kuzatish ishlarini o’rnini bosishi mumkin. 
Masalan, o’quvchilar cho’l yoki tog’ relef shakllarini rasmda ko’rib, ular 
to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lishi mumkin. Rasmlar ayniqsa bevosita 
ko’rib yoki o’rganib bo’lmaydigan geografik voqea va hodisalarni 
o’rganishda katta ahamiyatga ega. Masalan, Antarktida tabiati, Tornado, 
TSunami va h.k. Demak, rasmlar geografik voqea va hodisalar haqida 
tasavvur hosil qilishga imkon beradi; 
-o’quv rasmlari (kartinalari) aniq geografik voqea va hodisalarni 
umumlashgan tasviri hisoblanadi. Badiiy rasmlar yoki foto suratlardan 
farq qilib, ularda voqea va hodisalarning ayrim xususiyatlari bo’rtirilib 
ko’rsatiladi. Bunda geografik voqea va hodisalarni eng muhim jihatlari 
oson o’zlashtiriladi, ikkinchi tomondan mazkur ob’ekt voqea, hodisa-
larning muhim jihatlarini ikkinchi darajali jihatlaridan ajratib olish im-
konini tug’diradi. Bilimlarni shakllantirish jarayonida rasmlarni o’rganish 
va tahlil qilish o’qituvchi yordamida amalga oshiriladi. Bilimlarni tek-
shirish va baholashda esa o’quvchilar rasmlarni mustaqil ravishda 
o’rganishadi, tahlil qilishadi va xulosalar yozishadi. Rasmlarni o’rganish-
dagi bunday yondoshish ikkita muxim ta’limiy muammolarni yechishga 
imkon beradi: o’quvchilarni geografik bilish metodlari bilan tanishtiradi, 
o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni, abstrakt-nazariy tuzilmalarni ishlash 
qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Bunday faoliyat o’quvchilarni 
hissiy qabul qilishiga tayanadi. 
Rasmlardan foydalanishning asosiy talablari quyidagilardan iborat: 
- rasm dars mavzusi mazmuniga mos tushishi lozim; 


- rasmda geografik ob’ekt, voqea va hodisalarni eng muhim 
xususiyatlari tasvirlangan bo’lmog’i lozim; 
-rasm aniq va ravshan ko’rinmog’i lozim. 
Misol uchun O’zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarovni tabiat 
manzaralariga bag’ishlangan rasmlaridan O’zbekiston va O’rta Osiyo 
tabiiy geografiyasini o’rganishda keng foydalanish mumkin. Mazkur 
rasmlarni tahlil qilish asosida o’quvchilar ongida umumiy tushunchalar 
oson va tez shakllantiriladi. Masalan, yassi va to’lqinsimon tekisliklar
burmali, palaxsali va qoldiqli tog’lar, tropik o’rmonlar, Antarktida muz 
qoplami, cho’llar,tog’lar va h.k. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik rasmlar (kartinalar) dan foydalanish texnologiyasi

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish