|
-rasm. Optik skanerlovchi mikroskopning tuzilishi
|
bet | 111/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 10.6-rasm. Optik skanerlovchi mikroskopning tuzilishi.
Bu usulda ajratuvchanlik 50 nm gacha yetadi, bu oddiy optik mikroskopnikidan o’n martalab yuqoridir. Undan tashqari, yaqin maydon optik mikroskopiyasi biologik obyektlarni o’rganish uchun juda mos keladi. Chunki, bunda bioobyekt AKM va elektron mikroskoplar holidagi signallar ta’sirlaridan, mexanik yoki ionlashtiruvchi ta’sirlardan mustasno bo’ladi. Lazerning kam quvvatli, oddiy, yorug’lik nurlari esa bioobyektga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Ultratovush - chastotasi 20000 Gs katta bo’lgan elastik tebranishlar va to’lqinlar. Ultratovushni past chastotali (1,5 104 Gs), o’rta chastotali (105—107 Gs) va yuqori chastotali (107—10’ Gs) ultratovushga bo’lish mumkin.
Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir bo’ladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.
Ultratovushsuv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniqlashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy reaksiyalarni ro’yobga chiqarishda, massa almashinish, kristall o’stirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini o’rganishda, materiallar sifatini tekshirishda, moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qo’llaniladi.
Ultratovush bilan davolash — davolash va diagnostika maqsadida ultratovushdyan foydalanish. Ultratovushning taʼsir etish mexanizmi mexanik (hujayra va to’qimalar mikromassaji), termik (issiq hosil bo’lishi) va fizikkimyoviy faol moddalar hosil bo’lishi va boshqa omillarga asoslangan.
Ultratovush tibbiyot amaliyotida 30-yillardan qo’llana boshlandi. Undan davo maqsadida foydalanishda maxsus apparatlar qo’llaniladi. Ultratovush tanaga 1 sm dan 5—6 sm gacha chuqurlikda kiradi, bu undan turli aʼzolarni davolashda foydalanishga imkon beradi. Ultratovush bilan asosan, uning to’qimalardagi xujayralar ichki jarayonlarini (oqsil biosintezi, biologik faol moddalarning hosil bo’lishi, va boshqalar) faollashtirishga yordam beruvchi kichik dozasidan foydalaniladi.
Ultratovush organizmga mexanik, fizik, kimyoviy va issiq taʼsir qiladi. Ultratovushning terapevtik taʼsiri mahalliy va umumiy reaksiyalardan iborat bo’lib, neyroreflektor va gumoral yo’l orqali yuzaga chiqadi. Ultratovush maʼlum dozada og’riqsizlantiruvchi, so’ruvchi, yallig’lanishga qarshi, spazmolitik, fibrionolitik, qonni suyultiruvchi taʼsir qiladi. Uning taʼsirida bitish va tiklanish jarayonlari tezlashadi, nervmuskul apparati qo’zg’aluvchanligi oshadi. Periferik nerv tolasidan impuls o’tishini tezlashtiradi, to’qimaning trofik funksiyasini yaxshilaydi va h.k.
Tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, artroz, revmatoid artrit, periferik nerv sistemasi jarohati va kasalligi, hazm aʼzolari kasalliklari, meʼda va
12 barmoq ichak kasalliyutari), quloq, tomoq va burun kasalliklari (tonzillit, faringit), ginekologik kasalliklar (salpingoofaritlar), urologik kasalliklar (prostatit) va stomatologik kasalliklar (parodontoz)ga yaxshi naf beradi.
Ultratovushni qo’llash bemorga to’g’ri kelishi kelmasligini faqat vrach aniqlab beradi. To’qimalarni kesish kabi xirurgik operatsiyalarda ham ultratovush asboblaridan foydalaniladi. Ultratovush diagnostika maqsadlarida tosh va yot jismlarni, homilaning joylashish holati hamda boshining o’lchamini va boshqalarni aniqlashda qo’llaniladi.
|
| |