|
Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A
|
bet | 108/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1FElektron mikroskop. Nanoo’lchamli obyektlarni o’rganish uchun optik mikroskoplarning (hatto ultrabinafshalarniki ham) ajratuvchanligi yetarli emasdir. Shuning uchun 1930-yillarda mikroskoplarda yorug’lik nuri o’rniga elektronlar oqimidan foydalanish g’oyasi paydo bo’ldi. Kvant fizikasidan bizga ma’lumki, elektronlar oqimining de Broyl to’lqin uzunligini fotonlarnikidan 100 martalab kichik qilish mumkin.
Ma’lumki, bizning ko’zimiz obyektdan kelgan yorug’lik to’lqinlari yordamida tasvir hosil qiladi. Agar ushbu yorug’lik to’lqinlari ko’zga tushguncha mikroskopning optik sistemasi orqali o’tsa, biz kattalashgan tasvirni ko’ramiz. Bunday yorug’lik nurlari yo’nalishlarini asbobning obyektiv va okularidan iborat linzalar boshqaradi.
Qanday qilib elektronlar oqimi yordamida obyekt tasvirini katta ajratuvchanlik bilan hosil qilish mumkin? Boshqacha aytganda, qanday qilib yorug’lik nuri o’rniga zarrachalar oqimi ishlatilganda buyumni ko’rish mumkin? Javob juda sodda. Elektronlar oqimini tashqi elektrik va magnetik maydonlar yordamida samarali boshqarish mumkin.
Elektronlarning elektromagnetik maydonlardagi harakatini o’rganuvchi va kerakli maydonlar hosil qiluvchi qurilmalar hisob kitoblarini amalga oshiruvchi fan
elektron optika deb ataladi.
Obyektning elektron tasviri tashqi elektrik va magnetik maydonlar yordamida, taxminan, optik tasvir linzalar yordamida hosil qilingandek, yaratiladi. Elektron mikroskopda elektronlar oqimini fokuslovchi va sochuvchi qurilmalar “elektron linzalar” deb ataladi
10.2-rasm. Elektron linzalar sxemasi.
Simli g’altakning magnetik maydoni yig’uvchi yoki sochuvchi linzalardek ishlaydi. Magnetik maydonni jamlash uchun g’altakni nikel va kobalt qotishmasidan tayyorlangan maxsus “zirh” bilan qoplanadi. Uning ichida elektronlar oqimi uchun faqat ingichka oraliq qoladi xolos. Bu usulda olingan magnetik maydon Yer shari magnetik maydonidan 10, 100 ming marta kuchli bo’ladi.
Afsuski, bizning ko’zimiz elektronlar oqimini to’g’ridan to’g’ri ko’ra olmaydi. Shuning uchun tasvirni “chizish” uchun lyumenitsient ekranlardan foydalaniladi (ular elektronlar ta’sirida nurlanadi). Shu qonuniyat asosida elektron nur naychasi, monitorlar, televizorlar va ossillograflar ishlaydi.
Elektron mikroskopning turlari ko’p bo’lib, ular ichida eng ko’p qo’llaniladigani rastrli elektron mikroskop (REM). Agar oddiy televizorning elektron nur naychasi ichiga ekrani va elektronlar manbayi orasiga biror obyektni joylashtirsak, REM ning sodda sxemasini hosil qilamiz.
Bunday mikroskopda qalinligi 10 nm atrofida bo’lgan ingichka elektron-nur dastasi obyekt ustidan gorizontal yo’nalishda yurib uni skanerlaydi va har bir nuqtadan olingan signallarni sinxron ravishda kineskopga beradi.
Butun jarayon televizor ishlashiga o’xshab ketadi. Elektronlar oqimi manbayi bo’lib qizdirilgan volfram tolasi ishlatiladi. U qizdirilganda termoelektron emissiya natijasida undan, elektronlar uchib chiqadi (10.3-rasm).
|
| |